Xizmatlar sohasini rivojlantirishda xorijiy mamlakatlar



Yüklə 472,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/13
tarix20.11.2023
ölçüsü472,86 Kb.
#165342
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Xulosa va takliflar.
 
Yuqorida ta’kidlab o‘tga
-
nimizdek, rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti 
asta-
sekinlik bilan xizmatlar sohasiga o‘tishi va 
uning rivojlanishi muqarrar jarayondir. Dunyo tajri-
basi shuni ko‘rsatmoqdaki, sohaga e’tibor va qo‘llov 
mamlakat iqtisodiy kelajagi ravnaqiga hamda qud-
ratini oshirishiga xizmat qiladi. 
Biz ko‘rib chiqqan mamlakatlar har xil iqtiso
-
diy-
siyosiy vaziyatlarda bo‘lishiga qaramay, xizmat
-
lar sohasiga asoslangan iqtisodiy yo‘lni tanlashi ho
-
zirgi kunda iqtisodiy barqaror taraqqiy etishiga sa-
bab bo‘ldi.
XORIJ TAJRIBASI


Iqtisodiyot va ta'lim / 2023-yil 4-son
354
7-jadval
Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti tarkibi
 
Yillar 
Qishloq, o‘rmon va 
baliqchilik xo‘jaligi
Sanoat
Qurilish
Xizmatlar
2000-yil 
34,4 
16,2 
6,9 
42,5 
2005-yil 
29,5 
23,7 
5,4 
41,4 
2010-yil 
30,6 
18,7 
5,4 
45,3 
2015-yil 
32,1 
19,1 
5,7 
43,1 
2016-yil 
32,1 
19,5 
5,6 
42,8 
2017-yil 
32,2 
21,1 
5,4 
41,4 
2018-yil 
29,7 
24,7 
5,8 
39,8 
2019-yil 
26,6 
27,5 
6,2 
39,6 
2020-yil 
26,8 
26,8 
6,7 
39,7 
2021-yil 
26,5 
27,3 
6,6 
39,6 
2022-yil 
25,1 
26,7 
6,7 
41,5 
Manba:
 Statistika agentligi 
ma’lumotlari.
 
O‘zbekistonda ham yuksak iqtisodiy salohiyat 
va resurslar yetarli darajada mavjud bo‘lib, uni 
aynan xizmatlar sohasini rivojlantirishga qaratish 
eng oqilona yo‘l hisoblanadi. Tadqiqotlarimiz natija
-
sida O‘zbekistonda xizmatlar sohasini rivojlantirish 
bo‘yicha quyidagi takliflarni ilgari suramiz:
Turizm xizmatlarida tarixiy yodgorliklar
zamonaviy infratuzilma, jozibador tabiat, mehmon-
do‘st kishilar mamlakatimiz turizm salohiyati yuqo
-
riligidan dalolat beradi. Turizm taklifini diversifi-
kat
siya qilish, sohada xizmat ko‘rsatuvchilar ta’limi 
va malakasini oshirish, turistik manzillarga olib bo-
ruvchi yo‘llarni ya
xshilash hamda ichki turizmni 
keng
roq targʻib qilish zarur. Bugungi kunda ichki 
turizmda taklif qilinayotgan imtiyozlar ro‘yxatini 
kengaytirish (jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj 
aholi uchun) nafaqat turizm rivojlanishi, balki bosh-
qa xizmat turlarining 
o‘sishiga turtki bo‘ladi. 
Transport xizmatlarini rivojlantirishda min-
ta
qamiz Osiyoni Yevropa bilan bogʻlagan muhim 
transport koridorining markazida joylashgan. Xal-
qa
ro transport koridorlarini rivojlantirish, yo‘lovchi 
va yuk tashish transporti oqimlarini maqbullashti-
rish, xalqaro va mintaqaviy tranzitni rivojlantirish 
zarur. IT sohasida esa xorijiy IT kompaniyalar va 
mutaxassislarga mamlakatimizda faoliyat yuritishi-
da huquqiy baza, infratuzilma, tezkor internet alo-
qalari va qulay soliq tizimini yaratish zarur.
Sogʻliqni saqlash xizmatlarida mamlakatimiz 
sogʻliqni saqlash sohasidagi kadrlar sifati jihatidan 
Markaziy Osiyoda yetakchi hisoblanadi. Ushbu salo-
hiyatdan foydalangan holda qo‘shni mamlakatlarga 
xizmatlarni keng targʻib qilish orqali sayyo
hlarni 
jalb qilish, jumladan, aeroport yoki temiryo‘l stan
-
siyasidan kutib olib, shifoxona yoki davolanish mas-
kaniga joylashtirish xizmatlarini turistik agentliklar 
orqali taklifini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, onlayn 
tibbiy xizmatlarni rivojlantirish zarur. 
Umuman olganda, yuqorida qayd etib o‘tilgan 
takliflarni amalga oshirish natijasida mamlakatimiz-
da xizmatlar sohasini yanada rivojlantirish imkoni 
yaratiladi.

Yüklə 472,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin