O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Biznes va tadbirkorlik” kafedrasi


  X BOB. DAVLAT BYUDJETI. SOLIQLAR



Yüklə 2,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,84 Mb.
#165338
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   110
makroiqtisodiyot

 


90 
X BOB. DAVLAT BYUDJETI. SOLIQLAR 
 
10.1. Davlat byudjetining mohiyati, funktsiyalari va ahamiyati 
Hozirgi 
sharoitda 
davlat 
byudjeti 
ijtimoiy 
(ishlab 
chiqarish) 
munosabatlarining bir qismini ifoda etib, davlatning ixtiyoriga mamlakatda 
yaratilgan yalpi ichki mahsulot (milliy daromad)ning nisbatan kattagina qismini 
to’plash va uni jamiyat taraqqiyotining turli sohalarini (iqtisodiyot, maorif, 
sog’liqni saqlash, fan, madaniyat, ijtimoiy ta’minot, boshqaruv, mudofaa va 
boshqalar) rivojlanishiga yo’naltirish imkonini beradigan muhim taqsimlash 
vositasidir. 
Mohiyatiga ko’ra davlat byudjeti mamlakat moliya tizimining tarkibiy qismi 
bo’lib, shunga mos ravishda moliya tizimiga doir barcha xususiyatlarga ega va 
unga tegishli bo’lgan barcha funktsiyalarni bajaradi. Bir vaqtning o’zida, davlat 
byudjeti faqat o’ziga xos bo’lgan xarakterli xususiyatlarga ham egadirki, ular o’z 
navbatida, davlat byudjetini moliya tizimining boshqa bo’linmalaridan ajratib 
turadi va unda markaziy o’rinni egallashga imkon beradi. Uning ana shunday 
xususiyatlaridan biri bevosita davlatga tegishli ekanligidir. Haqiqatdan ham har bir 
mamlakatda davlat barcha moliyaviy munosabatlarning tashkilotchisi bo’lsa-da, 
uning bu xislati, ya’ni mamlakatning moddiy va moliyaviy resurslari asosiy 
taqsimlovchi sifatidagi roli faqat byudjetda katta kuch bilan namoyon bo’ladi. 
Yagonalik va yuqori darajada markazlashuv davlat byudjetining muhim 
xususiyatlaridandir. Davlat byudjetiga xos xususiyatlar mablag’lar bilan byudjet 
siyosatini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi. Davlat byudjeti 
deyilganda, eng avvalo, ikki tushunchaning qo’shilishini tushunmoq kerak: 1) 
davlat miqyosida yalpi ichki mahsulotni taqsimlash natijasida vujudga keladigan 
iqtisodiy munosabatlar; 2) davlatning asosiy moliyaviy rejasi. Yalpi ichki 
mahsulotni taqsimlashning moliyaviy vositasi sifatida davlat byudjeti boshqa 
xususiyatlarga ham ega. Yalpi ichki mahsulotning davlat byudjeti orqali 
taqsimlanishi ma’lum darajada, almashuvdan ajralgan holda sodir bo’ladi. 


91 
Qiymatning davlat byudjeti orqali harakatlanishi moddiy mahsulotning harakatidan 
to’liq uziladi va sof qiymat xarakterini kasb etadi. Faqat davlat byudjetidan 
tashqarida, byudjet resurslari sarflanayotganda taqsimlash va almashuv 
operatsiyalarining qayta qo’shilib ketishi sodir bo’ladi. Davlat byudjetining 
mohiyatini ochib berishda u orqali amalga oshiriladigan taqsimlash jarayonlarining 
mazmunini ko’rib chiqish alohida ahamiyat kasb etadi. 
Yalpi ichki mahsulotni davlat byudjeti orqali taqsimlash bir vaqtning o’zida, 
o’zaro bog’langan va ma’lum darajada mustaqil bo’lgan uch bosqichga egadir: 1) 
umumdavlat pul fondini shakllantirish (byudjet daromadlari); 2) hududiy va 
ma’lum maqsadlarga mo’ljallangan ko’p sonli byudjet fondlarini yaratish; 3) 
byudjet fondidan foydalanish (byudjet xarajatlari). 
Davlat byudjeti orqali yalpi ichki mahsulotni taqsimlashning bu bosqichlari 
bir vaqtning o’zida va uzluksiz sodir bo’lsada, bu ularning nisbatan alohidaligini 
ham inkor etmaydi. Bu bosqichlarni bo’lish va ularni alohida-alohida ko’rib 
chiqish orqali byudjetli taqsimlashning xarakteri, shakli va metodlari to’g’risida 
osonroq va aniqroq tasavvur hosil qilish mumkin. Birinchi bosqichda yuridik va 
jismoniy shaxslarga tegishli pul mablag’larining bir qismi davlatning qo’lida 
to’planishi sodir bo’ladi. Ana shu asosda mablag’larni oluvchi sifatida davlat bilan 
mablag’larni to’lovchilar o’rtasida byudjet munosabatlari vujudga keladi. Bu 
munosabatlar, asosan, majburiylik (imperativlik) xarakteriga egadir. Bu 
bosqichdagi taqsimlash jarayonlarining xarakterli xususiyati shundaki, byudjetga 
tushuvchi mablag’lar ajratib olingan bo’lib, ular qat’iy chegaralanmagan. Ularning 
barchasi hozircha yagona maqsadga — umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga 
yo’naltirilgan. Davlat pul fondining alohidaligiga aniq maqsadlarga mo’ljallangan 
fondlarni kristallizatsiya qilish boshlanganda barham beriladi. 
Byudjet fondini shakllantirishda ikki xil tushunchadan foydalaniladi: 
1) byudjetga to’lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar); 
2) davlat byudjetining daromadlari. 


92 
Davlat byudjetiga to’lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar), eng 
avvalo, to’lovchilarning xarajatlaridan iborat bo’lib, ularning daromadlaridan 
chegirilsada, bir vaqtning o’zida ular davlat byudjetida davlatning daromadlari 
sifatida gavdalanadi. Ana shundan taqsimlash munosabatlariga kirishgan 
ishtirokchilar (tomonlar) o’rtasidagi manfaatlarda ba’zi bir farqli jihatlar vujudga 
keladi. Davlat byudjetning daromadlarini oshirishdan manfaatdor bo’lsa, bu narsa 
u yoki bu darajada to’lovchilarning (yuridik va jismoniy shaxslarning) 
manfaatdorligini pasaytiradi. Davlat byudjetining daromadlari o’zining yaxlitligi 
bilan farqlanadi va ular yagona maqsadga — ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga 
xizmat qiladi. 
Byudjet daromadlari davlatning sub’ektlar (xo’jaliklar va aholi) bilan o’zaro 
munosabatlarining aniq chegaralangan, aniqlangan qismini ifoda etadi. Bu 
munosabatlar xilma-xil bo’lishiga qaramasdan, ular umumiy belgilarga ega va 
umumlashtirilgan, abstrakt holda ishlab chiqarish (byudjet) munosabatlarining 
alohida elementi sifatida maydonga chiqadi. Byudjet daromadlari o’zlarining 
iqtisodiy tabiatiga ko’ra ob’ektiv bo’lib, ular davlatning sub’ektlar (xo’jaliklar va 
aholi) bilan barqaror aloqalarini ifodalaydi. Ularning ob’ektiv zarurligi davlatning 
o’ziga xos funktsiyalarga ega bo’lgan mavjudligi bilan belgilanadi. 
Davlat byudjeti daromadlarining farqlanuvchi belgisi shundan iboratki, ular 
taqsimlash natijasi (byudjetga to’lovlar) va yanada taqsimlash ob’ekti (byudjet 
ichidagi fondlarni shakllantirish va moliyalashtirish) sifatida maydonga chiqadi. 
Demak, davlat byudjetining daromadlari aniq ifodalangan byudjet kategoriyasi 
bo’lib, ularni shakllantirish va ulardan foydalanish taqsimlashning byudjet 
mexanizmi orqali amalga oshiriladi. 
Davlat byudjetining xarajatlari xuddi uning daromadlari singari, ikkiyoqlama 
xarakterga ega. Bir tomondan, bu davlatning xarajatlari, boshqa tomondan esa — 
sub’ektlarning ixtiyoriga tushadigan qaytarilmaydigan mablag’lar bo’lib, ularning 
daromadlariga aylanadi va ular tomonidan turli maqsadlarga mo’ljallangan tegishli 
fondlarni shakllantirishda foydalaniladi. Ana shu ikkiyoqlama xarakter davlat 


93 
byudjeti xarajatlarining yakuniy emas, balki taqsimlash jarayonlarining oraliq 
bosqichi ekanligidan dalolat beradi. Bu erda byudjet fondlarining egasi — davlat 
va pul mablag’larini oluvchilar — sub’ektlar o’rtasida yangi taqsimlash 
munosabatlari paydo bo’ladi. Daromadlar singari, davlat byudjetining xarajatlari 
ham ob’ektiv iqtisodiy kategoriyadir. U kategoriya sifatida byudjetli taqsimlash 
munosabatlarining ma’lum bir yakuniy qismini abstrakt holda umumlashtiradi. 
Ularning moddiylashuvi byudjetdan sub’ektlarga pul mablag’larining teskari oqimi 
bilan xarakterlanadi. 
Shunday qilib, davlat byudjetining iqtisodiy mazmuni deganda umumdavlat 
pul fondini shakllantirish, mablag’larni byudjetlar ichida taqsimlash va 
sub’ektlarni byudjetdan moliyalashtirish natijasida vujudga keladigan, o’zaro 
bog’langan taqsimlash munosabatlarining butun kompleksi tushuniladi. . Davlat 
byudjeti ko’p sonli va bo’lingan taqsimlash aktlarining majmui orqali yalpi ichki 
mahsulot harakatining asosiy yo’nalishlarida namoyon bo’ladi. Aynan byudjet 
iste’mol va jamg’arish fondlarining shakllanishida, iste’mol fondining qismlarga 
ajralishiga, sof daromadning 
davlat va sub’ektlar o’rtasida bo’linishiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi. 
Mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi ko’rinishida qonuniy rasmiylashtirilgan, 
davlat pul fondlarini yaratish va ulardan foydalanish borasidagi iqtisodiy
munosabatlar majmuiga davlat byudjeti deyiladi. 
Davlat byudjeti ikki xil funktsiyani bajaradi: 
1) taqsimlash; 
2) nazorat. 
Davlat byudjetining taqsimlash funktsiyasi orqali uning mohiyati namoyon 
bo’ladi. Bu davlat byudjeti tomonidan amalga oshirilayotgan taqsimlash 
munosabatlarining mazmunida yaqqol ko’rinadi. 
Davlat byudjeti orqali amalga oshiriladigan taqsimlash bu jarayonning 
ikkinchi (oraliq) bosqichidir; Shuning uchun ham davlat byudjetining taqsimlash 
funktsiyasi o’ziga xos bo’lgan xususiyatga ega bo’lib, undan taqsimlangan yalpi 


94 
ichki mahsulotni qayta taqsimlashda foydalaniladi. Agar taqsimlashning birinchi 
bosqichida byudjet mablag’lari milliy daromadda davlatning ulushi sifatida 
maydonga chiqsa, uning ikkinchi bosqichida esa ana shu ulush qismlarga bo’linadi 
va ko’p sonli kanallar orqali turli tadbirlarni moliyalashtirishga va fondlarni 
shakllantirishga yo’naltiriladi. Davlat byudjeti bilan iqtisodiyot va ijtimoiy 
sohaning barcha bo’linmalari bevosita yoki bilvosita bog’langandir. 
Davlat byudjetining nazorat funktsiyasi ham o’ziga xos xususiyatlarga ega.
Birinchi xususiyat umumiylik, universallik. Bu milliy iqtisodiyotni tezkor 
boshqarishda davlat byudjetining nazorat funktsiyasidan keng foydalanish uchun 
sharoit yaratadi. 
Davlat byudjetining nazorat funktsiyasiga tegishli bo’lgan ikkinchi xarakterli 
xususiyat moliyaviy munosabatlarning alohida sohasi sifatida davlat byudjetining 
yuqori darajada markazlashtirilganligidan kelib chiqadi. Markazlashtirilganlik har 
doim yuqori organlar oldida quyi organlarning hisobot berib turishini, ma’lum 
ketma-ketlikda bo’ysunishning tizimliligini anglatadi. Bu esa, o’z navbatida, 
yuqoridan quyigacha davlat moliyaviy nazoratini tashkil etishga shart-sharoit 
yaratib beradi. 
Kuchli majburiylik, imperativlik davlat byudjetining nazorat funktsiyasiga 
tegishli bo’lgan uchinchi xususiyatdir. Byudjet davlatniki bo’lganligi uchun uning 
nazorat funktsiyasi milliy iqtisodiyotni boshqarish vositalaridan biri hisoblanadi. 
Davlat byudjetining nazorat funktsiyasi 1) davlat byudjetining daromadlarini 
oshirish uchun pul mablag’larini jalb qilish; 2) mablag’larni sarflashning 
qonuniyligini ta’minlash; 3) byudjet mexanizmi orqali ishlab chiqarishning 
samaradorligini oshirishni ko’zda tutadi. 
Sub’ektlar faoliyatini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashda davlat 
byudjetining tartibga soluvchi roli quyidagi ko’rinishda bo’lishi mumkin: 
— moliyaviy resurslarga bo’lgan yangbi talabni kelgusi byudjet yilida byudjetning 
xarajatlari tarkibiga kiritish; 


95 
— moliyaviy resurslarga bo’lgan qo’shimcha ehtiyojni mavjud byudjet resurslarini 
manyovr qilish, ya’ni byudjet kreditlarini bir ob’ektdan ikkinchisiga o’tkazish yo’li 
bilan qondirish. Bunday imkoniyatning mavjudligi amaliyotda ayrim 
sub’ektlarning o’zlariga taqdim etilgan moliyaviy resurslarni to’liq 
o’zlashtirishning uddasidan chiqa olmasligi bilan izohlanadi; 
— qo’shimcha ehtiyojni hukumatning zahira fondlari hisobidan qoplash va 
boshqalar. 

Yüklə 2,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin