3,3
25,3
60,7
Tarmoqlar bo‘yicha bandlik (jami bandlikka nisbatadan foizda) 6,4
25,7
67,9
Manba: Jahon banki ma’lumotlari. 1990-yillarda Sovet Ittifoqi parchalanganidan
beri Litva iqtisodiyoti bozorni liberallashtirish va
isloh qilish jarayonini boshdan kechirdi. Litvaning
iqtisodiy
o‘sishiga
hissa
qo‘shadigan
eng muhim
omillardan biri uning 2001-yilda jahon savdo tash-
kilotiga va 2004-yilda Yevropa Ittifoqiga
qo‘shilishi
bo‘ldi.
Bu Yevropa Ittifoqiga
a‘zo
davlatlar
o‘rtasida
ishchi kuchi, kapital va savdoning erkin harakatlani-
shiga hamda mamlakat iqtisodiyotini modernizat-
siya qilishga yordam berdi.
Litvada axborot-kommunikatsiya texnolo-
giyalari (AKT) sohasi jadal rivojlangan
bo‘lib,
hozir-
gi kunda ham boshqa mamlakatlardagi tadbirkorlar
uchun jozibador sharoitlar yaratmoqda. Hukumat
tomonidan tasdiqlangan raqamlashtirish dasturi
Litvada IT xizmatlarining barqaror va ishonchli
rivojlanishiga xizmat qildi. IT-xizmatlarini yanada
integratsiyalash va takomillashtirish loyihaning eng
muhim maqsadlaridan biri hisoblanadi. Bundan
tashqari Litva infratuzilmasi, tezkor internet aloqa-
lari, qulay soliq tizimi va texnologiyalar ushbu soha
vakillari hamda kompaniyalarni mamlakatga jalb
qildi. Bu omillar dasturiy
ta’minot
va
videoo‘yinlar
ishlab chiqish,
sun’iy
intellekt yechimlari va moliya-
viy texnologiya sektorlari sohasidagi dunyodagi eng
mashhur kompaniyalarning Litvaga
ko‘chib
otishiga
olib keldi. IT sohasi muvaffaqiyatining sabablaridan
biri
ilgʻor
tarmoqlarning ishlashiga yordam beruv-
chi hukumat tashabbuslaridir. Doimiy izlanishlar,
jozibador soliq imtiyozlari va innovatsion platfor-
malardan oson foydalanish korxonalarga zamona-
viy bozor ehtiyojlariga javob beradigan zamonaviy
mahsulotlarni sinab
ko‘rish
va yetkazib berish
imkonini beradi [20].
Litva
o‘ziga
butun dunyodan va
qo‘shni
mam-
lakatlardan
ko‘plab
sayyohlarni jalb qiladi. 2020-yil
ma’lumotlariga
ko‘ra,
Litvaga biznes, oilaviy va dam
olish maqsadlarida 2 million xorijlik sayyoh tashrif
buyurgan. Bu sayyohlar soni
bo‘yicha
boshqa mam-
lakatlarga nisbatan past
ko‘rsatkich
ekanligi aniq.
Lekin sayyohlar sonini Litva aholisiga nisbatan ola-
digan
bo‘lsak,
natija ancha taqqoslanadigan
ko‘ri
-
nishga ega: har bir aholiga 0,82 sayyoh
to‘gʻri
keladi,
bu
ko‘rsatkich
bo‘yicha
Litva dunyoda 52-
o‘rinni
egallaydi. Litva Buyuk Gersogligining tarixiy merosi,
arxitekturasi,
begʻubor
tabiati, dengiz va kurortlari
Litvaning asosiy diqqatga sazovor joylari hisoblana-
di. Ichki turizm ham ancha rivojlangan . Litvaliklar
o‘z
ta’tillarini
Litvada
o‘tkazishni
afzal
ko‘rishadi
(litvaliklarning 70 foizi). Turizm sohasi ravnaqida
turizm strategiyasi va milliy turizm axborot tizimi-
ning ishlab chiqilishi munosib
o‘rin
tutdi [21].
Mamlakat 2021-yilda Jahon banki guruhining
dunyo mamlakatlari iqtisodiyotida biznes yuritish
qulayligini baholovchi
“Biznes
yuritish
”
indeksida
11-
o‘rinni
egalladi.
Xizmatlar sohasi O‘zbekiston iqtisodiyoti
ning
tobora muhim tarmogʻiga aylanib bormoqda. O‘zbe
-
kiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika
agentligi ma’lumotlariga ko‘ra (7
-jadval), 2022-
yilda xizmatlar sohasi mamlakat yalpi ichki mahsu-
lotining 41,5 foizini tashkil etdi. Xizmatlar tarkibida
moliyaviy xizmatlar (jami xizmatlarga nisbatan ulu-
shi
–
23,5 %), savdo xizmatlari (23,5 %), transport
xizmatlari (23,1 %) va aloqa va axborotlashtirish
xizmatlari (6,8 %) salmoqli ulushga ega [22].