Iqtisodiyot va ta'lim / 2023-yil 4-son
354
7-jadval
Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti tarkibi
Yillar
Qishloq, o‘rmon va
baliqchilik xo‘jaligi
Sanoat
Qurilish
Xizmatlar
2000-yil
34,4
16,2
6,9
42,5
2005-yil
29,5
23,7
5,4
41,4
2010-yil
30,6
18,7
5,4
45,3
2015-yil
32,1
19,1
5,7
43,1
2016-yil
32,1
19,5
5,6
42,8
2017-yil
32,2
21,1
5,4
41,4
2018-yil
29,7
24,7
5,8
39,8
2019-yil
26,6
27,5
6,2
39,6
2020-yil
26,8
26,8
6,7
39,7
2021-yil
26,5
27,3
6,6
39,6
2022-yil
25,1
26,7
6,7
41,5
Manba:
Statistika agentligi
ma’lumotlari.
O‘zbekistonda ham yuksak iqtisodiy salohiyat
va resurslar yetarli darajada mavjud bo‘lib, uni
aynan xizmatlar sohasini rivojlantirishga qaratish
eng oqilona yo‘l hisoblanadi. Tadqiqotlarimiz natija
-
sida O‘zbekistonda xizmatlar sohasini rivojlantirish
bo‘yicha quyidagi takliflarni ilgari suramiz:
Turizm xizmatlarida tarixiy yodgorliklar,
zamonaviy infratuzilma, jozibador tabiat, mehmon-
do‘st kishilar mamlakatimiz turizm salohiyati yuqo
-
riligidan dalolat beradi. Turizm taklifini diversifi-
kat
siya qilish, sohada xizmat ko‘rsatuvchilar ta’limi
va malakasini oshirish, turistik manzillarga olib bo-
ruvchi yo‘llarni ya
xshilash hamda ichki turizmni
keng
roq targʻib qilish zarur. Bugungi kunda ichki
turizmda taklif qilinayotgan imtiyozlar ro‘yxatini
kengaytirish (jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj
aholi uchun) nafaqat turizm rivojlanishi, balki bosh-
qa xizmat turlarining
o‘sishiga turtki bo‘ladi.
Transport xizmatlarini rivojlantirishda min-
ta
qamiz Osiyoni Yevropa bilan bogʻlagan muhim
transport koridorining markazida joylashgan. Xal-
qa
ro transport koridorlarini rivojlantirish, yo‘lovchi
va yuk tashish transporti oqimlarini maqbullashti-
rish, xalqaro va mintaqaviy tranzitni rivojlantirish
zarur. IT sohasida esa xorijiy IT kompaniyalar va
mutaxassislarga mamlakatimizda faoliyat yuritishi-
da huquqiy baza, infratuzilma, tezkor internet alo-
qalari va qulay soliq tizimini yaratish zarur.
Sogʻliqni saqlash xizmatlarida mamlakatimiz
sogʻliqni saqlash sohasidagi kadrlar sifati jihatidan
Markaziy Osiyoda yetakchi hisoblanadi. Ushbu salo-
hiyatdan foydalangan holda qo‘shni mamlakatlarga
xizmatlarni keng targʻib qilish orqali sayyo
hlarni
jalb qilish, jumladan, aeroport yoki temiryo‘l stan
-
siyasidan kutib olib, shifoxona yoki davolanish mas-
kaniga joylashtirish xizmatlarini turistik agentliklar
orqali taklifini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, onlayn
tibbiy xizmatlarni rivojlantirish zarur.
Umuman olganda, yuqorida qayd etib o‘tilgan
takliflarni amalga oshirish natijasida mamlakatimiz-
da xizmatlar sohasini yanada rivojlantirish imkoni
yaratiladi.
Dostları ilə paylaş: