107
hollarda qiyinchilik tug‗diradi. Ma‘lum bir qalinlikdan so‗ng piksellar tutashib
ketadilar. Bundan tashqari, diskret rastrda, ayniqsa o‗lchami uncha katta bo‗lmagan
yacheykalar uchun qalinlikni (chastotani) tekis (planoviy) o‗zgarishini ta‘minlab
bo‗lmaydi. ChM – dizering usuli bilan barpo etilgan tasvirlar uchun rastrli struktura
kamroq seziladi.
Ammo bir xil yacheykalarning ma‘lum tartibda joylashuvida hamisha tekstura,
tovlanuvchan sirt (muar), oshiqcha konturlar paydo bo‗ladi. Muhim masalalardan biri
– rastr strukturasini eng kam miqdorda sezilishini (aksincha gravyura stilida bunday
strukturani yaqqol namoyon etish kerak bo‗lgan holatlardan tashqari) ta‘minlovchi
variantlarni ishlab chiqishdir. Bu anchagina murakkab masala.
Etarlicha sifatli tasvirlar hosil qilishning usullaridan biri – bu sochiluvchan
(diffuz) dizeringdir (diffused dithering). Uning mohiyati shundaki, yacheykalar
tasodifiy (yoki psevdotasodifiy) ravishda hosil qilinadi. Agar har bir gradatsiya uchun
tasodifiy yacheykalar hosil qilsak, unda hatto rastrlarning doimiy rangli piksellari
uchun ham tartiblashgan struktura hosil bo‗lmaydi. Bu notekis (matoviy) sirtdan
nurning sochilib qaytishiga mos keladi.
Dostları ilə paylaş: