111
degan edi. P. F. Lesgaftning g’oyasi ham shu nuqtai-nazarga yaqin edi. Bu
olim temperamentning asosida qon aylanishi (jumladan, qon tomirlari kengligi
va tarangligi, ularning bo’sh joyi diametri, yurakning shakli va hokazolar)
xususiyati yotadi deb yozgan edi.
Nemis psixiatri E. Krechmer individning psixik
tuzilishi tana tuzilishiga,
tananing umumiy konstruksiyasiga to’g’ri keladi, degan edi. Sezilarli psixik
aktivlikka ega bo’lgan, atrofda bo’layotgan voqyealarga tez munosabat
bildiruvchi,
tassurotlarini
ha
deb
o’zgartirishga
intiluvchi,
muvaffaqqiyatsizliklar va ko’ngilsizliklarni nisbatan yengil o’tkazib yuboruvchi,
jonli, harakatchan, ifodali mimikasi va harakatlari bo’lgan kishi sangvinik deb
ataladi.
Yuragi keng, barqaror intilishlarga va kayfiyatlarga, doimiy va chuqur his-
tuyg’ularga, harakatlari va nutqi bir xil maromda bo’lgan, ruxiy xolati tashqi
tomonda ifoda etiladigan kishi xolerik deb ataladi.
Ta’sirchan, chuqur kechinmali, gap ko’tara olmaydigan, ammo atrofdagi
voqyealarga unchalik e’tibor bermaydigan, o’zini
tuxtata oladigan harakatlar
qiladigan va sekin ovoz chiqaradigan kishilar melanxolik deb ataladi.
Aslida odamlarni to’rtta tip bo’yicha taqsimlash mumkin emasligi
tushunarli. Temperamentning turli-tumanligi to’g’risidagi masala fanda hali
batafsil hal qilingan emas.
Temperamentning nerv-fiziologik mexanizimini ilmiy asosda tushuntirib
bergan kishi I. P. Pavlov bo’ldi. U o’z umrining ko’p qismini oliy nerv sistemasi
faoliyatini o’rganishga bag’ishladi. Uning tadqiqotlari natijasida odamdagi
individual farqlar asosida qo’zg’alish va tormozlanish o’rtasidagi vazminlik
yotishi aniqlandi.
Nerv sistemasi kuchi tipning eng muhim ko’rsatkichdir.
Nerv faoliyatining tipi-organizimning tabiiy xususiyatidir. U nasliydir, lekin
butunlay o’zgarmas hisoblanmaydi, u rivojlanishda va ma’lum darajada
atrofdagi sharoit, muhit ta’siri tufayli o’zgaradi.
Temperament tiplarining kelib chiqishida, yuqorida aytganimizdek,
irsiyat
asosiy rol uynaydi. Agar irsiy fiziologik xususiyatlari bir xil bo’lgan bitta
tuxumdan
paydo
bo’lgan
(gomozigot)
egizaklarning
temperament
xususiyatlarini irsiy fiziologik xususiyatlari unchalik bir xil bulmagan, ikkita
tuxumdan paydo bo’lgan (geterozigot) egizaklarning temperament xususiyatlari
bilan solishtirsak, bu narsa juda yaqqol ko’rinadi. Getrozigot egizaklarga
qaraganda gomozigot egizaklar temperamentlari xususiyatlarining uxshashlik
darajasi shunchalik ortiqki, temperamentning irsiyat yo’li bilan berilishi
imkoniyati 85% ga tengdir.
Garchi temperament tiplari,
umuman olganda, irsiyatga bog’liq bo’lsada,
temperamentning ayrim xususiyatlari hayot sharoitlari va tarbiyaga bog’liq
xolda ma’lum darajada o’zgaradi.
Temperamentning ayrim xususiyatlarining hayot sharoitlari va tarbiyaga
bog’liq xolda o’zgarishini temperament tiplarining voyaga yetishidan farqlash
lozim. Temperament tipi unga xos bo’lgan barcha xarakterli xususiyatlari bilan
birga, tug’ilish chog’idan boshlab yoki ma’lum yoshda birdan paydo bo’lib
112
qolmaydi. Nerv sistemasining voyaga yetishidagi umumiy qonuniyatlari
temperament tipining voyaga yetishiga ham ta’sir qilib, izini qoldiradi.
Ma’lum temperament tipining asosiy xususiyatlari birdaniga hammasi
nomoyon bulmaydi, balki yoshga qarab sekin-asta nerv sistemasining voyaga
yetishi bilan bog’liq xolda nomoyon bo’ladi. Bu jarayonni biz temperamentning
voyaga yetishi deb ataymiz.
Yoshlar kasb tanlayotganda temperament xususiyatlari hisobga olinishi
lozim. Masalan, xozirgi zamon texnikasida melanxologik uchun kiruvchi
samolyotda uchuvchi bulish nihoyatda kiyin yoki bunday kishilarga tusatdan
paydo bo’ladigan avariya xavfi o’z vaqtida reaksiya qilishi lozim bo’lgan
murakkab energosistemalarda ishlash og’irlik qiladi.
Odamning psixik
xususiyatlariga nisbatan faoliyatning shunday yo’l bilan tanlashni kasbga
yo’naltirish deb ataladi.
Temperament tiplari xususiyatlarini mumkin qadar o’quvchilar tarbiyasi
jarayonida ham hisobga olish zarur. Masalan, melanxolik o’quvchini
harakatlari uchun keskin koyish uning ruxini tushurib yuboradi. O’ziga
ishonmvaligini yana orttirib yuboradi va o’z kuchiga shubha bilan qaray
boshlaydi.
Yuqoridagi usullarni sangvinikka nisbatan ishlatib bo’lmaydi. Chunki u
boshidan kechirgan kungilsiz voqyealarni tez esdan chiqarib yuborishi va o’z
kuchi, qobilyatlariga ortiqcha baho berishga moyildir, Salbiy bahoga nisbatan
qattiqlik va talabchanlik unga ijobiy tasir ko’rsatishi mumkin. Temperament
xususiyatini hisobga olgan holda xuddi shunday individual munosabatda bo’lish
mehnatni tashkil qilishda, sportchilarning mashqlarida va faoliyatning boshqa
turlarida ham bo’lishi mumkin va zarur.
Nihoyat, faoliyat talablariga temperamentni moslashtirishning asosiy eng
unversal yo’li individual ish uslubining tarkib topishidir.
Mehnat faoliyatidagi
ayni bir vazifa va talablar har turli usullar va yo’llar bilan bir xil samarali
amalga oshirilishi mumkin. Faoliyatning indvidual uslubi deganda biz mazkur
odam uchun xarakterli bo’lgan va samarali ishlashi uchun maqsadga muvofiq
bo’lgan harakatlar va yo’llarning individual sistemasini tushunamiz.
Faoliyatning indvidual uslubi odamda o’z-o’zidan, stixiyali ravishda paydo
bo’lmaydi. U ta’lim va tarbiya jarayonida tarkib topadi. Individual uslub tarkib
topishining birinchi kurtaklari bog’cha yoshidagi katta bolalarda o’yin
xarakteridagi amaliy masalalarni yechishdayok ko’rina boshlaydi.
Faoliyatning indvidual uslubini tarbiyalash ishlari asoslanadigan qator
alohida psixologik va pedagogik prinsiplar mavjuddir. Ta’lim va tarbiyaning
asosiy vazifalaridan biri shundan iboratki, indvidual uslubni tarkib toptirish
yo’li bilan odamning temperamentini faoliyatning obyektiv talablariga yaxshilab
moslashtirishdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: