121
7- rasm. Oq orasida qora obyektlardan ko„ra qora fonda oq obyektlar yirikroq
ko„rinadi.
Masalan, logotipda yorug‗ligi bo‗yicha bir-biridan kuchli farqlanadigan
obyektlarni simmetrikligini aks ettirishda ushbu xossani hisobga olish zarur.
Tomoshabinga ishingiz sifatli chiqmaganligini ko‗rsatish
uchun balki qora
elementni kattalashtirishga to‗g‗ri keladi.
8-rasmda biz qora aylana radiusini 2% ga kattalashtirdik – bo‗lmasa logotip
o‗ylangandek chiqmas edi.
8-rasm. Ushbu ishda aylanalar bir xilko„rinishi uchun qora aylananing
diametri oq aylana diametriga nisbatan 25 ga kattaroq
Nazorat savollari
1.
O‗lcham deganda nimani tushunasiz.
2.
O‗lchamni tasavvur qilish obyektning nimasiga bog‗liq.
3.
Teksturani qo‗llash bizga nima beradi.`
4.
Tekstura rangi qanday tanlanadi.
5.
Dizayn deganda nimani tushunasiz?
6.
Qanday figuradagi nurlar obyektning chegarasi deb qabul qilinmaydi
122
9- bob. ADOBE PHOTOSHOP RASTR GRAFIKASI DASTURI
9.1. Adobe Photoshop rasm tahrirlagichini asosiy xususiyati
va ish jarayoni
Adobe Photoshop Adobe System kompaniyasida ishlab chiqilgan.
Photoshop
dasturi skanerlangan va raqamli tasvirlarga ishlov berish uchun mo‗ljallangan.
Tasvirlarga ishlov beruvchi dasturlar raqobati natijasida Adobe Photoshop dasturi
imkoniyatlari oshib bormoqda. Bu foydalanuvchilar uchun qulayliklar tug‗diradi.
Boshqa tasvirlarga beruvchi dasturlar kabi Adobe
Photoshop dasturi diskda
saqlanayotgan fotosuratlar va kartinkalarga o‗zgartirishlar kiritadi. Photoshop dasturi
yordamida fotosuratdagi dog‗larni yo‗qotishni, qo‗shimcha maxsus natijalar qo‗shish,
matn kiritish, eski rasmlarni qayta ishlash va tiklash, tasvirlar ranglarini almashtirish,
ranglar nisbatini o‗zgartirish, bir suratdagi elementni ikkinchi suratga olib o‗tish
mumkin. Adobe Photoshop imkoniyatlari keng qamrovli bo‗lib, gazeta va jurnallarni
xilma-xil rasmlar bilan boyitishga, afishalar yaratishda juda katta qulayliklar yaratadi.
Dasturda tasvirlar kvadratlar ketma-ketligi orqali tasvirlanadi. Bunday tasvirlar
rastrli grafika deyiladi. Bu kvadratlar piksellar deb ataladi. Piksellar soni qancha ko‗p
bo‗lsa, tasvir aniq ko‗rinadi. Bir piksel bitta bitga to‗g‗ri keladi (0 yoki 1, ha yoki
yo‗q).
Rastrli grafika
kamchiligi shundan iboratki, tasvirni masshtablashtirish
(kichiklashtirish, kattalashtirish) jarayoni natijasida piksellar o‗lchovi o‗zgarishi
bilan tasvir aniqligi yomonlashishi va tanib bo‗lmaydigan darajaga bo‗lishi
mumkin.Tasvir kattalashganda piksel kvadrat shakllari aniq ko‗rinadi.
Bunday
holatdan chiqish uchun tasvir piksellar sonini oshirish kerak bo‗ladi. Ammo piksellar
sonini oshirish fayl hajmini ortishiga olib keladi.
123
a b
a) tasvir yaqinlashtirilgandan keyingi holati;
b) tasvir uzoqlashtirilgandan keyingi holati.
Nashrlarda turli illyustratsiyalarni yaratishda, skaner, raqamli
fotoapparat yoki
videokamera (bunday qurilmalarning narxi qimmat) orqali olingan foto yoki rassom
tomonidan tayyorlangan tasvirlardan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: