114
hisoblanadi. Siz haftaning 5 kuni, 24 soat mobaynida oldi sotdi qilishingiz mumkin.
Valyuta almashish shahobchasini misol keltirish mumkin.
Ana shu jarayon dunyo
miqyosida qonuniy ravishda olib boriladi. Buning uchun sizga kompyuter va internet
bo‗lsa bas, hattoki $10 bo‗lsa ham siz bu ishni boshlashingiz mumkin.
Forexning afzallik jihatlari:
1. Barcha uchun ochiq, har qanday inson ma‘lum ro‗yhatni to‗ldirib
ishlashi
mumkin.
2.
Haftaning
5
kuni,
24
soat
mobaynida
bu
bozor
mavjud.
3. Likvidlilik – hohlagan vaqtingizda pulni qo‗yishingiz va echib olishingiz mumkin.
Buning uchun bir necha yo‗llar mavjud
4. Eng yutuq tarafi esa bu erda qancha pul ishlashingiz belgilanmagan. Tarixda
bo‗lgan voqealardan biri Jorj Soros bir necha oy ichida Angliya bankini bonkrot
qiladigan darajada katta pul ishlagan.
Nazorat savollari
1. Fraktal grafika deganda nimani tushunasiz?
2. Vektorli grafikani tushuntiring.
3. Geometrik fraktaldan qachon foydalaniladi.
4. Algebraik fraktal nima?
5. Tasodifiy fractal nimaligini tushuntiring?
6. Forex bu nima ?
7.Fraktal grafikasida tasvir nima asosida quriladi.
8. Fraktal geometriya nimalarni o‗rganadi.
9. Forexning afzallik jihatlarini aytib bering.
115
8- bob. GRAFIK DIZAYNGA KIRISh
8.1. Grafik dizayni asoslari
Ushbu bobda dizayn to‗g‗risida gaplashamiz. Chizish yoki kompozitsiya tuzish
malakasi to‗g‗risida emas – buning uchun esa talant va afzal ko‗rish etarlidir. Bundan
tashqari biz hech bir grafik paketni ishlash spetsifikasiga qarab o‗tmaymiz,
shunga
qaramasdan ko‗pgina foydalanuvchilar Photoshop yoki Corel Drawni ozgina
o‗rganib, o‗zlarini dizaynerlar deb atay boshlaydilar. Dizayn to‗g‗risida
fan sifati
haqida gaplashamiz. Shu bilan birga aniq shakllangan qoida va aksiomalarga,
avlodlarning almashishlari va birliklarning ochilishlari to‗g‗risidagi fan sifatida.
Siz faqat ushbu bobni o‗rganib dizayner bo‗la olmaysiz.
Ammo biz
ishonamizki, siz asosiy bo‗lgan narsalarni tushunib olasiz: agar biror narsa yaxshi
qilingan bo‗lsa, u obyektiv sabablar bilan yaxshi qilingan
va ushbu ishni yaratuvchi
unga o‗z talanti yoki nazariy bilimlari orqali erishgani esa boshqa masaladir.
Biz o‗quvchining badiiy talantga ega bo‗lmasdan ham dizayner bo‗lishi
mumkinligini tushunishini xohlaymiz. Buning uchun esa insonning ―nima yaxshi-yu,
nima yomon‖ ligini aniqlovchi qoidalarni aniq tushunishi kerak.
Biz o‗lcham, shakl, tekstura rangi, joylashuv
va shrift kabi tushunchalar
to‗g‗risida gapiramiz. Shuningdek kompozitsiya masalalarini ham ko‗rib o‗tamiz.
Tanlov nimaga asoslanganligi va tanlovni rad etish xususiyatlarini shakllantirishga
harakat qilamiz. Siz omadli variantlarning butun variantlarda
sanoqli ekanligini
tushunib olasiz. Biz boshlovchi dizaynerlar yo‗l qo‗yadigan asosiy xatolar va
anglashmovchiliklarni oldini olishga harakat qilamiz.
Bularning barchasi dizaynga bo‗lgan sodda qarashlardir.
Dizayn sizga qiziq
tuyilayotgan bo‗lsa, ushbu kitobdan ham yaxshiroq bo‗lgan adabiyotlarni tavsiya
qilamiz. Ular dizaynning eng asosiy masalasi bo‗lgan – ―qanday qilib chiroyli qilish
mumkin‖ savoliga javob beradi.
Dostları ilə paylaş: