122
aktivlarining o‘sishi yoki kamayishini sezish mumkin, biroq bu metod aktivlarning
o‘sish darajasi
to‘g‘risida ma‘lumot bermaydi. Aktivlarning o‘sish darajasi esa,
ma‘lumki, har qanday investor uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu usul natijaviy investitsiya miqdorini sof diskontlangan pul qo‘yilmasi
summasi bilan bir vaqtga keltirish bilan asoslanadi. Pul mablag‘alari oqimi vaqtiga
ko‘ra tasdiqlanganligini
hisobga olgan holda, u R»r» koeffitsienti bilan
diskontlangan bo‘ladi. Bu erdagi «r» investorlarning o‘zlaricha yillik hisoblash
usuli foizidan kelib chiqib o‘rnatiladi.
Faraz qilaylik, investitsiya «n» yil
mobaynida amal qilmoqda, yillik daromadlar P..P2,…. Pn miqdorida.
Diskontlangan daromadni umumiy yigilgan miqdori (PV) va (NPV) quyidagi
formulalarda ifodalanadi:
IC
NPV
r
Pk
PV
k
r
Pk
k
k
k
)
1
(
:
)
1
(
Ko‘rinib turibdiki, agar NPV>0 bo‘lsa, loyiha qabul qilinadi. NPV<0 bo‘lsa,
u qabul qilinmaydi. NPV=0 bo‘lsa, loyiha befoyda va bezarardir. Yillar bo‘yicha
daromadni bashorat qilish sharoitida mavjud loyihaga ta‘sir etishi mumkin bo‘lgan,
imkoni boricha barcha ishlab chiqarish va o‘z navbatida
noishlab chiqarish
xarakterlarini hisobga olishi zarur. Belgilab o‘uyish lozimki, NPV ko‘rsatkichlari
korxonaning kuzatilgan loyihani qabul qilishi sharoitidagi iqtisodiy potentsialni
o‘zgartirishni baholashda bashorat etishni aks ettiradi. Bu ko‘rsatkich vaqt mezoni
bo‘yicha ta‘sirlidir. Turli loyihalarni NPVni summalashtirish mumkin. Bu juda
muhim xususiyat bo‘lib, u investitsion portfelni optimalligini tahlil etishi sharoitida
asos sifatida foydalanishga imkon beradi.
Investitsiion loyihalarning rentabelligini umumiy hisob usuli. Bu
investitsiyaning rentabellik indeksini hisoblash usuli
oldingi usullarning davomi
hisoblanadi, u bir birlik investitsion mablag‘ hisobida korxona aktivlarining o‘sish
darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichdir.
Rentabellik indeksi (PI) ushbu formula bo‘yicha hisoblanadi: