"psixologiya"


Xarakter. Psixologiyada xarakter muammosi



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/180
tarix20.11.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#165193
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   180
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

 
2 Xarakter. Psixologiyada xarakter muammosi. 
Xarakter yunoncha so’z bo’lib «zarb qilish», «belgi qo’yish» degan 
ma’noni bildiradi. Haqiqatdan ham xarakter kishining jamiyatda yashab 
egallaydigan alohida belgilaridir. Shaxsning individualligi temperament singari 


113 
xarakterda ham namoyon bo’ladi. Xarakter – bu shaxsning faoliyat va muloqoti 
jarayonida tarkib topadigan va namoyon bo’ladigan individual xususiyatlari 
bo’lib, individ uchun u tipik xulq-atvor xislatlari bo’lib hisoblanadi.
Kishining shaxsi u nima qilayotgani bilan emas, balki uni qanday 
bajarayotgani bilan xarakterlanadi.
Xarakter kishi shaxsining yo’nalishini belgilaydigan ijtimoiy 
munosabatlarga bog’liq bo’ladi. Masalan, kishining jamiyatdagi yuqori 
mavqyei, amali unda takaburlik, kekkayganlik, riyokorlik, ta’magirlik,
munofiqlik kabi salbiy xislatlarni shakllanishiga olib kelishi mumkin. Aksincha, 
oddiy mehnatkash kishida jamiyatdagi mavqyeiga qarab fidokorlik, maqsadga 
intilganlik, jasurlik, kamtarlik, mehnatsevarlik kabi ijobiy xislatlarning 
shakllanishiga olib keladi.
Xarakterning tuzilishi. 
Inson shaxsining xarakteri hamisha ko’pqirralidir. 
Unda alohida xususiyatlar yoki tomonlar ajratilib ko’rsatilishi mumkin, lekin 
ular bir-birlaridan ajratilgan, alohida xolda bo’lmaydi, balki ma’lum darajada 
xarakterning barqaror tuzilishini tashkil etgan holda o’zaro bog’liq bo’ladi.
Xarakterning strukturasi uning ayrim xususiyatlari o’rtasidagi qonuniy 
bog’liqlikda namoyon bo’ladi. Agar kishi qurqoq bulsa, u tashabbuskorlik,
qat’iylik va mustaqillik, fidokorlik va oliyhimmatlilik fazilatlariga ega 
bulmaydi, deb aytish uchun asoslar bor. Shu bilan birga xarakteri bo’yicha 
qurqoq kishidan itoatkorlik va xushomadgo’ylikni, kuchli kishiga nisbatan 
konformlilikni, qizg’onchilikni, sotqinlikni, ishonchsizlik va ehtiyotkorlikni 
ko’tish mumkin.
Xarakterning xususiyatlari orasida ayrimlari asosiy, yetakchi bo’lib,
uning namoyon bo’lishining butun kompleksini rivojlantirishning umumiy 
yo’nalishini belgilab beradi. Ular bilan bir qatorda ikkinchi darajali xususiyatlar 
ham borki, ayrim hollarda ular asosiy deb belgilanishi, boshqalarida esa ular 
bilan uyg’unlashmasligi ham mumkin.
Xarakter subyektning birgalikdagi faoliyatga qay tarzda faol jalb 
qilinishiga qarab hatti-harakatlarda va ishlarda namoyon bo’lar ekan, ham 
faoliyat 
mazmuniga, 
ham 
qiyinchilikning 
muvaffaqqiyatli 
yoki 
muvaffaqqiyatsiz bartaraf etilishiga, ham asosiy hayotiy maqsadlarga erishishda 
uzoq va yaqin istiqbollarga bog’liq bo’lib qoladi. 
Shunday qilib xarakterning tarkib topishida kishining tevarak-atrofidagi 
muhitga va o’z-o’ziga, boshqa kishiga qanday munosabatda bo’lishi muhim 
hisoblanadi. Shu bilan birga bu munosabatlar xarakterning eng muhim 
xususiyatlarini tasniflash uchun asos bo’ladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib xarakterning to’rtta sistemasini farqlash 
mumkin: 
1.
Jamoaga va ayrim odamlarga bo’lgan munosabatlarni ifodalovchi 
xarakter xususiyatlari: yaxshilik, mehribonlik, talabchanlik, takaburlik va 
boshqalar.
2.
Mehnatga bo’lgan munosabatni ifodalovchi xarakter xislatlari: 
mehnatsevarlik, vijdonlilik, unga mas’uliyat bilan qarash, boshlagan ishni 
oxiriga yetkazish, yalqovlik, mas’uliyatsizlik kabilar.


114 
3.
Narsalarga bo’lgan munosabatlarni ifodalovchi xarakter xislatlari: 
ozodalik yoki ifloslik, narsalarni ayab ishlatish yoki ayamaslik, ularga nisbatan 
extiyotkorlik yoki aksincha kabilar.
4.
Odamning o’z-o’ziga bo’lgan munosabatlarini ifodalovchi xarakter 
xislatlari: izzat-nafslilik, o’z sha’nini extiyot qilish, kamtarlik, o’ziga ortiqcha 
baho bermaslik yoki shuhratparastlik, mag’rurlik, dimogdorlik, o’zini kata olish 
kabilar.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin