Ichki ishlar organlari to‘G‘risida


-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarining maxsus unvonlari



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/36
tarix20.11.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#166009
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36
O

29-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarining maxsus unvonlari 
Ichki ishlar organlari xodimlariga quyidagi maxsus unvonlar beriladi: 
safdorlar tarkibi 
— safdor; 
serjantlar tarkibi 
— kichik serjant, serjant, katta serjant; 
ofitserlar tarkibi: 
kichik ofitserlar tarkibi 
— leytenant, katta leytenant, kapitan; 
katta ofitserlar tarkibi 
— mayor, podpolkovnik, polkovnik; 
generallar tarkibi 
— general-mayor, general-leytenant, general-polkovnik. 
Maxsus unvonlarni berish va ulardan mahrum etish tartibi O
‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi. 
30-modda. Ichki ishlar organlaridagi xizmat 
Oldingi tahrirga qarang. 
Ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan meh
nat to‘g‘risidagi qonunchilikning 
amal qilishi ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash masalalarini belgilovchi qonunchilikda 
va ushbu Qonunda tartibga solinmagan qismiga nisbatan tatbiq etiladi. 
(30-moddaning birinchi qismi 
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi 
O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-
y., 03/21/683/0375-son) 
Ichki ishlar organlari xodimlari ish vaqtining davomiyligi haftasiga qirq soatdan 
oshishi mumkin emas. 
Zarur bo‘lgan hollarda, ichki ishlar organlari xodimlari xizmatni o‘tashga 
kuchaytirilgan yoki sutkalik rejimda jalb qilinishi mumkin. 
Kuchaytirilgan rejim ichki ishlar organlari xodimlari uchun kuniga ish vaqtidan 
tashqari davomiyligi to‘rt soatdan oshmaydigan ish belgilanishini nazarda tutadi. 
Sutkalik rejim ichki ishlar organlari xodimlari uchun xizmatni O‘zbekiston 
Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilariga 
umumqo‘shin payogi normalari 
doirasida belgilanadigan oziq-
ovqat payogini kompensatsiya qilish o‘rniga xizmatni o‘tash 
joyida uch mahal bepul ovqatlangan holda sutkalik o‘tash belgilanishini nazarda tutadi. 
Kuchaytirilgan va sutkalik rejimni joriy etish hamda bekor qilish, shuningdek ichki 
ishlar organlari xodimlarini harbiy harakatlarda ishtirok etishga jalb qilish O‘zbekiston 
Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi. 
Ichki ishlar organlarining xodimlariga ta’tilni o‘tkazish joyiga borish va qaytish 
uchun zarur bo‘lgan, biroq uch kundan oshmaydigan vaqt qo‘shilgan holda davomiyligi 
o‘ttiz kalendar kun bo‘lgan haq to‘lanadigan har yilgi ta’til beriladi. 
Ichki ishlar organlarining xodimlariga quyidagi kalendar hisobdagi xizmat davri 
uchun: 
o‘n yillik xizmatdan so‘ng — davomiyligi besh kun; 
o‘n besh yillik xizmatdan so‘ng — davomiyligi o‘n kun; 


yigirma yillik xizmatdan so‘ng — davomiyligi o‘n besh kun bo‘lgan, haq 
to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til beriladi. 
Oldingi tahrirga qarang. 
Ichki ishlar organlari xodimlariga qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa 
turdagi ta’tillar ham berilishi mumkin. 
(30-
moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 
21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Ichki ishlar organlarining xodimlariga ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq 
to‘lanadigan boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanish taqiqlanadi. 
Oldingi tahrirga qarang. 
“Ichki ishlar organlarida xizmatda bo‘lishning cheklangan yoshi safdorlar va 
serjantlar tarkibi xodimlari uchun ellik yoshni, ofitserlar tarkibi uchun 
— ellik besh yoshni
generallar tarkibi uchun 
— oltmish yoshni, ayollarga esa (mavjud unvonidan qat’i nazar) 
— ellik yoshni tashkil etadi. 
(30-
moddaning o‘n birinchi va o‘n ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 
2019-yil 23-
maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuniga asosan o‘n birinchi qism bilan 
almashtirilgan 
— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 
03/19/542/3177-son) 
Ichki ishlar organlarining safdorlar, serjantlar va ofitserlar tarkibining maxsus 
unvonlariga ega bo‘lgan, belgilangan chegaradagi yoshga to‘lgan xodimlari zaxiraga yoki 
iste’foga chiqariladi. 
Oldingi tahrirga qarang. 
Yuksak kasbiy tayyorgarlikka, egallab turgan lavozimida ish tajribasiga ega 
bo‘lgan va sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra xizmatni o‘tashga yaroqli xodimlarning xizmat 
muddati O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan tartibda ushbu 
xodimlarning roziligi bilan besh yilgacha, boshliqlar tarkibidagi, O‘zbekiston Respublikasi 
Ichki ishlar vazirligi ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilik lavozimlarini egallab 
turgan va ilmiy darajaga ega bo‘lgan shaxslarning xizmat muddati esa o‘n yilgacha 
bo‘lgan muddatga uzaytirilishi mumkin. 
(30-
moddaning o‘n uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-
maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 
24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son) 
Xizmatda qoldirish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi qaror xodimni ushbu 
Qonunda nazarda tutilgan asoslar 
bo‘yicha ichki ishlar organlaridan bo‘shatish 
imkoniyatini istisno etmaydi. 
Oldingi tahrirga qarang. 
Xizmat faoliyatida yuqori natijalarga erishganlik, majburiyatlarini namunali tarzda 
bajarganlik, benuqson xizmat qilganlik va ichki ishlar organlari tizimini rivojlantirish va 
takomillashtirishga katta hissa qo‘shganlik, xizmat burchini bajarish chog‘ida mardlik va 
jasorat ko‘rsatganlik, shuningdek boshqa alohida xizmatlari uchun xodimlar O‘zbekiston 
Respublikasining davlat mukofotlari, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda 
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan ta’sis etiladigan farqlovchi 
idoraviy belgilar bilan taqdirlanishga taqdim etilishi mumkin. 
(30-
moddaning o‘n beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 
21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Oldingi tahrirga qarang. 
Ichki ishlar organlaridagi ishchi va xizmatchilarning mehnat munosabatlari 
mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik bilan tartibga solinadi. 


(30-
moddaning o‘n oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 
21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin