263
Amortizatsiya fondi
– asosiy fondlarni oddiy va kengaytirilgan tarzda ishga
tushirishga mo‘ljallangan pul mablag‘laridir.
Anderlaing
– optsion kontakt shartlariga muvofiq sotib
olish yoki sotish xuquqi
mavjud bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar.
Anderrayting
- qimmatli qog‘ozning emitent qo‘lidan birinchi investorga o‘tishi,
vositachi orqali ham bo‘lishi mumkin.
Aniq foizlar
- qisqa muddatli foizlar, 365 (366) kunga teng bo‘lgan vaqt bazasiga
asosan hisoblanadi.
Annuitet
– bir xil davr mobaynida bir xil foiz stavka asosida bir xil to‘lovlarning
yoki pul oqimlarining kelib tushishi.
Aylanma mablag’lar
– korxona mablag‘larining bir ishlab chiqarish jarayonida
to‘liq iste‘mol qilinuvchi qismi bo‘lib, o‘z ichiga xom ashyo, material, yoqilg‘i, energiya,
ehtiyot qismlar kabilarni oladi.
Balans
- korxonaning pul ifodasidagi mablag‘larini tarkibi va joylashishi (aktiv),
shuningdek, ularning tashkil topish negizi, belgilangan yo‘nalishi va qaytish muddatlarini
(passiv) bu kungi holatini o‘zida aks ettiruvchi yig‘ma xujjat.
Bank
- pul mablag‘larining (milliy va chet el vositalarining) jamg‘arilishini amalga
oshiruvchi, kredit beruvchi, pul hisob-kitoblarini o‘tkazuvchi va qimmatli qog‘ozlarning
muomalasini
tashkil qiluvchi, yirik investitsiyalar qiluvchi,
mamlakatning pul-kredit
siyosatini hayotga tatbiq qiluvchi korxona.
Bank aktivlari
– banklarning asosiy faoliyatini amalga
oshirishda foydalanuvchi
turli moddiy va moliyaviy resurslar majmui. Ular asosan bank kreditlari, asosiy vositalari,
sotib olgan qimmatli qog‘ozlari, investitsiyalari, valyuta boyliklari ko‘rinishida bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: