Tayanch so’z va iboralar:
inflyatsiya, talab inflyatsiyasi, taklif inflyatsiyasi,
Filipps egri chizig’i, konfiskatsiya, shok terapiyasi, graduallash usuli,
aksilinflyatsiya siyosati.
Nazorat savollari
1. Inflyatsiyaning qanday turlarini bilasiz?
2. Talab inflyatsiyasi va taklif inflyatsiyasining mohiyati nimadan iborat?
3. Inflyatsiyaning haqiqiy darajasi qanday aniqlanadi?
4. Filipps egri chizig’i qanday bog’liqlikni o’zida aks ettiradi?
5. Graduallash usulining mazmunini tushuntiring.
6. Aksilinflyatsiya siyosatining mohiyati va asosiy yo’nalishlarini qanday
izohlaysiz?
Mavzuga oid masalalar
1. Iqtisodiyotdagi ishsizlikning tabiiy darajasi - 6%, kutilayotgan inflyatsiya
darajasi - 3%. haqiqiy YaIMning potentsial YaIMdan uzilish miqdori 0 dan
kamroq. Tashqi narx shoklari mavjud emas. Inflyatsiyaning haqiqiy darajasini
aniqlang.
* * *
2.Iqtisodiyotda Fillips egri chizig’ining tenglamasi quyidagicha:
=
e
–
0,5(u – u*). Ishsizlikning tabiiy darajasi - 5,4%, kutilayotgan inflyatsiya darajasi -
44
4%. haqiqiy ishsizlik darajasi esa 3,6%. Inflyatsiyaning haqiqiy darajasini
aniqlang.
* * *
3.2012 yilda iste’mol narxlar indeksi (INI) 301ga, 2013 yilda esa - 311ga
teng bo’lgan. 2011 yil asos qilib olingan yil deb hisoblanadi. 2013 yilda 2012 yilga
nisbatan hamda asos qilib olingan yilga nisbatan inflyatsiya darajasini aniqlang.
45
V BOB. YALPI TALAB - YALPI TAKLIF MODELI
5.1. Yalpi talab va unga ta’sir etuvchi omillar
Makroko’lamda milliy ishlab chiqarish hajmining o’zgarishi bilan birga
narxlar umumiy darajasining o’zgarishi o’rtasida bog’liqlikni tadqiq qilish, nima
uchun milliy ishlab chiqarish hajmi ayrim davrlarda barqaror o’sishi, ba’zi
davrlarda esa pasayib ketishni izoxlab berish uchun yalpi talab - yalpi taklif (AD-
AS aggregate demand – aggregate supply) modelidan foydalanamiz.
Bu modelda yalpi talab va taklif, narxlarning umumiy darajasi kabi agregat
ko’rsatkichlaridan foydalaniladi.
Makroiqtisodiyotda AD-AS modeli ishlab chiqarish hajmlari va narxlar
darajalarining tebranishlarini hamda ular o’zgarishining oqibatlarini o’rganish
uchun asosiy model bo’lib hisoblanadi va boshqa bir qancha modellar AD-AS
modelining xususiy holi hisoblanadi. AD-AS modeli yordamida davlat iqtisodiy
siyosatining turli variantlari tasvirlab berilishi mumkin.
Yalpi talab — uy xo’jaliklari, korxonalar, xukumat va chet ellik
xaridorlarning narxlarning ma’lum darajasida iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan
yakuniy tovarlar va xizmatlarning umumiy hajmiga bo’lgan talabidir.
Yoki boshqacha qilib aytganda umumiy talab iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan
yakuniy tovarlar va xizmatlarni sotib olishga qilingan umumiy harajatlar
yig’indisidir. Formula ko’rinishida umumiy talabni quyidagicha tasvirlash
mumkin:
AD =S+I+G+X
n
Narxlar darajasi va talab qilingan milliy mahsulot hajmi o’rtasidagi
bog’liqlikni ifoda etuvchi chiziq jami talab egri chizig’i deb ataladi. Buni chizma
ko’rinishida tasvirlash mumkin (5- chizma). 5- chizmadan ko’rinib turibdiki, talab
egri chizig’i doimo pastga va o’ngga suriladi. Nima uchun?
|