1) Qarzdorning kreditga layoqatliligini baholash. Horij bank amaliyotida
ssuda oluvchini balli baholashga asoslangan usul juda keng tarqalgan (skoring
metod). Bu usul mijoz reytingini aniqlashni ko‘zda tutadi. Qarzdorni baholash
mezonlari har bir bank uchun qattiq individuallashgan bo‘lib, uning amaliyotdagi
mavqeidan kelib chiqadi va vaqti-vaqti bilan qayta ko‘rib chiqiladi.
2) Bir qarzdorga beriladigan kreditning xajmini kamaytirish. Bu usul
qachonki, bank mijozning kreditga layoqatliligiga to‘liq amin bo‘lmasagina
qo‘llaniladi.
3) Kreditlarni sug’urtalash. Kreditni sug‘urtalash uning qaytmaslik riskini
to‘liq sug‘urta bilan shug‘ullanuvchi tashkilot zimmasiga yuklanishini ko‘zda
tutadi. Sug‘urtalash bilan bog‘liq barcha xarajatlar ssuda oluvchilar tomonidan
to‘lanadi.
4) Yetarli ta’minotni jalb qilish. Bunday usul bankka berilgan summaning
qaytishini va foiz olinishini kafolatlaydi. Kredit riskidan himoya qilishda asosiy
e‘tibor zararlarni qoplash uchun mo‘ljallangan etarli ta‘minotni jalb qilishiga emas,
balki ushbu zararlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun qarzdor kreditga layoqatliligini tahlil
qilishga qaratiladi. Chunki ssuda kredit kelishuviga muvofiq qaytarilishini hisobga
olib beriladi.
38
Староверова Г. С. Экономическая оценка инвестиций: Учеб. пос. – М. КНОРУС, 2006. - С.258.
198
5) Diskontli ssudalar berish. Diskontli ssudalar unchalik katta bo‘lmagan
darajada kredit riskini pasaytirishga yordam beradi. Bunday usulda kredit berish
minimum kreditga to‘lovni olishni ta‘minlaydi. Agar kredit riskidan
himoyalanishning boshqa usullari qo‘llanilmasa, uning qaytishi to‘g‘risidagi savol
javobsiz qolaveradi.
Yuqorida aytib o‘tilganlardan tashqari, bank kredit portfeli ustidan monitoring
o‘rnatishni kredit riskini oldini olishning eng birinchi sharti, deb qarash lozim.
Chunki har qanday bank tajribali hodimlari bilan ishlamasin, ular tomonidan
monitoring ishlari olib borilmas ekan, kredit riskini kamaytirish mumkin emas.
Bank kredit portfeli monitoringi jarayonini shartli ravishda 4 bosqichdan iborat,
deb olish mumkin:
- kreditlarni rasmiylashtirishning qonuniyligini va to‘g‘riligini nazorat qilish;
- berilayotgan kreditlarning maqsadga muvofiq ishlatilishini ta‘minlash va
nazorat qilish;
- qarzdorning va kafolat beruvchining moliyaviy holatini, garovga olingan
mulkning butligini doimiy kuzatib borish hamda kredit va u bo‘yicha hisoblangan
foizlarning belgilangan grafik asosida undirilishini nazorat qilish;
- kredit va u bo‘yicha hisoblangan foizlarni shartnomada belgilangan
muddatlarda undirib olishni ta‘minlash, o‘z vaqtida undirilmagan takdirda zudlik
bilan keskin chora-tadbirlar belgilash.
Ushbu tartibdagi monitoring kredit portfelidagi har bir kredit qarzi bo‘yicha
olib borilishi lozim.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan kredit riskini boshqarish usullari bo‘yicha taklif va
tavsiyalarning amaliyotga joriy qilinishi investitsiya loyihalari moliyaviy-iqtisodiy
samaradorligini ta‘minlashni takomillashtirishga xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, investitsiya loyihalaridagi pul oqimlarining
hisob-kitobi kelgusi yillarga asoslanganligi sababli prognoz xarakterga egadir. Shu
sababli investitsiya loyihasini tahlil qilishda hisob-kitob qilingan prognoz
ko‘rsatkichlar haqiqatda to‘g‘ri bo‘lib chiqishi qiyin yoki haqiqiy ko‘rsatkichlar
rejadagidan ozgina cheklanadi, yoki umuman xato bo‘lib chiqishi mumkin.
199
Shuning uchun investitsiya loyihasini tahlil qilish va loyiha ekspertizasini amalga
oshirishda investitsiya risklarini samarali boshqarilishini tashkil etish, risklar
tahlili natijalariga mos ravishda boshqarish usullarini tanlash, tanlangan usullar va
choralar va doirasida aniq chora-tadbirlarni qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi.