O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti zoyirov Laziz Subxonovich Raimjanova Madina Asrarovna Saidov Rasulbek Boltabayevich Shoislomova Nargiza Qobilovna investitsiya loyihalari ekspertiza


Investitsiya loyihasining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligiga ta’sir



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/100
tarix20.11.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#166138
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   100
Инвестиция лойиҳалари экспертизаси DARSLIK

9.4. Investitsiya loyihasining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligiga ta’sir 
etuvchi risklarni tahlil qilish va baholash
Risklar tahlili salohiyatli hamkorlarga investitsion loyihada ishtirok etishning 
maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qarorlar qabul qilish hamda kutilishi mumkin 
bo‘lgan moliyaviy yo‘qotishlardan himoyalanish bo‘yicha zarur ma‘lumotlarni 


187 
beradi. Loyiha samaradorligini baholashda risk va noaniqlik omillarini hisobga 
olgan holda tahlil qilish va baholash kutilishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz 
vaziyatlarni oldini olish imkoniyatini beradi, loyihani amalga oshirish shart-
sharoitlari bo‘yicha tuzilgan barcha mavjud reja ko‘rsatkichlari va 
ma‘lumotlarining haqiqiy ko‘rsatkichlardan farq qilmasligiga imkon beradi.
Amaliyotda loyiha risklarini baholashning bir qancha usullari mavjud bo‘lib, 
ulardan asosiylarini quyida keltirib o‘tamiz: 
-Sezgirlik tahlili usuli; 
-―Zararsizlik nuqtasi‖ ni aniqlash usuli;. 
-Barqarorlikni tekshirish usuli; 
-Matematik usullar (o‘rtacha kvadratik chetlanish, dispersiya va variatsiya);
-―Qarorlar daraxti‖ barpo etilishi usuli; 
-Stsenariylar usuli; 
-Monte-Karlo usuli. 
1.
Loyiha sezgirligini tahlilida loyiha ko‘rsatkichlaridan (parametrlaridan) 
biri o‘zgarganda, loyiha samaradorligi (NPV yoki IRR) qay darajada o‘zgarishiga 
miqdoriy baho berishda qo‘llaniladi. Sezgirlik tahlilini investitsiya loyihalari 
natijalariga sezilarli darajada ta‘sir etuvchi omillarni aniqlash va ularni taqqoslash 
tahlili uchun o‘tkazish tavsiya etiladi. Bu omillar bilan bog‘liq vazifalarni echishda 
quyidagi ketma-ketlikka amal qilinadi. Avvalo, sof joriy qiymatni hisoblashga 
yordam beradigan omillar aniqlanadi, keyin ma‘lum oraliqlarda omillardan biri 
o‘zgartirilib, sof joriy qiymat hisoblab chiqiladi, ushbu yo‘l har bir omil uchun 
takrorlanadi. So‘ng hamma hisoblar jadvalga joylashtiriladi, har bir omil 
o‘zgarishiga nisbatan loyihaning sezgirlik darajasi solishtiriladi va loyihaning 
muvaffaqiyatiga eng ko‘p darajada ta‘sir etuvchi omillar aniqlanadi. Sezgirlik 
tahlili yordamida, hisoblar uchun zarur bo‘lgan turli xil o‘zgaruvchilar berilganda, 
naqd foyda yoki investitsiya rentabelligining eng zaruriy o‘zgarishlarini aniqlash 
mumkin bo‘ladi. Turli xil o‘zgaruvchi omillarga ishlab chiqarish xarajatlari, sotish 
hajmi, investitsiya davri davomiyligi, kredit foizi, xom ashyo va yoqilg‘i qiymati, 
soliqlar miqdori va boshqalar misol bo‘ladi. 


188 
Loyiha sezgirligi tahlili quyidagi tartibda olib boriladi: 
- investitsiya loyihasining asosiy parametrlarining (ya‘ni sotish hajmi, sotish 
bahosi, ishlab chiqarish harajatlari va h.k.) bazaviy qiymatlarini aniqlash; 
- shu qiymatlar asosida loyiha samaradorligini hisob-kitobini amalga oshirib, 
ularni NPVo yoki IRRo deb belgilash; 
- loyiha samaradorligiga eng ko‘p ta‘sir etuvchi, uning asosida loyiha 
sezgirligini tahlil qilinuvchi ko‘rsatkichlardan birini tanlash (NPV yoki IRR); 
- samaradorlik ko‘rsatkichiga ta‘sir etuvchi omillarni aniqlash. Bunday 
omillar ikki guruxga bo‘linadi (ya‘ni ular o‘zgaruvchan omillar deb ataladi): 
- to‘g‘ridan-to‘g‘ri daromad va harajatlarga ta‘sir etuvchi omillar: sotish 
hajmi, mahsulot sotish bahosi, ishlab chiqarish harajatlari, investitsiya xajmi, qarz 
mablag‘lariga to‘lovlar va boshqalar. 
- bilvosita ta‘sir etuvchi omillar: qurilishning davomiyligi (muddati), ishlab 
chiqarish davrining davomiyligi, to‘lovlarning kechikishi, tayyor mahsulotni sotish 
muddati, inflyatsiya darajasi, daromad solig‘i stavkasi va boshqalar. 
- o‘zgaruvchan omillardan biri o‘zgarganda asosiy ko‘rsatkich qanchaga 
o‘zgarishini hisob-kitob qilish. 
Investitsion loyihaning ―Zararsizlik nuqtasi‖ni aniqlash usuli yordamida 
mahsulot sotishdan kelgan tushum uni ishlab chiqarish harajatlariga teng bo‘lgan 
holdagi sotish hajmi aniqlanadi. Agar sotish hajmi bu nuqtadan past bo‘lsa, 
korxona zararlarni qoplashi mumkin, agar pul kirimi harajatlarga teng bo‘lsa, 
korxona ishini zararsiz olib borayotgan bo‘ladi. ―Zararsizlik nuqtasi‖ tahlili 
investitsiya loyihasi quvvati yoki ishlab chiqarish hajmi mikdorini topish 
maqsadida qo‘llaniladi. 
Zararsizlik tahlili deganda, loyiha bo‘yicha ishlab chiqarish jarayonida ishlab 
chiqarish hajmi, mahsulot tannarhi va foydaning bir-biriga bog‘liqligini tadqiq 
qilish tushuniladi. Bunda eng asosiy maqsad harajatlarni qoplash uchun zarur 
bo‘lgan ishlab chiqarish hajmini aniqlashdan iborat va bu holat korxona 
rahbarlariga va loyiha menejerlariga quyidagi omillarni o‘zgarishining foydaga 
ta‘sirini aniqlash imkoniyatini beradi: 


189 
- doimiy harajatlar (miqdori ishlab chiqarish hajmiga qarab o‘zgarmaydigan 
harajatlar, masalan, qarz foizi, garov puli, ijara haqi, renta to‘lovlari va boshqalar); 
- o‘zgaruvchan xarajatlar (miqdori ishlab chiqarish hajmiga nisbatan to‘g‘ri 
mutanosiblikda o‘zgarib turuvchi harajatlar, masalan, ish haqi, xom ashyo, 
yoqilg‘i, yuk tashish harajatlari va boshqalar); 
- sotish hajmi; 
- mahsulot tannarhi; 
- sotilishi ko‘zda tutilgan mahsulot assortimenti. 
Harajatlarni qoplash uchun zarur bo‘lgan sotish hajmi maxsus nuqtani 
tavsiflaydi, ya‘ni u ishlab chiqarish hajmining kritik nuqtasini ifodalaydi. Mana 
shuning uchun ham bunday tahlil zararsizlik nuqtasi deb nomlanadi. Bunda 
korxona foyda ham olmaydi, zarar ham ko‘rmaydi, ya‘ni mahsulot sotishdan 
tushgan tushum mahsulotning to‘liq tannarhiga (harajatlarga) barobardir. 
Zararsizlik miqdorini hisoblash uchun, eng avvalo, quyidagi shart-sharoitlar 
kuzatilishiga ishonch hosil qilish lozim: 

ishlab chiqarish va marketing harajatlari ishlab chiqarish yoki sotish hajmi 
funktsiyasi hisoblanadi; 

ishlab chiqarish hajmi sotish hajmiga teng; 

doimiy ishlab chiqarish harajatlari har qanday ishlab chiqarish hajmi uchun 
bir xil; 

o‘zgaruvchan harajatlar ishlab chiqarish hajmiga proportsional ravishda 
o‘zgaradi va o‘z navbatida, to‘liq ishlab chiqarish harajatlari ham uning hajmiga 
proportsional o‘zgaradi; 

mahsulot birligi bahosi vaqt mobaynida o‘zgarmaydi, shuning uchun 
umumiy mahsulot sotish qiymati sotish baholari va sotilgan mahsulot miqdorining 
chiziqli funktsiyasi (ko‘paytmasiga teng) hisoblanadi; 

sotilgan mahsulotning sotish bahosi darajasi va o‘zgaruvchan hamda 
doimiy ishlab chiqarish harajatlari o‘zgarmas bo‘lib qoladi; 


190 

zararsizlik miqdori bir mahsulot uchun hisoblanadi, agarda mahsulot turli 
assortimentga ega bo‘lsa, u holda ishlab chiqariladigan miqdorlar o‘rtasidagi nisbat 
doimiy bo‘lib qolishi lozim. 
Ma‘lumki, zararsizlik nuqtasini aniqlash uchun, eng avvalo, sotish hajmi (Q) 
o‘zgarishining foydaga (P) ta‘sirini aniqlash lozim bo‘ladi. Bunday o‘zgarishlar 
nisbatini aniqlashdagi elementlar bo‘lib, mahsulot birligi narhi (P), mahsulot 
birligidagi o‘zgaruvchan xarajatlar (V) va mahsulot birligidagi doimiy xarajatlar 
(C). Formula quyidagi ko‘rinishga ega: 
P = P*Q – (V*Q + C) (9.1)
33
bu yerda: P – foyda; Q - sotish hajmi; P - mahsulot birligi narxi; V - mahsulot birligidagi 
o’zgaruvchan xarajatlar; C - mahsulot birligidagi doimiy xarajatlar.
Ishlab chiqarishning zararsizlik nuqtasida P = 0ga teng bo‘ladi va bundan 
zararsizlik nuqtasi kelib chiqadi: 
Q = C /( P –V) 
(9.2)
34
Shunday qilib, zararsizlik nuqtasini aniqlashda sotish narhi, mahsulot birligiga 
ketgan o‘zgaruvchan xarajatlar hamda ma‘lum vaqt (yil yoki oy) davomidagi 
doimiy xarajatlar eng muhim omillardandir. 
33
Кузнецов Б. Т. Инвестиции: Учеб. пос. для студентов вузов, обучающихся по направлению подготовки 
«Экономика». – М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2006.- С.315. 
34
Кузнецов Б. Т. Инвестиции: Учеб. пос. для студентов вузов, обучающихся по направлению подготовки 
«Экономика». – М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2006.- С.315. 


191 
Daromad, xarajat 
Sotishdan tushgan tushum P *Q 
To‘liq xarajatlar
Foyda V * Q+C 
O‘zgaruvchan harajatlar
Nz Doimiy harajatlar
Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi (birligi) Q

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin