112
Dasturiy ta‘minotning bir necha turi mavjud.
1. Foreks grafiklaridan foydalanuvchi dasturiy ta‘minot. Shu savdo platformasi
bilan treyder haqiqiy hisob-varaqlarida haqiqiy pullar bilan savdo qilish imkoniyatiga
ega. Mazkur dasturiy ta‘minot kotirovka xossasiga ega bo‗lib, u tegishli savdo uchun
narxning joriy ko‗rsatkichlarini aniqlash uchun qo‗llaniladi. Mazkur dasturiy
ta‘minotdan foydalanish treyderga savdoning borishini kuzatishga imkon beradi.
2. Avtomatik dasturiy ta‘minot. Dasturiy ta‘minotning
mazkur turi treyder
o‗rniga savdoni tashkil etish uchun mo‗ljallangan. Mazkur dasturiy ta‘minotning
ishlash prinsipi shundan iboratki, bunda savdo qilishning butun jarayoni avtomatik
rejimda faqat treyderning bir oz aralashuvida amalga oshiriladi.
3. Dasturiy ta‘minot – savdo signallari tizimi. Savdo signallari tizimlari odatda
brokerlik kompaniyalariga aloqasi bo‗lmagan odamlar tomonidan tuziladi. Mazkur
dasturiy ta‘minot savdoni olib borishning mezonlariga
va talablariga maksimal
darajada javob beruvchi Foreks indikatorlarini treyder mustaqil tanlab olishini
nazarda tutadi.Savdo signallari treyderning bozorda trend vaziyatini ancha aniqroq
tasavvur qilishi va bozorga qachon kirish va qachon chiqish kerakligini bilishi uchun
foydalaniladi. Treyder uchun juda ham muhim u yoki bu dasturiy ta‘minot ega
bo‗lgan asosiy xususiyatlarni aniqlash hisoblanadi. Shuningdek dasturiy ta‘minotga
ega bo‗lishi kerak bo‗lgan eng muhim jihatlardan biri hujumlardan himoyalanish
hisoblanadi. Dasturiy ta‘minot dasturiy qo‗llab-quvvatlashga ega bo‗lishi va ma‘lum
vaqt o‗tgandan so‗ng yangilanib turishi kerak.
Bundan tashqari, dasturiy ta‘minot
ma‘lumotlaridan nusxa olish, nusxalarni yaratish va saqlash funksiyasiga ega bo‗lishi
juda muhimdir. To‗g‗ri tanlab olingan dasturiy ta‘minot treyderga o‗z savdo vaqtini
to‗g‗ri rejalashtirishga va Foreks valyuta bozorida savdo qilishdan maksimum foyda
olishga imkon beradi. Dasturiy ta‘minotdan foydalanish treyderning Foreks
bozoridagi ishini ancha engillashtiradi. Ammo u yoki bu dasturiy ta‘minotni
aniqlashtirib olish uchun avval uni testdan o‗tkazish lozim,
faqat shundan keyingina
undan xalqaro Foreks valyuta bozoridagi doimiy savdoda foydalanish mumkin.
Barcha bozorlar shu bilan tavsiflanadiki, bunda vaqtning katta qismi
mobaynida ularda narxlar kuchli darajada o‗zgarmaydi va faqat uncha katta
113
bo‗lmagan vaqt mobaynida (15-30 foiz) trend o‗zgarishlari kuzatiladi.
Bozorlarda
narxlar ma‘lum bir trendga muvofiq o‗zgaradigan davrlar foyda olish uchun eng
qulaydir.
Fraktallar (Fractals) — tub yoki cho‗qqini aniqlashga imkon beruvchi, Bill
Vilyamsning beshta savdo indikatorlaridan biri. Yuqoriga fraktalini texnik aniqlash -
bu minimum beshta ketma-ket barlardan iborat seriya bo‗lib, unda eng yuqori
maksimumdan oldin va uning ketida ancha pastroq
maksimumga ega barlar
joylashadi. Qarama-qarshi konfiguratsiya (beshta bardan iborat seriya bo‗lib, unda
eng past minimum oldida va uning ketida yanada yuqoriroq minimumli ikkitadan bar
joylashgan) pastga tomon fraktalga mos keladi. Grafikda fraktallar High va Low
qiymatlariga ega va yuqori yoki pastga qaragan strelkalar bilan belgilangan.
Fractals texnik indikatori signallarini Alligator texnik indikatori yordamida
filtrlash zarur. Boshqacha aytganda, agar fraktal Alligator
Tishlaridan pastda
joylashgan bo‗lsa, u holda xarid qilishga bitim tuzmaslik lozim, va agar fraktal
Alligator Tishlaridan yuqorida joylashgan bo‗lsa, u holda sotishga bitim tuzmaslik
lozim. Fraktal signali shakllangandan so‗ng va uning jag‗idan
tashqarisidagi
pozitsiyasi bilan belgilanadigan kuchga ega bo‗lgandan so‗ng u yo‗q qilinmaguncha
yoki Fraktalning yanada yangiroq signali vujudga kelmaguncha signal bo‗lib
qolaveradi.
Dostları ilə paylaş: