169
XULOSA
Aytish
mumkinki, qo‗llanish sohasiga ko‗ra kompyuter grafikasi quyidagi
turlarga bo‗linadi: tijoratga oid; namoyishlarga oid; muhandislikka oid; ilmiy,
ko‗rgazmaviy, animatsion.
Kompyuter grafikasi tasvirlarni shakllantirish usullariga bog‗liq holda 3
turga
bo‗linadi: Rastrli grafika. Vektorli grafika. Fraktal grafika. Ular bir-birlaridan tasvir
ko‗rinishdagi axborotlarni hosil qilish va qayta ishlash texnologiyalari bilan farq
qiladi.
Zamonaviy kompyuter grafikasini hisoblanadigan grafika deyiladi. Uning
asosini vektor grafikasi tashkil etadi. Vektor grafikasi asosida esa geometrik
figuralarning
xossalari
to‗g‗risidagi
matematik
tasavvurlar
yotadi.
Ta‘kidlaganimizdek, vektor grafikasining eng oddiy obyekti bo‗lib
chiziq
hisoblanadi. Shu sababli, vektor grafikasi asosida to‗g‗ri chiziqni matematik ifodalash
fikri yotadi. Adobe Photoshop Windows muhitida ishlovchi kompyuterlar uchun
mo‗ljallangan elektron ko‗rinishdagi fototasvirlarni tahrir qiluvchi dasturdir. Adobe
Photoshop dasturi Adobe System, Inc kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan
bo‗lib, ishlatishdagi alohida qulayliklari bilan mashhur.
Adobe Photoshop dasturi yordamida fotosuratlarga qo‗shimchalar
kiritish,
fotosuratdagi dog‗larni o‗chirish va eski rasmlarni qayta ishlash va tiklash, rasmlarga
matn kiritish, qo‗shimcha maxsus natijalar bilan boyitish, bir fotosuratdagi
elementlarni o‗zgartirish, almashtirish mumkin. Adobe Photoshop imkoniyatlari keng
qamrovli bo‗lib, u gazeta va jurnallarni turli-tuman rasmlar bilan boyitishda katta
qulayliklar yaratadi.
Adobe
Photoshop
ayniqsa,
jurnalistlarning,
rassomlarning
ijodiy
imkoniyatlarini to‗la amalga oshirishlarida yordam beradi.
Jurnalistika va bevosita
matbuot yoki nashriyot sohasiga aloqador bo‗lgan shaxslarning mazkur dastur bilan
ishlashni bilishi ular uchun qo‗shimcha imkoniyatlarni yaratib beradi.
Vektorli grafikaning Windows operatsion sistemasida ishlaydigan dasturiy
vositalaridan biri Corel DRAW bo‗lib, u yangi grafiklar yaratish va tahrir qilish
uchun mo‗ljallangan. Vektorli grafika bilan ishlovchi dasturiy vositalar birinchi
170
navbatda tasvirlarni
yaratishda ishlatilib, ular reklama agentliklarida, dizaynerlik
byurolarida va nashriyotlarda qo‗llaniladi.
Corel DRAW yordamida turli grafik ko‗rinishlarni loyihalash, fotomatn
tasvirlar
ustida ishlash, ayniqsa, badiiy ko‗rinishdagi kompozitsiyalarni tahrir qilish
bilan bog‗liq amallarni bajarish qulay.
Corel DRAW boshqa grafik muharrirlariga nisbatan matnlar bilan yaxshi
ishlash imkoniyatiga ega. Masalan, nashriyot sistemalarida yumoristik yoki
boshqacha kitoblarni har xil va turli o‗lchamdagi harflar bilan yozish mumkin. Corel
DRAW yordamida har qanday fotosuratni chiroyli portretga aylantirish mumkin.
O‗z-o‗zidan ravshanki, bu kabi professional va murakkab
grafik muharrirlarda biz
turli rasmlarni chizishimiz mumkin. Fayllarni import va eksport qilish Corel DRAW
dasturining eng yaxshi qulayliklardan biri hisoblanadi.
Macromedia Flash dasturi ham Power Point dasturi kabi Windows operatsion
sistemasida animatsiya va taqdimot fayllarni yaratish uchun mo‗ljallangan. Ammo
Macromedia Flash kichik animatsiya fayllari (kliplar), Web - saxifalar, elektron
qo‗llanmalar va shu kabi boshqa axborot tizimlarining
animatsion elementlarini
yaratishga xizmat qiluvchi dasturiy vositalaridan biri bo‗lib, u Power Point dasturiga
nisbatan murakkab amallarni bajarish imkoniyatiga ega. Mazkur dasturda animatsiya
fayllari to‗liq foydalanuvchi tomonidan yaratiladi va animatsiyalashtiriladi. Shu bilan
birgalikda bu dasturda aktiv elementlar bilan ishlash hamda dasturlash imkoniyatlari
mavjud. Macromedia Flash dasturda yaratilgan fayllar o‗zining original, ishlash
soddaligi,
yaratilish murakkabligi, tezkorligi, mul‘timediya jihozlanganligi va hajm
bo‗yicha kichikligi bilan ko‗zga tashlanadi.
Dostları ilə paylaş: