5.2. Investitsiya loyihalarini ekologik ekspertizadan o’tkazishning
mazmun-mohiyati va zarurligi
Hozirgi davr fan-texnika taraqqiyotining jadallashishi va insonning
tabiatga ta‘siri kuchayganligi bilan ajralib turadi. Bu holatni hisobga olgan holda
mikro va makro ko‘lamda tuzilayotgan loyihalardan har birining ekologik
muvozanatga ta‘siri mustaqil ekologik ekspertlar tomonidan baholanishi shart.
Agar tijorat loyihalari ekologik muvozanatga salbiy ta‘sir etsa, bunday
loyihalar moliyalashtirilmaydi. Shu bilan birga davlat tomonidan ekologiyani
88
yaxshilashga qaratilgan notijorat loyihalari ishlab chiqiladi. Bunday
loyihalarning asosiy maqsadi foyda olish emas, balki ekologik muvozanatni
barqarorlashtirish va aholining salomatligini mustahkamlashdan iborat.
Sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishi atrof-muhit havosi zararli chiqindilar
bilan ifloslanishiga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda bu salbiy natijalarni
samara natijalari bilan taqqoslash va bu nisbatni chuqur tahlil qilish zarur.
Ekologik tahlilning asosiy vazifasi loyiha natijasida yuzaga kelishi
mumkin bo‘lgan potentsial zararni oldindan belgilash va uning ta‘sirini
yumshatish yoki batamom tugatish yo‘llarini topishdir. Bu jarayon loyihada ko‘zda
tutilgan natijalarga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi kerak emas. Tashqi muhit «tabiiy
kapital bo‘lib», u iqtisodiy rivojlanishni jadallashtiradi. Noto‘g‘ri
rejalashtirilgan loyihalar esa uning buzilishiga, milliy kapitalning emirilishiga
olib kelishi mumkin.
Ekologik boshqarishning vazifasi aholining tabiiy ta‘sirlarga bo‘lgan
talabi bilan atrof-muhitning shu talabni qondira olish imkoniyatlari orasidagi
muvozanatni (balansni) topishdan iborat. Loyihalarni amalga oshirish «ekologik
sig‘im» potentsialini kamaytirishi kerak emas. Loyihalarni amalga oshirishdan
oldin ularning atrof-muhitga muxim ta‘sirlarini belgilash, loyihalar ta‘siri
asosida muhit buzilib ketgandan keyin uni o‘z holiga keltirishdan afzalroqdir.
Shuning uchun har qanday loyihaning ekotizimga keltiradigan salbiy
oqibatlarini chuqur tahlil qilish talab etiladi. Agar loyiha ekotizimga me‘yordan
yuqori salbiy ta‘sir ko‘rsatadigan bo‘lsa, uni yangidan ko‘rib chiqish, shundan
keyin ham vaziyat o‘zgarmasa, undan voz kechish zarur. Ekotizim bitta davlat
hududidagi muammo emas, balki uning o‘zgarishi butun yer shariga ta‘sir
ko‘rsatadi, jumladan, Orol muammosi. Shuning uchun ekotizim tahlil qilinganda
bir mamlakat manfaatlaridangina kelib chiqish kerak emas.
Atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadlarini ko‘zlash loyiha-smeta
xarajatlarida o‘z aksini topadi. Iqtisodiy rivojlanish muammolarini insonlar
tomonidan ilmiy o‘rganish kuchayishi bilan loyihalarning ekotizimga ta‘sirini juda
bo‘lmaganda minimal xavfsizlik me‘yori darajasiga tushirish imkoni paydo
89
bo‘ladi. Bu me‘yorlarga inson salomatligiga bo‘lgan xavf darajasi, atrof-muhitga
zararli moddalarni chiqarish me‘yorlari va boshqalar misol bo‘ladi. Loyihalar
ekotizimni muhofaza qilish bo‘yicha chet el mamlakatlari bilan tuzilgan
shartnomalar buzilishiga olib kelishi kerak emas.
Ayrim hollarda loyiha ta‘sirida ekologik holat salbiy tomonga qarab
o‘zgarishi va bunga ruxsat berilishi ham mumkin. Misol uchun, aholi joylashgan
joy yaqiniga temir yo‘l qurish loyihalashtirilsa va bu loyiha amalga oshsa,
shovqin ko‘payadi hamda bu aholi yashash tarziga salbiy ta‘sir etishi
mumkin. Loyihada bu salbiy ta‘sirni bartaraf qilish yo‘llari bo‘lishi kerak.
Buning uchun aholini boshqa joyga ko‘chirish yoki shovqinni kamaytiradigan
moslamalarni uylarga o‘rnatish kerak. Bu, albatta, qo‘shimcha xarajatlarga
olib keladi. Undan tashqari ayrim vaqtlarda aholini kompensatsiya berish yo‘li
bilan ham rozi qilish mumkin. Misol uchun, elektrostantsiya qurish loyihasi
amalga oshirilsa, korxona egalari atrofda yashovchi aholiga elektroenergiyani
tekinga berishni o‘z bo‘yniga oladi.
Ekologik ta‘sirni bartaraf qilish muammosi investitsiya oldi bosqichida hal
qilinishi kerak, shunda bu jarayonga qilinadigan xarajatlar eng kam miqdorda
bo‘ladi. Umuman, loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish xarajatlarida
atrof-muhitni himoya qilish xarajatlari taxminan 5% ini tashkil etadi.
Ekologik loyihalar xarajatini umumiy loyihadan foyda ko‘radigan shaxslar
qoplashi kerak. Agar loyiha davlat tomonidan amalga oshirilsa, xarajatlar manbai
davlat byudjeti hisoblanadi. Lekin masalaga bunday yondashuvning o‘ziga xos
kamchiliklari ham mavjud. Misol uchun, pirovardida ekologik loyiha tufayli
kim manfaatdor ekanligini aniqlash juda qiyin, undan tashqari loyihaning
maqsadi yo‘qotilgan yoki buzilgan ekologik elementlarni tiklash yoki xavf
oldini olish bo‘lishi mumkin. Bunda yutuq to‘g‘risida fikr yuritilmaydi. Agar
metallurgiya kombinati atrof-muhitni bo‘lg‘ayotgan bo‘lsa, ekologik xavfni
bartaraf qilish xarajatlarini o‘z bo‘yniga olishi kerak. Sel xavfidan saqlanish
uchun kanal qurilishi xarajatlarining manbai davlat byudjetidir.
90
Atrof-muhitni ifloslanishdan asrash uchun kurash ruxsatnomalar va
litsenziyalar olish tartibini joriy etish yo‘li bilan ham amalga oshiriladi.
Korxonalar tashqi muhitga ma‘lum miqdorda zararli moddalar chiqarishi
uchun litsenziya oladilar. Buning uchun zaharli moddalarni atmosferaga chiqarish,
vaqt birligida suvlarga oqavalarni tashlash me‘yorlarini vujudga keltirish zarur. Bu
me‘yorlar hamma turdagi korxonalar uchun umumiy qilib tuzilganligi uchun
ham yaxshi samara bermaydi. Shuning uchun tajribada har xil sohadagi
korxonalar uchun alohida me‘yorlar belgilanadi. Individual me‘yorlar korxona
joylashgangan joyga qarab o‘zgarishi mumkin. Tadbirlardan yana biri atrof-
muhitning ekologik holatiga salbiy ta‘sir ko‘rsatgan korxonalarga jarima solish
hisoblanadi. Jarimalar tizimini puxta o‘ylab vujudga keltirish atrof-muhitni
ifloslantirishdan saqlab qoladi.
Jahon banki tomonidan amalga oshiriladigan loyihalar asosan individual
me‘yorlarga asoslangan. Ayrim mamlakatlar tajribasida me‘yordan yuqori bo‘lgan
chiqindilar savdo-sotig‘i amalga oshiriladi. Misol uchun, shaharlarda havoga
zaharli moddalar chiqarishni kamaytirishda ana shunday tadbir qo‘llaniladi va bu
ijobiy natijaga olib kelgan. Shaharlarda joylashgan korxonalarga havoga ma‘lum
miqdorda (shaharni o‘rtacha ifloslash darajasiga unchalik ta‘sir etmaydigan
miqdorda) zaharli moddalar chiqarish uchun ruxsat berilgan. Aytaylik, yo bir
korxona yangi texnologiya joriy qilish yo‘li bilan havoga zaharli moddalar
chiqarishni ma‘lum miqdorda kamaytirdi. Qolgan korxonalar bu korxonadan
ortiqcha chiqarilgan zaharli moddalarni sotib olishlari kerak. Bunday hol boshqa
korxonalarni ham yangi, ilg‘or texnologiyalarni tadbiq qilishga undaydi.
Dostları ilə paylaş: |