O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 “Statistica” tizimining grafik imkoniyatlari



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/93
tarix20.11.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#165659
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   93
Kompyuter grafikasi va dizayn

12.2. “Statistica” tizimining grafik imkoniyatlari 
Statistika
(lot. Ctatus- boylik, davlat)-1) turli hodisalar va jarayonlarni 
miqdoriy hisoblash, ma‘lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish yo‗li bilan ijtimoiy 
hayotning umumiy qonuniyatlarini o‗rganadigan ijtimoiy fanlar tarmog‗i.
Statistik kuzatish natijasida hosil qilingan ma‘lumotlar idrok etish 
nuqtayinazaridan statistik ma‘lumotlarni taqdim etishda grafiklar eng maqbul 
shakllardansanaladi. 
Agar 
gap 
ma‘lumotlarning o‗ziga xos tomonlarini 
alohidata‘kidlash, ularni bir-birlari bilan taqqoslash haqida borsa, ko‗pincha sta-tistik 
jadvallar grafiklar bilan yanada boyitiladi. Shu bois, grafiklar orqalihodisalar 
o‗rtasidagi o‗zaro bog‗lanishlar, ularning dinamikasi, tuzilmaviytavsifi ko‗rgazmali 
tarzda aks ettiriladi. 


163 
Statistik grafiklar raqam ko‗rsatkichlar (miqdorlar) va ularning nisbat-
larinigeometrik shakllar, chiziqlar, rasmlar, geografik xarita, sxemalar vosi-tasi 
yordamidashartli tasvirlashdir. Grafik usul statistik ma‘lumotlarni tushu-narli, jonli 
hamdako‗zga tashlanuvchanligini ta‘minlaydi. Grafiklarda ko‗rsatkichlarning 
o‗zgarish chegaralari, ularning tebranuvchanligi yaqqolko‗rinadi. Shu bilan bir 
vaqtda jadvallarga nisbatan grafiklarni ba‘zi bir chek-lanishlari ham mavjud. Agarda 
statistik jadvallarda ma‘lumotlarni sig‗ishigaqarab xohlagancha joylashtirish mumkin 
bo‗lsa, grafiklarda bu imkoniyat cheklangan. Yana bir salbiy tomoni - grafiklarning 
ko‗p mehnat talabchan-ligidir. Ammo bu xususiyat kompyuter grafikasi uchun 
tayyorlangan amaliydasturlar paketidan oqilona foydalanish orqali barham topadi. 
Tuzilish tartibiga ko‗ra grafiklar diagrammalarga, kartogrammalarga va 
kartodiagrammalarga bo‗linadi. Grafik tasvirlarning eng ko‗p tarqalgan turlaridan 
bo‗lib diagrammalar hisoblanadi. Ular turli ko‗rinishga - chiziqli, radial 
(radiusbo‗ylab), 
nuqtali, 
yassi, 
hajmli, 
shaklli 
va 
hokazolarga 
egadir. 
Diagrammalarning qaysi turi-dan foydalanish bu asosan berilgan ma‘lumotlarning 
xususiyati va qo‗yilgan maqsadga bevosita bog‗liq. Har qanday holatlarda ham 
grafiklar ustki yoki pastki maydonida berilgan sarlavha bilan boshlanadi. Uning 
sarlavhasida qaysi ko‗rsatkich, qanday o‗lchov birligida, qaysi hududga va qaysi vaqt 
uchun berilgani ko‗rsatiladi. Jumladan, chiziqli diagrammalar (grafiklar) miqdoriy 
o‗zgaruvchanliklarni, ulardagi ishoralarning variatsiyasi, ya‘ni tebranuvchanligiga 
tavsif berish, ularning dinamikasi, o‗rtasidagi o‗zaro bog‗lanishlarni ko‗rsatib 


164 
berishda foydalaniladi. Chiziqli grafiklar keltirilgan ma‘lumotlarni bir o‗lchamli 
o‗zgaruvchanlik va ikki o‗lchamli o‗zgaruvchanlikka taqsimlashda qo‗llanilgani 
ma‘qul. 

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin