192
tajribasidan foydalaniladi. Loyiha risklarini ekspert baholash algoritmi (tartibi) esa
quyidagilarni qamrab oladi:
- loyiha hayotiyligi bosqichlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan risklar
tarkibini ishlab chiqish;
- risklarni muhimlik darajasi bo‘yicha himoyalash.
Bu maqsadda risklarning
ehtimolligi, ushbu riskning xavflilik darajasi ekspert yo‘li bilan aniqlanadi.
Ekspert baholash jarayoni rasman quyidagicha amalga oshiriladi: Loyiha
(firma) rahbarlari savol tariqasida baholash mezonlarining ro‘yhatini ishlab
chiqadilar. Har bir mezon (kriteriya) uchun mos tarzda muhim bo‘lgan koeffitsient
belgilanadi. So‘ngra har bir mezon bo‘yicha javoblar variantlari tuziladi. Ekspertlar
baholanayotgan loyiha to‘g‘risida to‘liq ma‘lumotlarga ega bo‘lishlari
lozim
hamda loyihani ekspertiza qila turib, qo‘yilgan savollarni tahlil qilishlari,
shuningdek, javob variantlaridan birini tanlashlari lozim.
Ekspertlar tomonidan
to‘ldirilgan savol varaqlari ma‘lumotlarni qayta ishlash uchun tuzilgan kompyuter
dasturlari orqali tekshirib chiqiladi hamda olib borilgan ekspertizaning javoblari
chiqariladi. Bu usulning kamchiligi shundaki, ekspert loyihani shaxsiy tajribasidan
kelib chiqib baholaydi.
Subyektiv ehtimollik usuli loyihani baholovchi ekspertning fikrlariga, shaxsiy
tajribasiga asoslangan holda biror bir natijaga oid taxminlar ishlab chiqish
hisoblanadi. Bu usulni yuqorida ko‘rib chiqqan ekspertlar
baholash usulining bir
turi deb hisoblash mumkin. Sub‘ektiv ehtimollik usulining afzallik tomoni
shundaki, qaytarilmaydigan vaziyatlarda qo‘llash mumkinligi hamda kerakli
miqdorda statistik ma‘lumotlarning etishmasligi sharoitida ham foydalaniladi.
Iqtisodiy kategoriya sifatida risk zararlarning paydo bo‘lib
qolishi yoki
qo‘shimcha xarajatlarning kelib chiqishi ehtimolini tushunish mumkin. Risk
natijasida uch xil natijaga erishish mumkin: salbiy natijaga (zarar, yo‘qotish),
ijobiy natija (foyda, yutuq) yoki umuman hech qanday natija – 0 bo‘lishi mumkin.
Investitsiya loyihasini boshqarish deganda shu loyihaga salbiy ta‘sir etuvchi
risk omilini aniqlab uni pasaytirish yo‘llarini ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llash
hisoblanadi.