81
Kamida 1 ming AQSh dollari summasidagi bir kontrakt bo‘yicha etkazib
berishda xarid tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning narxi, sifati va etkazib berish
muddatlari bo‘yicha eng maqbul shartlarni taklif etgan etkazib beruvchilar bilan
to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Bir ming AQSh dollaridan 100 ming AQSh dollarigacha summaga bitta
kontrakt bo‘yicha etkazib berishda xarid:
xarid qilinadigan tovarlar, ishlar va xizmatlarning tavsifnomasini, sonini,
bajarish muddatini va tovarni etkazib berish joyini ko‘rsatgan holda takliflarni
etkazib beruvchilarga yoki pudratchilarga yuborish;
etkazib beruvchilar yoki pudratchilar e‘lon qilgan narxlar va tavsifnomalarni
taqqoslash yo‘li bilan buyurtmachilar tomonidan tashkil etiladigan idoraviy tanlov
komissiyalari tomonidan baholanadigan eng yaxshi takliflarni tanlab olish yo‘li
bilan amalga oshiriladi.
Idoraviy tanlov komissiya buyurtmachining rahbar xodimlari va vakolatli
mutaxassislaridan kamida uch nafardan iborat bo‘lgan tarkibda tuziladi. Idoraviy
komissiyaning qarori protokol bilan rasmiylashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: