часть
2
«
Научный
импульс
»
Мая
, 2023
721
narkobiznes va uyushgan jinoyatchilikka ko‘maklashadigan, shuningdek boshqa g’arazli
maqsadlarni ko‘zlovchi diniy tashkilotlar, oqimlar, boshqalarning faoliyati man etiladi.
Hayotiylik - bugungi kunda ommaviy axborot vositala¬rining faoliyatiga qo‘yilayotgan
asosiy talab. Berilayotgan axborotlarning asosan yutuqlarni ko‘rsatish, maqtovlardan iborat
bo‘lishi targ‘ibotga qanchalik foydali yoki zararli ekanini chamalab ko‘rish lozim. Hayot bor
ekan, muammolar,
kamchiliklar, nuqsonlar bulaverishi tabiiy Bu - isbot talab qilmaydigan
aksioma. Shunday ekan, muammolarning mav¬judligiga
fojeia sifatida emas, odatdagi
narsa deb qarash¬ga o‘rganish kerak. Ularning borligini ko‘rib, uzini ko‘rma¬ganlikka olish
bilan faqat zarar keltirishi mumkin. De¬mak muammolarni o‘z vaqtida tan olish, ularni hal
qilish¬ga kirishish lozim.Aytish kerakki, targ‘ibotning negizida faqatgina g‘oyaga ishonch
emas, g‘oyani targ‘ib qilayotgan insonga ishonch ham yotadi.
Shu bois, maqtash
targ‘ibotning yagona va hatto eng to‘g‘ri usuli ham emas. Demak mafkurani hayotni faqat
maqtash, uni benuqson tasvirlash orqali targ‘ib qilish mumkin emas. G‘arbda ommaviy
axborot vositalariga qo‘pol bulsa ham jamiyat manfaatlarini "qo‘riqlovchi kuppak", deb
nisbat beradilar. Etuk demokratik davlatlarda ular jamiyatning "ko‘zlari", "quloqlari"
vazifasini bajaradilar. Ogohlan¬tiruvchi tizim sifatida ular jamiyatdagi illatlardan xa¬bar
beruvchi, muammolarni
dadil kutarib chiqib, ularning turli echimlarini taklif qiluvchi
qudratli kuchga aylangan. Ommaviy axborot vositalari faoliyatining plyuralizm tamoyili
asosiga qurilishi demokratiyaning taraqyotiga xizmat qiladi. Buning uchun qapama¬ qarshi
nuqtai nazarlardan iborat Bo‘lgan
dasturlarni yara-tish, muqobil fikrlar to‘qnashuviga
erishish lozim. Shunda¬gina ommaviy axborot vositalari jamoatchilik fikrini
shak¬llantirish va rag‘batlantirishga qodir bo‘ladi. Biz demokratiyani qanday
tushunsak, ommaviy axborot vo¬sitalariga ham shunday vazifalarni yuklaymiz. Biz
demok¬ratiyani mustaqillik erkinlik va mas’uliyat deb tushunar ekanmiz, ommaviy axborot
vositalaridan
ham mustaqillik, erkinlik va mas’uliyatni kutamiz. Demak, jurnalistlar bu
tushunchalarini anglashi va ularga ehtiyoj sezishi, ularni qadrlashi, ulardan foydalana bilishi
va ular uchun kurashishi lozim.
Ommaviy axborot vositalari, Internet tarmog’i, jumladan, ijtimoiy tarmoqlar va mobil
messenjerlarda e’lon qilinayotgan aholining keng qatlamlari fikriga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi
ma’lumotlarning doimiy monitoringini amalga oshirsin hamda tegishli davlat organlari va
tashkilotlari axborot xizmatlari munosabat bildirishi uchun ularga yuborilishi.
Hayotimizdagi bugungi ulkan oʻzgarishlar, islohotlarimiz mantigʻi
barchadan yangicha
ishlashni, yangi gʻoya va tashabbuslar bilan maydonga chiqishni talab etmoqda. Shu
maʼnoda, ommaviy axborot vositalarining moddiy-texnik bazasini, kadrlar salohiyatni
mustahkamlash, milliy matbuotimiz xalqaro maydonda munosib oʻrin egallashiga erishish,
internet jurnalistikasini
rivojlantirish, noshirlik ishi, kitob savdosi, ochiqlik va sogʻlom
raqobat muhitida ishlashni yoʻlga qoʻyish boʻyicha koʻp ishlashimiz
va izlanishdan aslo
charchamasligimiz kerak.