11.6. Shakllar geometriyasini o„zgarishi asosida yaratilgan animatsiya Shu turdagi animatsiyani yaratish uchun biz boshqaruv kadrlar o‗zgarishi
(motion tweening) asosida yaratilgan animatsiya hosil qilamiz. Faqat oxirida
ikkinchi qatlamdagi belgini butunlay o‗chirib uning o‗rniga kvadrat chizamiz. Shu
harakatimizdan keyin kadrlar rangi normal rangga qaytadi. Keyin birinchi va ikkinchi
boshqaruv kadrlardagi grafik tasvir belgisini Ctrl+B yoki «Izmenit‘» menyusidagi
«Razdelit‘» otdel‘no (Breack appartack) buyrug‗i yordamida alohida shakllarga
bo‗lib chiqamiz.
Shundan so‗ng birinchi boshqaruv sichqoncha chap tugmasi bilan tanlab
«Svoystva» (Proprties) yoki Ctrl+F3 yoki Okno menyusining shu nomli buyrug‗ini
tanlamiz. Natijada, muloqot oynasi hosil qilinadi va unda Tweening sohasida
Motions o‗rniga Shape holatini tanlaymiz. Shuning natijasida boshqaruv kadr rangi
yashil rangga o‗zgaradi. Endi ikkinchi boshqaruv kadrni ham sichqoncha bilan tanlab
animatsiya turini Motions dan Shape ga o‗zgartiramiz va oxirida klaviaturadagi Enter
tugmasini bosamiz va biz yaratgan animatsiyani ko‗rishimiz mumkin.
159
Ikkala animatsiyalarda ham ikkita boshqarish kadrlar o‗rtasidagi masofa
kadrlarni kompyuter o‗zi avtomatik yaratgan va animatsiya to‗g‗ri chiziq bo‗yicha
harakatlanayapti. Ammo agar bizga harakat traektoriya bo‗yicha bajarilishi kerak
bo‗lsa, u holda nima qilish kerakq Bunday animatsiyalarni hosil qilish uchun bizning
qatlamimiz ustida maxsus
harakat trayektoriya qatlamini yaratish kerak bo‗ladi.
Va shu qatlamda
qalam bilan qiyshiq traektoriya chizig‗ini chizamiz. Natijani
ko‗rish uchun klaviaturadagi Enter tugmasini bosamiz.
Shu bilan birga avtomatik animatsiyalarda foydalanish mumkin bo‗lgan yana
bir natija mavjud - bu maska qatlami. Maska qatlami uchun asosiy qatlam ustida
yangi bo‗sh qatlam yaratamiz. Shu qatlamni sichqonchaning chap tugmasi bilan bosib
Maska - Mask buyrug‗ini tanlaymiz. Natijada, qatlam ko‗k rangga o‗zgaradi va
ikkala qatlamlar
o‗zgarishlardan himoyalanadi. Maska qatlamdan shu himoyani
o‗chirib, boshqaruv kadrda bir nechta to‗rtburchaklar chizamiz. Keyin yana maska
qatlamning himoyasini yoqib klaviaturadagi Enter tugmasini bosamiz va natijani
ko‗ramiz.
160
Maska
qatlamdagi
boshqaruv
kadrni
motion
tweening
yordamida
animatsiyalashtirilsa harakatlanish natijai yanada chiroyli bo‗ladi.