ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
http://www.newjournal.org/
Выпуск журнала № – 19
Часть–4_ Апрель–2023
56
2181-3187
SHUKUR XOLMIRZAYEV IJODINING BADIIYATI
Azimov Abdulla Aliyarovich
Termiz Davlat Universiteti Tarix fakulteti
Mamlakatlar va mintaqalararo yoʻnalishi 201-guruh talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada oʻzbek adabiyotida oʻzining
yorqin va serqirra
ijodi bilan ahamiyatga ega boʻlgan yozuvchi Shukur Xolmirzayev biografiyasi, uning
asarlaridagi badiiyat, joʻshqinlik, milliy qadriyatlarga eʼtibor yoritilgan.
XX asrning 60-yillaridan o`zbek adabiyoti ravnaqiga katta hissa qo`shgan va
XXI asrda ham barakali ijod etib kelayotgan yozuvchilar avlodi ichida Shukur
Xolmirzayev alohida ajralib turadi
Shukur Xolmirzayev 1940-yilning 24-martida
Surxondaryoning Boysunida
tug`ilgan. Ijodi maktabda o`qib yurgan paytlarida boshlangan. Ilk hikoyalari tuman
gazetasida bosilgan. Adib Toshkent davlat universitetini bitirgach «Yosh
gvardiya»nashriyotida
muharrir, «Guliston», «Sharq yulduzi» jurnallarida bo`lim
mudiri, ma`lum muddat Muqimiy nomidagi teatrda adabiy emakdosh bo`lib faoliyat
ko`rsatgan. So`ng butun umrini badiiy ijodga bag`ishlagan adibning asosiy
tarjimayi
holi: orzulari, dardlari, armonlari; amalga oshirgan, amalga oshirolmagan
ishlari; nafratlari-yu sevinch iztiroblari, o`zidan, do`stlaridan, idealidan o`tgan
sifatlar uning asarlari bag`rida yotadi.
Xususan, talaba-adib buyuk aktyor Shukur Burhonov rahbarligida tashkil
etilgan to`garakda Shekspirning mashhur asaridagi Gamlet rolini o`ynagani
hayotida va ijodida muhim o`zgarish yasagan (Ofeliya rolini
boshqa fakultetdatahsil
olayotgan Saida ismli qiz ijro etgan. Havasmand aktyorlar keyin oila qurishgan).
Shukur Burhonov bilan uzoq vaqt mobaynida ustoz-shogird munosabatlari
yozuvchining u haqida kattagina hujjatli esse yozishiga sabab bo`lgan.
Atoqli
adabiyotshunos Matyoqub Qo`shjonov rahbarlik qilgan adabiyot to`garagidagi
mashg`ulotlar taassuroti ular o`rtasida do`stona munosabat uyg`onishiga va «U ustoz-
men shogird» nomli hujjatli qissa yozilishiga olib keldi.Mashhur musavvir, bir muhitda
tug`ilib, tarbiya topgan Ro`zi Choriyev bilan qadrdonchilik rishtalari u haqida ajoyib
bir adabiy portret yozilishiga turtki bergan.Tarjimayi holidagi bu chizgilar izsiz
ketmagan. Uning uslubida namoyon bo`luvchi og`ir vazminlik va falsafiy mushohada
keskir haqgo`ylik va hatto ayrim «shartakilik»da Sh.Burhonov ta`siri-yu, gamletona
tabiat, prinsipiallik, hayotga,odamlarga o`tkir tanqidiy ruh bilan qarash hamda ularga
xolis, samimiy munosabatda bo`lishning uyg`unlashib ketishida
ustoz tanqidchidan
o`rganishni; tabiatni musavvirona chizish, so`zda ham rang, bo`yoqdagi kabi iliqlikni