149
Bunday qayta baholash to‘g‘ridan-to‘g‘ri deflyator deb ataladi.
Amaliyotda esa deflyator YaIMning pirovard foydalanish elementlarini qayta
baholash yo‘li bilan aniqlanishi mumkin.
Narhlar o‘sishi tufayli daromadlar, iste‘mol va turmush darajasi
o‘zgarishlarini xarakterlovchi ko‘rsatkichlarning ikkinchn guruhi (tarmoq darajasi)
iste‘mol narhlari va xalq iste‘moli narhlari aholi
daromadlari va xarajatlari
dinamikasi ko‘rsatkichlari, milliy valyuta harid qobiliyati va ish haqi
ko‘rsatkichlari, oziq-ovqat mahsulotlari qiymati va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
O‘rtacha oylik ish haqining konkret tovarlar narhlariga tanlanma byudjet
tadqiqotlari ma‘lumotlari bo‘yicha belgilanadigan nisbati sifatida hisob-kitob
qilinuvchi harid qobiliyati inflyatsiyaning ko‘rgazmali xarakteristikasi sanaladi.
Ko‘rsatkichlarning mazkur guruhida yashash uchun zarur bo‘lgan
minimum
nisbatini ham hisoblab chiqish mumkin: bunda aholining o‘rtacha jon boshiga
nisbatan olingan ish haqi daromadlari, o‘rtacha oylik ish haqi, pensiyaning o‘rtacha
o‘rtacha miqdori bilan hisoblanadi.
Inflyatsiya darajasini xarakterlovchi ko‘rsatkichlarning uchinchi guruhi
inflyatsiya o‘sishi oqibatida mahsulot ishlab chiqarish
foydasi va rentabelligi
o‘zgarishlarini o‘z ichiga oladi. Foyda va rentabellikning omilli tahlili uchun
quyidagi indekslardan foydalaniladi:
1.
Mahsulotlar, ishlar va xizmatlar narhlari o‘zgarishi indeksi:
(3)
2.
Moddiy-texnika boyliklari baholarining o‘zgarishi indeksi (―harid narhlari
indeksi‖):
(4)
3.
Asosiy fondlar va kapital sarflar balans qiymati o‘zgarishlari indeksi:
150
(5)
Amaliyotda esa, yakuniy iqtisodiy ko‘rsatkichlarga inflyatsiya ta‘sirini
butunlay kamaytirishning iloji yo‘q, ammo ma‘lum ma‘noda uning ta‘sirini
yumshatish va engillatish mumkin.
Ushbu holatda narh (inflyatsiya) dinamikasi sur‘atlarini maksimal darajada
aniq hisoblash amaliy muammo hisoblanadi. Uni o‘lchashda Laspeyres, Paashe va
Fisher narh indekslaridan foydalaniladi.
Iste‘mol narhlari indeksi (Laspeyres narh indeksi) – xalqaro tan olingan
statistik ko‘rsatkich, narh (inflyatsiya) dinamikasini o‘lchash uchun qo‘llaniladi.
Bunda iste‘mol narhlari indeksi tovar taklifining bazaviy
hajmlarini taqqoslash
asosida aniqlanadi:
(6)
Bu yerda:
I1 – iste’mol narhlari indeksi (Laspeyres narh indeksi);
P
0
– 0- bazaviy davr uchun i- tovar narhi;
P
1
– t- vaqt uchun i
-
tovar narhi;
Q
0
–
0- bazaviy davr uchun i- tovar sotish hajmi; i – indeksni hisoblashda
e’tiborga olinadigan tovarlar turlari,
1
dan n qiymatgacha.
Iste‘mol narhlari indeksi (Laspeyres narh indeksi) narh o‘sishi real
dinamikasini oshiradi deb hisoblanadi.
Paashe
narh indeksi
-
narh (inflyatsiya) dinamikasini o‘lchashda
qo‘llaniladigan boshqa statistik ko‘rsatkich. U yuzaga kelgan taklif hajmini
taqqoslash asosida aniqlanadi:
151
(7)
Bu yerda:
Ip – Paashe indeksi;
P
0
– 0-bazaviy davr uchun i-tovar narhi;
P
t
– t-vaqt uchun i-tovar narhi;
Q
t
– t- vaqt uchun i-tovar sotish hajmi;
i – indeksni hisoblashda e’tiborga olinadigan tovarlar turlari,
1
dan n
qiymatgacha.
Paashe indeksi narh o‘sishi real dinamikasini kamaytiradi deb hisoblanadi.
Fisher narh indeksi
- o‘zi
ga xos turdagi ―ideal‖ statistik ko‘rsatkich bo‘lib,
iste‘mol narhlari indeksi Laspeyres narh indeksi va Paashe
narh indeksining narh
(inflyatsiya) dinamikasining miqdoriy o‘zgarishlarida xatoliklarni neytrallashtirish
uchun qo‘llaniladi. U ularning o‘rtacha geometrik kattaligini o‘zida aks ettiradi va
quyidagicha aniqlanadi:
(8)
Bu yerda: I f
–
Fisher indeksi;
I
l
– Iste’mol narhlari indeksi (Laspeyres narh indeksi);
I
p
– Paashe narh indeksi.
Narh dinamikasini o‘lchash uchun boshqa ko‘rsatkichlarni ham iqtisodiy
tahlilga tadbiq etishga harakat qilinmoqda va ilmiy ishlanmalar ishlab
chiqilmoqda.
Dostları ilə paylaş: