Nazorat savollari
1. Kompyuter grafikasining asosiy vazifasi nimadan iborat?
2. Kompyuter grafikasining zamonaviy informatsion jamiyatdagi roli va o‗rni?
3. Grafik ifodalashning qanday usullarini bilasiz?
4. Grafik qiyofa tushunchasi nima degani?
5. Eksplikatsiya tushunchasining ma‘nosi nima?
6. Grafik obraz qanday shakllarda bo‗lishi mumkin?
7. Geometrik grafika deganda nima tushuniladi?
8. Geometrik eksplikatsiya qanday shaklda tasvirlanadi?
9. Shartli belgilar qanday belgilardan iborat?
10. Piksel tushunchasining mohiyati nima?
11. Vektorli grafikaning ma‘nosi qanday?
12. Rastrli grafika iborasi qanday tushuniladi?
23
2- bob. KOMPYuTER GRAFIKASIDA FOYDALANILADIGAN
TEXNIK VOSITALAR VA ULARNING XARAKTERISTIKALARI
2.1. Monitorlar
Raqamli tasvirlarni saqlash va ishlov berishdan hech qanday ma‘no yo‗q, agar
ularni qandaydir bir sharoitda qayta hosil qilish (ya‘ni, ko‗rish) imkoniyati bo‗lmasa.
Kompyuter xotirasida joylashgan raqamli tasvilarni qayta hosil qilish
(ko‗rinuvchan obrazlarga almashtirish) vizuallashtirish deb aytiladi. Raqamli
tasvirlarni vizuallashtirish uchun maxsus chiqarish qurilmalari talab qilinadi. Bu
qurilmalar turli xil bo‗lib, ularning orasida eng ko‗p tarqalgan qurilmalardan biri
videoterminaldir. Videoterminal displeydan va videoadapterdan tashkil topgan.
Videoadapterlar kompyuterning tizimli bloki tarkibiga kiradi. U bosh platani
raz‘yomiga o‗rnatiladigan videokartada joylashgan. Monitorlar esa kompyuterning
tashqi qurilmalaridir.
Monitor ekranda matnli va grafik axborotni aks ettirish qurilmasidir,
(qo‗zg‗almas kompyuterlarda elektron nur trubkasi (ENT) ekranida, ixcham
kompyuterlarda esa suyuq kristalli tekis ekranda).
Monitor tarkibiga quyidagilar kiradi: elektron nur trubkasi paneli, yoyish bloki,
videokuchaytirgich, manba bloki va boshqalar.
Monitor ekranining o‗lchami odatda uning diagonali kattaligi bilan dyuymlarda
beriladi: IBM ga mos tushuvchi kompyuterlarda ekranlarning quyidagi tipik
o‗lchamlari qabul qilingan: 12, 14, 15, 17, 20 va 21 dyuym.
HYP bilan boshqariladigan signal ko‗rinishiga bog‗liq ravishda monitorlar
uzluksiz va raqamli bo‗ladi.
Uzluksiz monitorlarda boshqarish buriladigan potentsiometrlar asosida,
raqamli monitorlarda esa knopka asosida amalga oshiriladi. Raqamli monitorlarda
ko‗p darajali ekranli menyu qulay ko‗riladi, oldindan o‗rnatilgan grafikli rejimlar
ishlatiladi, lekin uzluksiz monitorlar ekranda tasvirni yaxshi sifat bilan, katta
miqdorlardagi nim ranglar va rangli tuslar bilan o‗ta yuqori sifatli standartlarda
shakllantirish imkonini beradi
24
Monitorning muhim tavsifi uning kadrli yoyishining chastotasidir. Ekranda
25 Gts chastotali tasvirlar (kadrlar) almashinishi ko‗z bilan uzluksiz harakat kabi
qabul qilinadi, lekin bunda ko‗z ekranning miltillashidan tez charchaydi. Tasvirning
yuqori turg‗unligini ta‘minlash va ko‗z charchashini kamaytirish uchun zamonaviy
yuqori sifatli monitorlarda kadrlarni almashish chastotasi 70-75 Gts dan past
bo‗lmagan holda ushlab turiladi; bunda satrli yoyish chastotasi 40-50 kGts kattalikka
erishadi va videosignallarni yaxshi chastota polosasi ta‘minlanadi – bu displeyning
videoadapter bilan mos kelishiga sabab bo‗ladigan muhim kattalikdir (tasvirni
ravshanligi bo‗yicha).
Tasvirning turg‗unligiga erishish uchun kadrli yoyish chastotasi kattaligining
o‗zi ham videoadapter bilan moslashtirilishi lozim. Bu jihatdan barcha monitorlarni 3
guruhga bo‗lish mumkin:
• qayd qilingan chastotali monitorlar, ular faqat bir tasvirlash rejimini tutib
turadi;
• bir nechta qayd qilingan chastotali monitorlar, ular bir nechta qayd qilingan
tasvirlash rejimlarini tutib turadi;
• multichastotali monitorlar, ular videoadapterga avtomatik ravishda sozlanadi
va ko‗p sonli videorejimlarni tutib turadi (masalan, mos ravishda 50-120 Gts va 30-
60 kGts kadrli va satrli yoyish chastotali multichastotali monitorlar).
Displeylar odatda ikki rejimda: matnli va grafikli rejimlarda ishlashi mumkin.
Matnli rejimda monitor ekranidagi tasvir tovush generatori bilan shakllantirilib
kengaytiriladigan ASCII to‗plamining belgilaridan tashkil topgan (psevdografika
belgilarini ishlatilgan holda foydalanib tuzilgan oddiy rasmlar, gistogrammalar,
ramkalar bo‗lishi mumkin).
Grafikli rejimda ekranga alohida mozaik (naqshinkor) elementlardan –
piksellardan (pixel-picture element) shakllantirilgan murakkab sxemalar va chizmalar
va harflarning turli xil shriftli va o‗lchamli yozuvlari, videotasvirlar chiqariladi.
Monitorlarning yuqori o‗tkazish qobiliyati eng avvalo grafikli rejimda kerak va
piksel o‗lchami bilan bog‗likdir.
25
O‗tkazish qobiliyati monitor ekranida gorizontal va vertikal bo‗yicha
joylashtiriladigan piksellarning maksimal soni bilan o‗lchanadi. O‗tkazish qobiliyati
monitor tavsiflariga ham va hattoki yuqori darajada, videoadapter tavsiflariga ham
bog‗liq bo‗ladi.
Videoadapter tavsiflaridan o‗tkazish qobiliyatiga va monitor ekranidagi tasvir
sifatiga uning videoxotirasi sig‗imi ko‗proq ta‘sir etadi.
O‗tkazish qobiliyatini va ekrandagi tasvirning tiniqligini aniqlaydigan
monitorning o‗zining muhim tavsifi monitor ekrani lyuminofora donachasi (nuqtani –
dot pitch) o‗lchamidir: nuqta qanchalik kichik bo‗lsa, tabiiyki, tiniqlik shunchalik
yuqori bo‗ladi va ko‗zlar shunchalik kam charchaydi. Nuqta kattaligi zamonaviy
monitorlarda 0,23 dan 0,28 mm gacha bo‗ladi. qa‘tiy aytganda, nuqtaning diametri
emas, balki nuqtalarning markazlari orasidagi masofa ahamiyatga egadir.
Monoxromli monitorlar rangli monitorlarga qaraganda birmuncha arzonroq,
tiniqrok tasvirga va yuqori o‗tkazish qobiliyatiga ega, «kul rangni» o‗nlab tuslarini
aks ettirish imkoniyatini beradi, inson salomatligi uchun zararsizroqdir. Shuning
uchun ko‗plab malakali dasturchilar aynan ularni afzal ko‗radilar.
Rangli monitorlar sifatida quyidagilar ishlatiladi:
• kompozitli rangli monitorlar va televizorlar, ular rangni, grafikani ham
ta‘minlaydi, lekin ancha past o‗tkazish qobiliyatiga egadir;
• rangli RGB monitorlar grafikani ham, rangni ham yuqori o‗tkazish
qobiliyatiga ega bo‗lgan eng yuqori sifatlidir (RGB – qizil-yashil-havo rang, bu
rangli xabarlarning har biri uchun o‗zining simi ishlatiladi, kompozitlida esa – uchala
rang signali bitta sim bo‗ylab boradi);
• RGB-monitorlar rangli grafikli adapter bilan birgalikda ishlaydi.
Uch tipdagi displeylar: CD (Color Display), ECD (Enhanced CD) va PGC
(Profeccional Grafics System) keng qo‗llaniladigan IBM PK ning rangli monitorlari
standartini aniqlaydi, lekin hozirda ulardan faqat oxirgisi e‘tiborga loyiqdir.
Hozirgi vaqtda qo‗llanilayotgan nim-ranglarni yaxshi uzatadigan monitorlardan
eng katta o‗tkazish qobiliyatiga «paper white» tipidagi qora-oq tasvirli, monoxromli
kompozitli monitorlar ega (ko‗pincha stol nashriyot tizimlarida ishlatiladi); ularning
26
SVGA tipidagi videoadapter bilan birga ishlagandagi o‗tkazish qobiliyati 1600x 1200
pikseldan ortadi.
Suyuq kristalli indikatorlardagi monitorlar (LCD – Liquid Cristal Display) – bu
raqamli tekis monitorlardir. Bu monitorlar maxsus, me‘yoriy (normal) sharoitlarda
shaffof suyuqlikni ishlatadi, bu suyuqlik aniq, bir elektrostatik maydon
kuchlanganligida kristallanadi, bunda uning shaffofligi, qutblanish va yoruqlik
nurlarining sinish koeffitsiyentlari o‗zgaradi. Ana shu effektlar tasvirni shakllantirish
uchun ishlatiladi. Tuzilish jihatdan bunday displey ikkita elektr o‗tkazuvchan shisha
plastina ko‗rinishda bajarilgan bo‗lib, ularning orasiga ana shunday kristallanadigan
suyuqlikning juda yupqa qatlami joylashtiriladi. Bunday ekranlarni orqa yoki yon
tomondan yoritish uchun yoruklik manbai sifatida, odatda, sovuq katodli
flyuorestsent lampalar yoki elektrolyuminestsentli panellar ishlatiladi.
Suyuq kristalli indikatorlardagi monitorlar aktiv va passiv matritsali bo‗ladi.
Passiv matritsada ekranning har bir elementi (piksel) koordinatali boshqaruvchi
shaffof simlarning kesishgan joyida tanlanadi, aktiv matritsada esa ekranning xar bir
elementi uchun uzining boshqaruvchi tranzistori bor, shuning uchun ularni ba‘zida
TFT-ekranlar deb ataladi (TFT – Table Film Transistor, yupqa plyonkali tranzistor).
Aktiv matritsali displey murakkabroq va qimmatroqdir, lekin yaxshiroq sifatni
ta‘minlaydi: yuqori dinamiklik, o‗tkazish qobiliyati, tasvirlarni aniq-ravshanligi va
yorqinligi.
Monoxromli displeylar bilan bir qatorda so‗nggi vaqtlarda rangli displeylar
ham keng ishlatilmokda. Rangli displeylarda har bir piksel 3 ta alohida qism
pikseldan (R, G va V) tashkil topib, ularning xar biri mos ranglarning yupqa yorurlik
filtrlari bilan qoplangan. Uchta ranglardan har biri uchun yorqinlikning 64 ta
gradatsiyasi maksimal shakllantiriladi, bu oxir oqibatda 26200 ta rangli tuslarni aks
ettirish imkoniyatini beradi. Ranglarning o‗zlari etarlicha chuqur va yorqindir.
Suyuq kristalli indikatorlardagi monitorlarning asosiy afzalliklari:
O‗lchamlari va og‗irligi: monitor qalinligi suyuq kristalli indikatorlardagi
monitorlar ekrani va yoritish qurilmasi qalinligi bilan emas (u kichikdir), balki korpus
qalinligi bilan aniqlanadi, yana og‗irlikning katta qismi ham korpusga to‗g‗ri keladi.
27
Suyuq kristalli indikatorlardagi monitorlarning energiya iste‘mol qilishi
elektron nur trubkalardagi monitorlarga nisbatan sezilarli kamdir, masalan, elektron
nur trubkasidagi monitor o‗rtacha 150 Vt, suyuq kristalli indikatorlardagi monitor esa
30 Vt gacha iste‘mol qiladi.
Suyuq kristalli indikatorlardagi monitorda inson sog‗lig‗i uchun zararli bo‗lgan
elektromagnit nurlanishlarning hamma ko‗rinishlari deyarli yo‗qdir.
Uning jiddiy kamchiligi – hozircha yuqori narxdaligidir. Suyuq kristalli
indikatorlardagi monitorlar – displeylar yana tashqi ta‘sirlarni yoqtirmaydi, xususan,
barmoqlar bilan ekranga doimiy tegish rangli popuklarning paydo bo‗lishiga olib
keladi.
Bu klassdagi zamonaviy displeylarning ma‘lumotlarni tasvirlash sifati elektron
nur trubkasidagi monitorlarnikiga nisbatan ba‘zida yomon emas.
Dostları ilə paylaş: |