tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar amalga
oshiriladi.
26-modda. Ichki ishlar organlaridagi xizmatga qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
O‘n sakkizdan o‘ttiz yoshgacha, shu jumladan o‘ttiz yoshdagi, tegishli ma’lumotga
ega bo‘lgan, o‘zining shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sog‘lig‘ining
holati va jismoniy
tayyorgarligi bo‘yicha ichki ishlar organi xodimining xizmat majburiyatlarini bajarishga
qodir O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ichki ishlar organlaridagi xizmatga ixtiyoriy
tartibda, tanlov asosida qabul qilinadi.
(26-
moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi
O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Zarur bo‘lgan
hollarda, ichki ishlar organlarining ayrim bo‘linmalari va
tashkilotlariga xizmatda bo‘lishning eng yuqori yoshiga to‘lgan paytida ko‘p yillik xizmati
uchun pensiya olish huqu
qiga ega bo‘ladigan o‘ttiz yoshdan katta fuqarolar qabul qilinishi
mumkin.
Ichki ishlar organlarining o‘ttiz yoshdan katta fuqarolar qabul qilinadigan ayrim
bo‘linmalari, tashkilotlari va lavozimlarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar
vaziri tomonidan belgilanadi.
Erkaklar ichki ishlar organlaridagi xizmatga kirguniga qadar O‘zbekiston
Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi
rezervidagi harbiy xizmatni o‘tashi yoxud oliy o‘quv yurtlarida harbiy tayyorgarlikdan
o‘tishi kerak.
Alohida hollarda, boshqa davlat organlari va tashkilotlaridan
xodimlar ushbu
moddaning birinchi, ikkinchi va
to‘rtinchi
qismlarida belgilangan
talablarga
rioya
etilmagan holda ichki ishlar organlaridagi xizmatga qabul qilinishi mumkin.
Siyosiy partiyalarning a’zolari bo‘lgan, ichki ishlar organlaridagi xizmatga qabul
qilingan fuqarolar
xizmatni o‘tash davrida siyosiy partiyalarga a’zolikni to‘xtatib turadi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ta’lim muassasalariga o‘qishga
qabul qilish uchun tegishli ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining
fuqarolari, shuningdek ichki ishlar organlarining harbiy xizmatchilari va xodimlari qabul
qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ta’lim muassasalarida chet el
fuqarolari qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda o‘qishi mumkin.
(26-moddaning sakkizinchi qismi
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan
deb topilgan, xizmatni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan kasalligi yoki jismoniy nuqsonlari
bo‘lgan, boshqa davlat organlaridan salbiy sabablarga ko‘ra bo‘shatilgan
fuqarolar,
shuningdek sodir etgan jinoyati uchun qo‘llanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati
tugallanganligidan yoki olib tashlanganligidan va amnistiya akti qo‘llanilganligidan qat’i
nazar muqaddam sudlangan fuqarolar ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilinishi
mumkin emas.
(26-
moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-
maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Ichki ishlar organlaridagi xizmatga qabul qilingan shaxslar
uchun dastlabki sinov
muddati uch oydan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Ichki ishlar organlaridagi xizmatga qabul qilingan harbiy xizmatga majbur
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar
vazirligi ta’lim muassasalarining harbiy xizmatga chaqiriluvchi bo‘lgan tinglovchilari va
kursantlari harbiy hisobdan chiqariladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar
vazirligining maxsus hisobida turadi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ta’lim
muassasalari
tinglovchilari va kursantlari birinchi bosqichdagi o‘quv muddatini tugallaganidan keyin
muddatli harbiy xizmatni o‘tagan hisoblanadi va ularga o‘quv muassasasi joylashgan
erdagi mudofaa ishlari bo‘yicha hududiy bo‘lim tomonidan harbiy guvohnoma beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining2022-yil 5-martdagi 52-
sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab
olish
tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (09.03.2022-yil,
ro‘yxat raqami 3352).
Dostları ilə paylaş: