O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti zoyirov Laziz Subxonovich Raimjanova Madina Asrarovna Saidov Rasulbek Boltabayevich Shoislomova Nargiza Qobilovna investitsiya loyihalari ekspertiza



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/100
tarix20.11.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#166138
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   100
Инвестиция лойиҳалари экспертизаси DARSLIK

Deflyatsion risk
- deflyatsiyaning o‘sishi holatida baho darajasining tushishi
daromadlarning pasayishi, tadbirkorlikning rivojlanishi uchun shart-sharoitning 
yomonlashuvi sodir bo‘ladi.
Diversifikatsiya
– (lotinchadan diversus- har xil va facere-qilmoq, bajarmoq) – 
ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, mahsulot va xizmatlarni sotish bozorlarini 
kengaytirish maqsadida tarmoq va korxonalar faoliyat sohalarini kengaytirish, mahsulot 
va xizmatlar assortimentlarini ko‘paytirish. 
Dividend 
– aktsioner jamiyati sof foydasining bir qismi, aktsionerlarga daromadlar 
naqd pul yoki aktsiyalar bilan to‘lanadi. 
Emissiya 
– qog‘oz pullarning g‘aznaxonaga yoki boshqa davlat moliya organlari 
tomonidan muomalaga chiqarilishi; barcha shakldagi pul belgilarini muomalaga 
chiqarish. 


266 
Fond bozori
– qimmatli qog‘ozlar va boshqa moliyaviy vositalarning oldi-sotdi 
jarayonlari amalga oshiriluvchi maxsus tashkillashtirilgan bozor. 
Fors-major riski
 
– loyiha faoliyatiga tegishli bo‘lmagan tashqi risklardan biri 
bo‘lib, unga er silkinishi, yong‘inlar, suv toshqini, bo‘ronlar va boshqa tabiiy hodisalar 
kiradi. Fors-majorga ayrim ijtimoiy va siyosiy tabiiy hodisalar ham kiradi: ish tashlashlar, 
inqiloblar, qo‘zg‘olonlar va boshqalar. 
Foydaning boy berilishi riski
- bu risk amalga oshirilmagan tadbirlar natijasida 
kelib chiqadigan qo‘shimcha (bilvosita) zararlar hisoblanib, bu risk tarkibiga quyidagilar 
kiradi: birjaviy risklar; selektiv risklar; bankrotlik risklari. 
Garov ta’minoti
- kredit summasining 120 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda, 
hukumat va uchinchi shaxslar kafolatlari, sug‘urta polislari, asosiy vositalar, bino va 
inshootlar (baholangan qiymatining 70 foizigacha miqdorida), asbob-uskunalar 
(baholangan qiymatining 60-70 foizi miqdorida) bo‘lishi lozim. 
Hozirgi iqtisodiy adabiyotlarda ko‘proq investitsiyalar degan sinonim termin 
qo‘llaniladi, to‘g‘ridan - to‘g‘ri investitsiyalar, real investitsiyalar va asosiy kapital kabi 
sinonim terminlar ham qo‘llaniladi. 

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin