членов современной узбекской семьи, а также выводы и рекомендaции по усовершенствованию этих семей. Ключевые слова: современная семья, проект современной семьи, компетенции членов семьи, духовно-нравственные ценности и критерии, духовная среда, инновaционные воспитательные технологии. Annotation. The article reflects the features of a modern family, its priority areas, components of competencies, principles, sources, effective forms and methods, the negative impact situations and their consequences and scientific and theoretical views of members of a modern Uzbek family, as well as conclusions and recommendations for the improvement of this category of families are developed. Key words: modern family, project of a modern family, competencies of family members, spiritual and moral values and criteria, spiritual environment, innovative educational technologies. Oila jamiyat tayanchi, insonning baxt qo‘rg‘onidir. Shu bois bugungi kunda mamlakatimizda oila
institutini mustahkamlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Uning ijtimoiy-
ma’naviy barkamolligi davlat va jamiyat farovonligining negizidir. Darhaqiqat, jamiyat va davlat farovonligi,
gullab-yashnashi oilalarning zamonaviyligi va uning ma’naviy-axloqiy poydevorining mustahkamligiga
bog‘liq. Shu boisdan ham mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar mazmunida oila manfaatlarini
huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy jihatdan himoya qilish masalalariga alohida e’tibor berilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni
sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanda qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash
tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5938-son farmoni zamonaviy oilani
shakllantirishda va uning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy asoslari samaradorligini oshirishda metodologik asos
bo‘lib xizmat qilmoqda. Mamlakatimizda oila institutini takomillashtirishning asosiy maqsadi – zamonaviy
oilani barpo etishdan iboratdir. Qanday oila zamonaviy oila hisoblanadi? Avvalo, shu savolga javob topmoq
lozim.
Bizning nazarimizda, oila kompetensiyasi komponentlarini o‘zida to‘liq namoyon etadigan, umuminsoniy
va milliy ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, zamonaviy ilg‘or tajribalar, baxtlilik indeksi talablari asosida davlat
va jamiyat rivojiga o‘z tinchligi, farovonligi va mustahkamligi bilan ulush qo‘shadigan oila – zamonaviy
oila demakdir. Qaysi jamiyatda barpo etiladigan bo‘lsa o‘sha jamiyat talablariga monand shakllanadigan
oila – zamonaviy oila hisoblanadi.
Buguni kun zamonaviy oilasi quyidagi tamoyillarga javob bermog‘i lozim: