Xizmatlar sohasini rivojlantirishda xorijiy mamlakatlar



Yüklə 472,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/13
tarix20.11.2023
ölçüsü472,86 Kb.
#165342
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
XORIJ TAJRIBASI


Iqtisodiyot va ta'lim / 2023-yil 4-son
351
3-jadval 
2021-yil AQShda iqtisodiy 
faoliyatning tarmoqlar bo‘yicha taqsimlanishi
 
(2021-
yil yakuni bo‘yicha)
 
 
Qishloq xo‘jaligi
 
Sanoat 
Xizmatlar 
sohasi 
Qo‘shilgan qiymat (yalpi ichki mahsulotga 
nisbatan foizda) 
1,0 
17,9 
77,6 
Tarmoqlar bo‘yicha bandlik (jami bandlikka 
nisbatan foizda) 
1,4 
19,9 
78,7 
Manba:
 
Jahon banki ma’lumotlari.
 
 
Xizmatlar sohasining katta qismini moliya
sugʻurta, ko‘chmas mulk, ijara va lizing xizmatlari 
tashkil etadi (jami xizmatlar hajmidagi ulushi 

20,1 
%), shuningdek, professional va biznes xizmatlari 
(13,1 %), savdo xizmatlari (12 %), davlat xizmatlari 
(federal, shtat va mahalliy darajada) (11,6 %) ham-
da ta
’lim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy yordam xiz
-
matlari (8,4 %) tarmoqda salmoqli ulushga ega[11]. 
Ikkinchi jahon 
urushidan keyingi oʻn yillik
lar-
da xizmat koʻrsatish sohasi Amerika iqtisodiyoti
-
ning eng yirik segmenti sifatida paydo boʻlib, 
Qoʻshma Shtatlarni dunyodagi birinchi “xizmat koʻr
-
satish iqtisodiyoti”ga aylantirdi.
XIX asrning oxiriga kelib, jahonda qurilish 
sanoatining rivojlanishi boshlanganida, AQSh xiz-
mat ko‘rsatish tarmogʻini yaratdi va yangi xizmat 
turlarini o‘zlashtirishda yetakchi bo‘ldi. Keyinchalik 
o‘rtacha daromadli oilalar uchun mo‘ljallangan 
avto
mobilning konveyer ishlab chiqarilishi yo‘lga 
qo‘yildi. Bu asfaltlangan yo‘llar, avtomobillarga 
texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, shuningdek, 
yo‘llar bo‘ylab joylashgan umumiy ovqatlanish sho
-
xobchalari tarmogʻining faol qurilishiga olib keldi. 
Yaratilgan transport tarmogʻi va aloqa tizimi butun
iqtisodiyotning 
raqobatbardoshligini 
oshirish 
uchun asos bo‘ldi
[12].
K.Grossning tadqiqotlariga ko‘ra, AQShda 
1970-yildan 2005-yilgacha transport va sanoatda 
arzon energiya vositalarining paydo bo‘lishi mehnat 
unumdorligining oshishiga hamda xizmatlar sohasi-
ning jadal rivojlanishiga sabab bo‘ldi [13]. 
Qo‘shma Shtatlarda moddiy ragʻbatlantirish, 
imtiyozli soliqqa tortish tizimi va oliy ta’lim xizmat
-
lariga yaratilgan sharoitlar eng yaxshi olimlarni 
mamlakatga jalb qildi. Urush yillarida harbiy ehti-
yojlarni qondirish uchun farmatsevtika va kimyo 
so
hasidagi ilmiy izlanishlarga alohida e’tibor qara
-
tildi, bu esa keyinchalik nafaqat ushbu tarmoqlarda 
ta’limni yaxshilash, balki Amerika firmalarining 
tash
qi bozorlarga chiqishiga ham asos bo‘l
di. Ikkin-
chi jahon urushi davrida xizmatlar sohasining rivoj-
lanishiga mamlakatda xizmatlar ko‘rsatiladigan 
yetar
licha katta ichki bozorga ega bo‘lganligi ham 
yordam berdi. Ikkinchi jahon urushi tugagandan 
so‘ng, Amerika sanoati o‘zining urush uchun quro
l-
aslaha ishlab chiqarishga mo‘ljallangan zamonaviy 
zavodlarini fuqarolik ehtiyojlari uchun tovarlar ish-
lab chiqarishga yo‘naltirishga muvaffaq bo‘ldi.
AQSh xizmatlar sohasining rivojlanishiga his-
sa qo‘shgan asosiy omillar
quyidagilar hisoblanadi: 
ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, ishlab chiqaruvchi 
kuchlarning rivojlanishi va ehtiyojlarning ortib bo-
rishi qonunining keyingi ta

siri, aholi turmush dara-
jasining oshishi, iste

molchi va ishlab chiqaruvchi 
tomonidan har xil turdagi xizmatlarga talabning 
orti
shi. Shuningdek, urbanizatsiya, demografik oʻz
-
ga
rishlar, ish kunining qisqarishi, aholi oʻrtasida 
boʻsh vaqtning koʻproq paydo boʻlishi sogʻliqni saq
-
lash, taʼlim, maishiy, ijtimoiy, turistik va madaniy 
koʻngilochar xizmatlarning rivojlan
ishiga xizmat 
qildi. 

Yüklə 472,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin