O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/93
tarix20.11.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#165659
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   93
Kompyuter grafikasi va dizayn

 


116 
8.2. Razmer (o„lcham) 
O‗lchamning nima ekanligi ko‗pchilik uchun u yoki bu darajada yaxshi 
tushunarlidir. Maktab yillarida geometriya fani uning aniq ta‘rifini berib o‗tgan. 
Biroq, inson tasavvuri uchun o‗lcham aniq matematik ifodalangan tushuncha 
hisoblanmaydi. Agar biz, masalan, evkaliptning balandligi taxminan 100 metrga 
yaqinligini bilsak, bu bizga ko‗p narsa bermaydi. 
Agar bu 3-qavatli uy balandligiga teng desak, unda ushbu qanday daraxt 
ekanligini tasavvur qilish mumkin. 
Shunday qilib, o‗lcham – bu nisbiyt ushunchadir. Biz uni 20 sm, 3 m, 5 m dek 
emas, balki ―miniatyura‖, ―o‗rtacha‖, ―katta‖, ―ulkan‖, ―juda katta‖ dek qabul 
qilamiz. Bularning barchasi inson his qiladigan sezgilarga asoslanadi, inson sezgilari 
esa etarlicha egiluvchandir. Biz broshyuradagi miniatyuralarni ko‗rganimizda katta 
rasmni ko‗rganimizdan ko‗ra, bizning katta va kichik to‗g‗risidagi tushunchalarimiz 
turlichadir. 
Biror ish tarkibida aniq obyekt o‗lchamini tanlashda butunlay kompozitsiya 
qandaydir g‗oyani o‗zida mujassamlashtirgani to‗g‗risida o‗ylash kerak (umuman, 
zamonaviy dizaynning asosiy masalasi – axborot yoki xissiyotlarini maksimal 
samarali ravishda iste‘molchiga yetkazib berishdir). Shunin guchun ham, aytaylik 
uyali telefon reklamasida uyali telefonni o‗zini ajratish lozim. 
Izoh 
Kompozitsiyadagi biror-bir obyektga e‘tiborni jalb qilishda, uning boshqalarga 
nisbatan o‗lchamini katta qilish mumkin va teskarisi: tomoshabinning diqqatini yirik 
detallar orasida uncha katta bo‗lmagan detalga tortish. 
Bu holatda u asosiy axborot sifatida qabul qilinadi, qolganlari esa – fon 
sifatida. Ushbu samara 1 – rasmda ko‗rsatilgan, bu yerda biz tomoshabinni e‘tiborini 
raqamlardan biriga qaratamiz. 


117 
1- rasm. Kompozitsiyada obyektni nafaqat yirik o„lchamda, balki teskari holda 
ham ajratish mumkin 
Shuning uchun ham, bitta kompozitsiyada ―yaxshi ishlaydigan‖ obyekt, 
o‗lchamlarini oldin yaxshilab to‗g‗rilamasdan boshqasiga o‗tkazish mumkin emas. 
Shuning uchun ushbu ishni bajarishda nafaqat ko‗zga (professionallar ko‗rish orqali 
olinadigan axborotni qanchalik yolg‗onchi ekanligini biladilar), balki o‗lchamga 
shaklning, tekstura va rang to‗g‗risidagi o‗z bilimlariga ishonishi kerak. 

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin