Iqtisodiyot va ta'lim / 2023-yil 4-son
349
tida tutgan o‘rni, ahamiyati, rivojlanishi, ijobiy jihat
-
lari o‘z davrlaridagi mavjud holatlar bo‘yicha ko‘r
-
satib o‘tilgan.
J.Delaunay va J.Gadrey “Iqtisodiy fikrdagi xiz
-
matlar: uch asrlik mun
ozaralar” asarida xizmatlar
sohasining rivojlanish tarixi haqida iqtisodchilar va
boshqa ijtimoiy olimlarning fikrlari hamda qarash-
larini mahorat bilan yoritib berganlar. Ular xizmat-
lar sohasini o‘rganishga Birinchi jahon urushigacha
qiziqish past darja
da bo‘lganini ta’kidlaydilar. Bu
davrda barcha faoliyat xizmat ko‘rsatish bo‘lib ko‘ri
-
nardi, tovarlar va xizmatlar o‘rtasidagi farq endi
ahamiyatli hisoblanmasdi [1].
Adam Smit xizmatlarga “unumsiz mehnat”
deb ta’rif beradi va u badavlat kishilar yoki dav
lat
amaldorlari uchun deb hisoblaydi [2].
Karl Marks va Marksist ham xizmatlar soha-
sining rivojlanish salohiyatini tan olmagan. Ular xiz-
matlarni milliy mahsulotda hisobga olmagan va na-
ti
jada xizmat ko‘rsatish sohalari ko‘pincha e’tibor
-
dan chetda qolgan [1].
Tovarlar va xizmatlar o‘rtasidagi farqni eng
to‘liq muhokama qilgan olimlardan biri T.P.Hill bo‘
-
lib, u xizmatni “odamning holati o‘zgarishi yoki
biron-
bir iqtisodiy birlikka tegishli bo‘lgan tovar”
deb ta’riflaydi [3].
Xizmatlar s
ohasining jahon miqyosida o‘sishi
Kanada iqtisodiy kengashi hisobotining (NBER) Zvi
Griliches tomonidan tahrirlangan bir nechta bobla-
rida keltirilgan. Unda Zvi Griliches xizmatlar sohasi-
dagi o‘sishning tezlashishi boshlanishini taxminan
1960-yil deb belgilaydi. Uning hisob-kitoblariga
ko‘ra, jahon yalpi ichki mahsulotida xizmatlarning
ulushi 1947-yildan 1990-yilgacha taxminan 40 foiz-
dan
60 foizga o‘sdi, shu davrda xizmat ko‘rsatish
sohasida bandlik taxminan 40 foizdan 70 foizga
yetdi [4].
Iqtisodiyot rivojlanishining turli bosqichlari-
da xizmatlarning iqtisodiyotda o‘rni haqidagi zamo
-
naviy qarashlarning evolyutsiyasini V.Rostouning
ilmiy ishlarida kuzatish mumkin [5].
M.Kastels asarlarida xizmat koʻrsatish sohasi
-
ning rivojlanishi zamonaviy iqtisodiy tizim evolyut-
siyasidagi tabiiy hodisa sifatida qaraladi [6].
Afrikadagi rivojlanayotgan davlatlar Fran-
siyaning Ikkinchi jahon urushidan keyingi deyarli
uch “ulug” o‘n yilliklar davomida tarkibiy o‘zgarish
-
lar va yuqori o‘sishga erishganidan saboq
olishi
mumkin. Bu muvaffaqiyatning asosiy omili ijtimoiy
himoya siyosati, inson kapitaliga investitsiyalar va
yuqori mahsuldorlikdagi xizmat ko‘rsatish sohasini
rivojlantirish bo‘ldi [7].
Lyuksemburg iqtisodiy tuzilmasida 1970-yil-
larning o‘
rtalaridan boshlab xizmatlar ustunlik qila-
di. Milliy boylikni yaratishda moliyaviy xizmatlar
ham
da asosan, korxonalarga ko‘rsatiladigan xizmat
-
lar asosiy rol o‘ynaydi. Umuman olganda, xizmat
ko‘r
satish sohasi sanoat yoki qurilish sohasiga qara-
ganda tezroq rivojlanmoqda. Bu tendensiya bandlik
evolyutsiyasida ham o‘z ifodasini topmoqda [8].
Dostları ilə paylaş: