Ma’ruza. Yarimstatik ma’lumotlar tuzilamasi. Navbat, stek va dek. Reja



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix19.12.2022
ölçüsü0,91 Mb.
#76345
  1   2   3   4   5
13 14Yarimstatik ma’lumotlar tuzilamasi Navbat, stek va dek

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • include


13-14-ma’ruza.
Yarimstatik ma’lumotlar tuzilamasi. Navbat, stek va dek. 
Reja. 
1. Yarimstatik ma’lumotlar tuzilmalari. 
2. Stek tuzilmasi va uni dasturda amalga oshirish, ustida amal bajarish
3. Navbat tuzilmasi va dasturda ifodalanishi, ustida amal bajarilishi 
4. Deklar. Ustida amal bajarish 
Kalit so’zlar: navbat, stek, dek, yarimstatik tuzilmalar. 
 
Yarimstatik ma’lumotlar tuzilmalari 
Yarimstatik ma’lumotlar tuzilmalari deb nomlangan shunaqa tuzilmalar 
borki, ular ba’zi bir xususiyatlari bilan statik tuzilmalarga, ba’zi bir xususiyatlari 
bilan dinamik tuzilmalarga o’xshagan bo’ladi. Ya’ni dastur bajarilishi mobaynida 
tuzilma uzunligining o’zgaruvchanligi dinamiklik xususiyati bo’lsa, elementlari 
xotirada ketma-ket joylashishi statik tuzilmalarga o’xshash bo’ladi. Yarimstatik 
ma’lumotlar tuzilmasi bir xil toifadagi elementlar ketma-ketligi hisoblanadi va 
unga 
- Steklar 
- Navbatlar 
- Deklar 
kiradi. Deyarli barcha zamonaviy dasturlash tillarida yuqorida keltirilgan 
tuzilmalat bilan ishlash uchun kutubxonalar mavjud. Va ular konteyner 
ko’rinishida realizatsiya qilingan. Shuni aytib o’tish kerakki, bu yarimstatik 
tuzilmalarni dasturda statik tuzilma ko’rinishida xam va dinamik tuzilma 
ko’rinishida xam ifodalash mumkin, faqat yarimstatiklik shartlarini buzmagan 
holda, ya’ni bu tuzilmalarning barchasida ixtiyoriy elementlarga tashqaridan 
murojaat qilib bo’lmaydi.
Steklar 
Stek - chiziqli ma’lumotlar tuzilmasi bo’lib, ma’lumotlarni kiritish va 
chiqarish uning bir tomonidan amalga oshiriladi. Bunday stek kafeteriyadagi
tarelkalar to’plamini eslatadi. Yangi elementlar stekning uchiga qo’yiladi va 
yuqori qismidan olinadi. Oxirgi qo’yilgan element stek uchidan birinchi bo’lib 
olinadi. Shu sababli, stek LIFO (last in first out) tuzilishidagi ma’lumotlar 
tuzilmasi bo’ladi, ya’ni, “oxirgi kelgan birinchi ketadi” prinsipi bo’yicha 
ishlaydi.
Stek o’lchami cheklangan bo’lsa, elementni stekka qo’yilishi stekda 
kamida bitta elementga joy bo’lgan holdagina amalga oshiriladi. Shuning uchun 
stek ustida amal bajarishdan oldin stek holatini tekshirish lozim bo’ladi,ya’ni 
- Stekka element kiritilishidan oldin joy borligini tekshirish; 
- Stekdan elementni o’chirishdan oldin element borligini tekshirish. 
Steklar bilan ishlash uchun C++ tilida tayyor kutubxona mavjud bo’lib, unga 
dastur boshida #include deb murojaat qilish kerak. Dasturda stek e’lon 
qilish uchun quyidagicha yozish kerak. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin