210
Kreditning ta‘minlanganligi uchun qabul qilinadigan mulk tez sotiladigan,
oldin biror majburiyat bo‘yicha garovga qo‘yilmagan, korxonaga tegishli bo‘lgan
mulk bo‘lishi kerak.
Uchinchi shaxsning moliyaviy kafolati yoki
kafilligi bilan beriladigan
ssudalar asosan boshqa bir tashkilotning kafolati asosida beriladi. Kafolat beruvchi
korxona yoki muassasa, agar qarz oluvchi kredit shartnomasida ko‘rsatilgan
shartlarni vaqtida bajarmasa, shu tufayli bank ko‘rgan zararlarni qoplashga kafillik
beradi va faoliyat davomida haqitatda shunday ahvol ro‘y bersa, o‘z mablag‘lari
hisobidan zararni qoplab beradi. Moliyaviy kafillik beruvchi tomon sifatida yuridik
shaxslar, shuningdek turli darajadagi davlat hoqimiyati organlari ishtirok qilishlari.
Dostları ilə paylaş: