123
«O‘sish-bozor ulushi»
matritsasi. Ushbu matritsa Boston konsalting guruhi
tomonidan 1972 yilda ishlab chiqilgan bo‘lib, unda foydalaniladi: birinchi mezon jalb
qiluvchanlik indikatori sifatidagi maqsadli segmentning o‘sish sur’ati bo‘lsa,
ikkinchisi raqobatbardoshlik indikatori sifatidagi eng xavfli
raqobatchiga nisbatan
bozor ulushidir. Bunda bo‘lish chiziqlari bilan to‘rt kvadratga ajratilgan ikki kirishli
jadval hosil bo‘ladi.
Yuqori
Past
«Yulduzlar»
*
«Sog`in
sigir»
«So`roq
bеlgisi»
?
«Itlar»
Katta
Nisbiy bozor ulushi
Kichik
1/8
1/4
1/2
1
2
4
8
6.2-rasm. «O‘sish-bozor ulushi» matritsasi
Birinchidan,
o‘sish sur’atlari yuqori va past bo‘lgan bozorlarni ajratib turuvchi
asosiy chiziq «bozorning o‘sishi» o‘qiga nisbatan yalpi milliy mahsulotning natural
ko‘rsatkichlardagi o‘sish sur’atiga yoki firma faoliyat ko‘rsatayotgan
turli
segmentlardagi o‘sish sur’atlarining o‘rtacha qiymatiga to‘g‘ri keladi.
Ikkinchidan
esa, «bozor ulushi» o‘qi uchun ajratish chizig‘i odatda 1 yoki 1,5
nuqtalari orqali o‘tkaziladi. Bozor ulushi bu ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lsa, katta, aks
holda esa kichik hisoblanadi.
Matritsa shu tarzda avval kiritilgan bozorning nisbiy ulushi tushunchasidan
kelib chiqadi, bu tushuncha eng xavfli raqobatchi egallab
turgan bozor ulushiga
nisbatan aniqlanadi.
Agar A markaga bozorning 10 % qismi tegishli bo‘lsa va unda eng yirik
raqobatchi (B marka) 20 %lik ulushga ega bo‘lsa, A markaning nisbiy ulushi 0,5 ga
124
(10% 20%) teng bo‘ladi.
Bu kichik bozor ulushidir, chunki u 1 dan kichikdir. B
marka uchun esa tegishli ulush 2 ga teng (20% 10%).
Nisbiy bozor ulushi tushunchasiga murojaat qilinishi bozor ulushi bilan tajriba
o‘rtasida va, demakki, rentabellik o‘rtasida musbat korrelyasiyaning mavjudligi
haqidagi gipotezaga asoslangan. Bu nuqtai nazardan qaraganda, bozordagi eng yaqin
raqobatchi 40 yoki 5 %lik ulushga bo‘lganda 20 %lik ulushga ega bo‘lish
mutlaqo
turli xil raqobatli vaziyatlarga to‘g‘ri keladi.
Demak, to‘rtta kvadratning har biri bir-biridan tubdan farq qiluvchi vaziyatni
anglatib, bu vaziyatlarning har biri moliya bilan ta’minlash
va marketing
strategiyasini ishlab chiqish nuqtai nazaridan alohida yondashuvni talab qiladi.
Dostları ilə paylaş: