265
Biznes-reja investorni o‘zi yo‘naltirayotgan investitsiyalarni samarali bo‘lishiga ishonch
hosil qilishiga mo‘ljallangan.
Bosh loyihalashtiruvchi
- bu loyihaning smeta hujjatlarini
ishlab chiquvchi
tashkilot bo‘lib, xalqaro tajribalarda bular arxitektor va injenerlar ham bo‘lishi mumkin.
Boshqaruv riski
– bu ishlab chiqarish riskining bir turi bo‘lib, boshqaruvchi
shaxsning tajriba va malakasini etarli darajada emasligi natijasida ro‘y beradi.
Ayrim
hollarda, boshqaruv riski deganda, loyiha faoliyatining barcha
faza va bosqichlaridagi
menejment darajasining pastligi va xatolari bilan bog‘liq risklar tushuniladi.
Daromad solig’i
– fuqarolarni bir yil davomidagi yalpi daromadidan olinadigan
majburiy to‘lov (soliq).
Daromadlilik indeksi (profitobility index, PI)
–
investitsiya loyihasining
diskontlangan daromadlarining diskontlangan investitsiya harajatlariga nisbati
tushuniladi, bu ko‘rsatkich investorning 1 so‘m sarf qilgan investitsiyalariga necha so‘m
daromad kelishini aniqlab beradi.
Daromadlilikning pasayishi riski
– qo‘yilmalar, kreditlar, portfelli investitsiyalar
bo‘yicha foizlar va dividendlar miqdorining kamayishi
natijasida yuzaga keladi,
daromadlilikning pasayishi risklari o‘z ichiga foiz va kredit risklarini qamrab oladi.
Dostları ilə paylaş: