28
Videoxotira sig‗imi – muhim tavsifdir, u xotirada saqlanayotgan piksellarning
miqdorini va ularning atributlarini aniqlaydi. Piksel atributining razryadliligi, o‗z
navbatida, xususan, pikselni aks ettirishda hisobga olinadigan
nimranglarning yoki
rangli tuslarning mumkin bo‗lgan maksimal sonini aniqlaydi (masalan, 65000 rangli
tusni (High Color standarti) aks ettirish uchun xar bir atribut
ikki baytli xususiyatta,
16,7 mln ta rangli tusni aks ettirish uchun esa (True Color standarti) – uch baytli
xususiyatga ega bo‗lishi kerak). Videoxotiraning kerakli sig‗imini
atribut baytlari
miqdorini ekran piksellari miqdoriga ko‗paytirib taxminan hisoblab chiqish mumkin.
Masalan, monitorning o‗tkazish qobiliyati 800x600 piksellar bo‗lganda va True
Color standartida videoxotira sig‗imi 1440000 baytdan kam bo‗lmasligi kerak,
o‗tkazish qobiliyati High Color standartida 1280 x 1024 bo‗lganda esa 4 Mbayt
atrofida bo‗lishi lozim.
Umum qabul qilingan standart quyidagi videoadapterlarni shakllantiradi:
Hercules
monoxromli grafikli adapter;
MDA
monoxromli displeyli adapter
(Monochrome Display Adapter);
MGA
monoxromli grafikli adapter
(Monochrome Graphics Adapter);
SGA
Rangli grafikli adapter
(Color Graphics Adapter);
EGA
yaxshilangan grafikli adapter
(Enhanced Graphics Adapter);
VGA
videografikli adapter
(Video Graphics Adapter), yoki
videografikli matritsa
(Video Graphics Array);
SVGA
yaxshilangan videografikli adapter
(Super VGA);
PGA
professional grafikli adapter
(Proffeccional GA).