152
siyosatga ko‘p e‘tibor berganidadir. Natijada ishlab chiqarish sur‘tlari tushib ketdi.
Tovar kamyobligi yashirin jarayon bo‘lib, tovarlarni ishlab chiqarish uchun ko‘p
xarajat qilinsada (xom-ashyolarning narxi yuqoriligi tufayli)
tovarlar past bahoda
sotilgan. Farq davlat byudjetidan qoplana borgan. 1992 yilning boshidan erkin
baholarga o‘tish natijasida (oziq ovqat va yoqilgi resurslardan tashqari) inflyatsiya
yuzaga otilib chiqdi va tez sur‘atlar bilan rivojlanib ketdi.
Shu tufayli O‘zbekistondagi inflyatsiya sobiq Ittifoq davrida yuzaga kelgan
inflyatsiyaning qoldig‘idir va uni davolash uzoq vaqtni talab qiladi.
Sobiq Ittifoqda, jumladan O‘zbekistonda 90-yillardagi inflyatsiyaning asosiy
sabablari - iqtisodiy muvozanatning yo‘qligi, ishlab chiqarish sur‘atlarining tushib
ketishi natijasida
rejali iqtisodiyotdagi inqiroz;
- mahsulotlar sifatining, mehnat unumdorligining pastligi;
- ishlab chiqarishda xarajatlar salmog‘ining oshib ketishi, behuda sarflar,
iqtisod printsiplariga rioya qilmaslik va boshqalar hisoblanadi.
Inflyatsiyaning har tomonlama avj olib ketishi mamlakatda sotsial va itisodiy
jihatdan qarama qarshiliklar yuzaga kelishiga olib keladi.
Shuning uchun davlat
inflyatsiyaning oldini olish, pul muomalasini barqarorlashtirish chora-tadbirlari
ishlab chiqadi. Inflyatsiyaga qarshi ko‘rashning asosiy shakllari:
inflyatsiyaga
qarshi siyosat va pul islohati hisoblanadi.
Har davlatda pul muomalasi ma‘lum qonun-qoidalar asosida tartibga solib
turiladi.
Oldingi markazlashgan, rejali boshqaruvga asoslangan
iqtisodiy tizimda pul
muomalasi rejalashtirish asosida boshqarib kelingan. Aholining daromadi va
harajatlarini davlat tomonidan muvofiqlashtirib turilgan. Tovar ishlab chiqarishni
kengaytirish,
aholiga kreditga tovar berish, baholar tizimini o‘zgartirib turish va
hakazolar. Barcha jarayonlar davlat tomonidan boshqarilgani uchun pul muomalasi
qonuni buzilganda davlat o‘z vakolati doirasida narxlarni o‘zgartirish yo‘li bilan,
pul reformasi bilan pul muomalasini tartibga solib kelgan.
153
Bozor iqtisodi sharoitida pul muomalasi ma‘lum usullar yordamida tartibga
solib turiladi. Milliy iqtisodiyotda pul muomalasini tartibga solishda O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki quyidagi usullardan foydalanadi:
1.
Majburiy zahira stavkasi normasini belgilash.
2.
Tijorat banklarini ochiq bozorda qatnashishi.
3.
Markazlashgan kreditlar uchun qayta moliyalashtirish stavkasini o‘rnatish.
O‘zbekiston Respublikasining ―Markaziy banki to‘g‘risida‖gi qonunga ko‘ra,
Markaziy bank tijorat banklariga minimal majburiy zahira bo‘yicha mablag‘larni
maxsus hisob raqamda saqlab turish majburiyatini yuklash huquqiga ega. Bunday
zahiralar normalari
bankning majburiyatlari turiga, omonat muddatiga qarab
belgilanadi. Bu mexanizm asosan tijorat banklarining likvid mablag‘lari hajmining
muvofiqlashtirish uchun foydalanadi. Bu bilan Markaziy bank tijorat banklarining
kredit berish qobiliyatiga ta‘sir etadi. Kredit, ma‘lumki o‘z navbatida pul
massasining ko‘payishiga, baholarning o‘zgarishiga olib keladi.
Shuning uchun
majburiy norma tez-tez o‘zgartirilmaydi, chunki u muomalada pul massasini
tebranib turishiga va oxiri iqtisodiy beqarorlikka olib kelishi mumkin.
Markaziy bank tijorat banklarga kreditlar bo‘yicha qayta moliyalashtirish
stavkasini belgilab beradi. Bu stavka tijorat banklari beradigan kreditning bahosini
aniqlash asos bo‘lib xizmat qiladi. Qayta moliyalashtirish
siyosati tijorat
banklarining boshqa manbalaridan mablag‘lar jalb qilishiga ta‘sir etmaydi.
Markaziy bank oqilona qayta moliyalashtirish stavkalarini o‘rnatib tijorat
banklarini likvidlik darajasini muvofiqlashtirib turadi.
Quyida berilgan jadvalda Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining yillik
darajasi va inflyatsiya darajasining yillar bo‘yicha dinamikasi qiyosiy tahlil uchun
berilgan.
Dostları ilə paylaş: