O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti zoyirov Laziz Subxonovich Raimjanova Madina Asrarovna Saidov Rasulbek Boltabayevich Shoislomova Nargiza Qobilovna investitsiya loyihalari ekspertiza



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/100
tarix20.11.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#166138
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   100
Инвестиция лойиҳалари экспертизаси DARSLIK

 Birinchi 
bosqich

Agar 
qarz 
oluvchining 
vaqtinchalik 
moliyaviy 
qiyinchiliklari tufayli loyihalar amalga oshirilishida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar 
kuzatilsa, quyidagi tadbirlar o‘tkaziladi: 
a) bank bo‘limlarining ma‘sul xodimlari bilan fikr almashishi; 
b) quyidagi maqsadlarda xo‘jalik organlariga tashrif buyurish: loyihaning 
bajarilishini baholash; qarz oluvchining rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazish; 
loyihaning rivojlanish muammolarini aniqlash; risklarni baholash; kreditni 
o‘zlashtirishning qolgan davriga loyihaning biznes-rejasini (TIA) o‘rganib chiqish; 
korxona ishlab chiqarishni bir maromda tashkil etishi uchun qarz oluvchilar va 
manfaatdor shaxslar o‘rtasida muzokaralar olib borish; muammoli kreditlarning hal 
etilishini tashkil etish maqsadida kredit komitetini jalb etish va ular bilan 
muzokaralar olib borish. 
Ikkinchi bosqich
. Qarz oluvchining kredit yuzasidan muddati o‘zaytirilgan 
qarzlar bo‘yicha majburiyati. Bu bosqichda ko‘riladigan chora-tadbirlar 
quyidagicha: 
a) qarz oluvchining debitorlik majburiyatlari bilan ishlash. Bu ish qarz 
oluvchi faoliyatiga bog‘liq hamma faoliyatlar tahlilini talab etadi. Majburiyatlar 
zanjiri tuziladi, bir-biriga bog‘liq majburiyatlar qoplanishi sxemasi ishlab chiqiladi; 
b) mijozning hisob-raqamlari yopiladi. Ta‘sir ko‘rsatishning bu turi juda 
ehtiyotkorlik bilan amalga oshiriladi, chunki bu qarz oluvchining aylanma 
mablag‘larini butunlay yo‘qotishga olib kelishi mumkin; 
v) to‘lov muddatini o‘zaytirish. Kreditni uzaytirishni amalga oshirishda 
barcha moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar tahlili amalga oshiriladi, naqd pul bilan 
ta‘minlanganlik tekshiriladi, biznes-reja ishlab chiqiladi va materiallar loyihalar 
monitoringi boshqarmasiga beriladi. 
Bu erda o‘zgargan ko‘rsatkichlar yordamida yangi loyiha monitoringi rejasi 
ishlab chiqiladi va xulosa bilan birgalikda loyiha bo‘yicha kredit komitetiga taqdim 
etiladi. Kredit anketasi tuziladi va kredit portfeli monitoringi boshqarmasiga 


260 
beriladi. Ґisobotning hamma turlari va ma‘lumotlar bazasi bo‘yicha tegishli 
o‘zgartirishlar kiritiladi. 
Uchinchi bosqich
. Xizmat ko‘rsatuvchi bank mutaxassislari, loyihalar 
monitoringi boshqarmasi xodimlari, loyiha ekspertlari, hoqimiyat vakillari va 
boshqa manfaatdor shaxslar bilan birgalikda korxonaning ishlab chiqarish va 
moliyaviy-iqtisodiy faoliyati ishlab chiqarishni maromiylashtirish maqsadida 
tekshiriladi. Tegishli hollarda korxonaning rahbarlarini o‘zgartirish masalalari 
ko‘rib chiqiladi. 
To’rtinchi bosqich
. Muddati o‘zaytirilgan majburiyatlarni qoplash maqsadida 
o‘tkaziladigan monitoring garovga qo‘yilgan mulkni sotish yo‘li bilan amalga 
oshiriladi. 
Vujudga kelgan muammoli kreditlarning yuqoridagi bosqichlar asosida hal 
etilish tamoyili muammoli kreditlar bo‘yicha ko‘riladigan chora-tadbirlarning 
ijobiy natijasi, samarasini ta‘minlashi bilan o‘z ahamiyatini ko‘rsatib turadi. Lekin 
har bir investor yoki kreditlovchi bank va tashkilotlar o‘zlarining maqsadlari va 
faoliyat yo‘nalishi xususiyatidan kelib, chiqib mustaqil tarzda o‘ziga xos shakl va 
usul bo‘yicha muammoli kreditlarni hal etish chora-tadbirlari tizimini ishlab 
chiqadilar. 

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin