174
emitent va qimmatli qog‘oz egalari zarar ko‘rishlari mumkin. Tizimli risklarga
quyidagilar kiradi: foiz riski; valyuta riski; inflyatsiya riski; siyosiy risklar.
Tizimsiz risklar - hatarga ba‘zi bir qimmatli qog‘ozlar yoki ularni majmuasi
uchraydi, ya‘ni ma‘lum bir korxonaning qimmatli qog‘ozlari
yoki tarmoqning
qimmatli qog‘ozlari kiradi. Tizimsiz risklarga quyidagilar kiradi: tadbirkorlik riski;
moliyaviy risklar; nolikvidlilik riski.
Bundan tashqari, loyiha faoliyatida eng ko‘p uchraydigan risklar ham mavjud.
Ular quyidagilar:
- iqtisodiy
qonunlarning
va
iqtisodiy holatning o‘zgarib turishi,
investitsiyalash va foydadan foydalanish shartlari bilan bog‘liq risklar;
- tashqi iqtisodiy risklar - savdo va mahsulot etkazib berishga cheklashlar
kiritish; chegaralarning berkilishi;
- siyosiy holatning noaniqligi yoki hududdagi yohud mamlakatdagi noma‘qul
ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar;
- texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi,
yangi texnika-texnologiya
parametrlari, mahsulot sifati haqidagi ma‘lumotlarning to‘liq emasligi yoki
noaniqligi;
- bozor kon‘yunkturasining, ya‘ni baho, valyuta kurslari, yalpi ichki maxsulot
va boshqalarning o‘zgarib turishi;
- tabiiy iqlim sharoitlarining o‘zgarishi, tabiiy ofatlarning yuz berishi;
- ishlab chiqarish texnik risklari - asbob-uskunalarning buzilishi va to‘xtab
qolishi, ishlab chiqarishdagi nosozliklar va boshqalar;
- loyiha ishtirokchilari
maqsadlarining noaniqligi, ularning moliyaviy holati
va ishdagi obro‘si haqidagi ma‘lumotlarning to‘liq emasligi va boshqalar.
Yuqorida keltirilgan tasniflashlarga asoslangan holda,
investitsiya loyihasiga
ta‘sir etuvchi risklarning 3-rasmda tasvirlangan guruhini keltirish mumkin.
Loyiha ishtirokchilari riski deganda, ko‘pincha ishtirokchilarning loyiha
faoliyati doirasida o‘z majburiyatlarini anglagan
holda yoki majburiy tarzda
bajarmaslik riski tushuniladi. Birgina loyiha ishtirokchisining o‘z majburiyatlarini
bajarmasligi, boshqa ishtirokchilarning o‘z majburiyatlarini bajara olmasligiga olib
175
kelishi, natijada loyiha barbod bo‘lishi mumkin. Loyiha ishtirokchilari riskiga
quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin: ishtirokchilarning vijdonsizligi;
ularning
professionallik darajasining pastligi, moliyaviy holatining nobarqarorligi,
ishtirokchilarni turli risklardan etarlicha sug‘urtalanmaganligi
natijasida kelib
chiqadi. Masalan, loyiha smeta qiymatining oshish riski qurilish tashkilotining
vijdonsizligi natijasida ro‘y berishi mumkin. Ish sifatining pastligi riski, ko‘p
hollarda, tanlangan pudratchi va boshqa ishtirokchilarning
etarli tajribaga ega
emasligi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Loyiha smeta qiymatining oshish riskiga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin:
loyihalash
jarayonidagi
xatolar,
pudratchilarning
resurslardan
samarali
foydalanishni ta‘minlay olmasligi, loyihani amalga oshirish shartlarini o‘zgarishi
va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: