O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti zoyirov Laziz Subxonovich Raimjanova Madina Asrarovna Saidov Rasulbek Boltabayevich Shoislomova Nargiza Qobilovna investitsiya loyihalari ekspertiza



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/100
tarix20.11.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#166138
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   100
Инвестиция лойиҳалари экспертизаси DARSLIK

11.4.
 
Investitsiya loyihasi bo’yicha monitoring rejasi
Bank muassasalari investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga mablag‘ ajratib, 
kredit bergan vaqtdan boshlab qarz oluvchining kreditga layoqatliligini tahlil 
qilish, kreditning maqsadli ishlatilishi ustidan nazoratni (tekshiruvni), ya‘ni 
loyihani moliyalashtirishning monitoringini olib boradi. 


241 
Qarz olgan bank mizojlari o‘z qonun va qoidalariga ega bo‘lgan bozor 
muhitida, raqobatchilik sharoitida faoliyat yuritadilar. To‘g‘ri rivojlanish 
strategiyasini tanlab olmagan, bozor sharoitiga moslashmagan korxonalar o‘z 
pozitsiyalarini boy beradilar. Qarz berilgan paytda rivojlanish istiqboliga ega 
bo‘lgan qarz oluvchi bir necha oydan so‘ng ob‘ektiv va sub‘ektiv omillar ta‘sirida 
qiyin moliyaviy ahvolga tushib qolishi mumkin. Natijada bank kreditining 
qaytarilmasligi xavfi yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun loyihani 
moliyalashtirishga mablag‘ ajratgan bank (kreditor) qarz holatini loyihaning butun 
muddati davomida doimiy ravishda nazorat qilib borishi, o‘z vaqtida yuzaga 
kelayotgan muammolardan darak beruvchi «signal»larni aniqlashi juda muhim 
ahamiyatga ega. 
Loyihani 
moliyalashtirish 
monitoringi 
moliyalashtirishga 
ajratilgan 
mablag‘lar qay yo‘sinda ishlatilayotganligini nazorat qilish, uning maqomidagi 
o‘zgarishlarni aniqlash va tegishli chora-tadbirlarni ko‘rish tizimini ko‘zda tutadi. 
Uning maqsadi asosiy qarz va u bo‘yicha hisoblangan foizlarning o‘z muddatida 
qoplanishini ta‘minlashdan iborat. 
Monitoring, eng avvalo, loyihani moliyalashtirishga mablag‘ berish bitimiga 
tegishli barcha hujjatlarni va ularning shartlari bajarilishini, ularning bank-kredit 
siyosatiga, qabul qilingan me‘yorlar va tartiblarga muvofiqligini davriy tekshirib 
borishni o‘z ichiga oladi. Navbatdagi qadam qarzdorning moliyaviy layoqatini 
baholash bo‘lib, uning balansini, foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotini hamda 
mijozning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tavsiflovchi boshqa hujjatlarini tahlil 
qilish asosida amalga oshiriladi. 
Monitoringning yana bir muhim tomoni kreditni qoplashning ikkilamchi 
manbai - uning qaytarilishining ta‘minotini tekshirish hisoblanadi. 
Bugungi kunda respublikamizda har yili yuzlab loyihalarni moliyalashtirish 
amalga oshirilmokda. 
Bu loyihalar davlat byudjeti mablag‘lari, xalqaro kredit 
liniyalari mablag‘lari hisobiga, Biznes-fond va byudjetdan tashqari fondlar, 
banklar, chet ellik va xususiy investorlar tomonidan moliyalashtirilar ekan, albatta, 
bu mablag‘larning qaytarilishi va ma‘lum miqdorda ularning foyda bilan 


242 
ta‘minlanishi talab etiladi. Ushbu mablag‘larning muayyan foydasi bilan 
qaytishligini aniqlash, tekshirib borish va tahlil qilib turish uchun kreditorlar 
tomonidan, shuningdek mol etkazib beruvchilar, xususan, lizing, sug‘urta 
kompaniyalari va kafillik beruvchi tashkilotlar tomonidan loyihalarning 
monitoringi olib boriladi. 
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida ham moliyalashtirilayotgan 
barcha loyihalar ustidan monitoring olib borishning umumiy tizimi joriy qilingan. 
Har bir moliyalashtiruvchi yoki kreditlashni amalga oshiruvchi tashkilotlar 
o‘zlarining faoliyat turi va xususiyatlaridan kelib chiqib, o‘zlariga xos bo‘lgan 
monitoring o‘tkazish tartibini ishlab chiqadilar va shu asosda faoliyat yuritadilar.
O‘zbekistonda Davlat mulk qo‘mitasi Moliya Vazirligi bilan birgalikda 1998 
yil 30 martda ―Korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tahlil etish va 
monitoringni yuritish tartibi‖ asosida monitoring mexanizmi yo‘lga qo‘yilgan. 
Ushbu tartibga 1998 yil 19 avgustda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu 
tartibda monitoringning qisqacha mazmuni keltirilgan. Ushbu tartibga ko‘ra, 
monitoring - bu loyihaning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli kuzatuv olib 
borishdir. 
Monitoringning mazmuni «ko‘zgu» degan ma‘noni anglatadi. Monitoringni 
yuritishda quyidagilar ko‘zda tutiladi: 
1.
Amalga oshirilmoqchi bo‘lgan loyihada nima ishlab chiqarish ko‘zda 
tutilganligi. 
2.
Ishlab chiqarish jarayonini bilishlik, ya‘ni mahsulot ishlab chiqarish 
jarayonini boshidan oxirigacha kuzatib borish. 
3.
Ishlab chiqarish korxonasining tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va 
ekologik jihatdan asoslanishi va tashkil etilishi. 
4.
Loyihani moliyalatirish manbalarini aniqlash va uni moliyalashtirishni 
amalga oshirish. 
Monitoring olib borish bosqichlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 
-
korxonaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni 
yig‘ish va qayta ishlash; 


243 
-
olingan ma‘lumotlar asosida korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik holatini 
tahlil etish; 
-
tahlil natijalari bo‘yicha xulosalar qilish va takliflar berish. 
Xulosa qilib aytganda, birinchidan, monitoringning qisqacha mazmuni 
loyihani amalga oshirish bo‘yicha tizimli nazorat olib borish sifatida tushuniladi. 
Uning kelib chiqishi investor yoki kreditorning va loyihani amalga oishirishdan 
manfaatdor bo‘lgan boshqa shaxslarning o‘z manfaatlari doirasida loyihaning 
maqsadga muvofiq amalga oshirilishini ta‘minlash zaruriyatiga asoslanadi, 
ikkinchidan, monitoring, asosan, loyihani moliyalashtiruvchi muassasalar, sug‘urta 
kompaniyalari mol etkazib beruvchilar, loyiha uchun berilgan kreditning 
qaytarilishiga kafolat beruvchi shaxslar tomonidan olib boriladi va u bir necha 
bosqichlarda o‘tkaziladi.
Shakllantirilgan investitsiya loyihasining samarali amalga oshirilishi, ko‘p 
hollarda, uni amalga oshirishning tezkor rejasining o‘z vaqtida va sifatli ishlab 
chiqilishiga bog‘liq bo‘ladi. Bunday tezkor reja amaliyotda investitsiya loyihalarini 
amalga oshirishning kalendar rejasi (taqvim rejasi) deb nomlanadi. 
Investitsiya loyihasini amalga oshirishning kalendar rejasini ishlab chiqish 
muayyan tamoyillarga asoslanadi va muayyan ketma-ketlikda amalga oshiriladi. 
Quyida biz ushbu tamoyillarni ko‘rib chiqamiz: 
1. Kalendar rejaning ob‘ekt tabaqalanishi (differentsiyasi) bo‘yicha tamoyili 
kalendar rejalashtirish investitsiya loyihasining butun davriga asoslanib amalga 
oshirilishi kerakligini ko‘zda tutadi. Loyihani amalga oshirishni kalendar 
rejalashtirish jarayoni uni amalga oshirishning baza muddatlariga va biznes-rejada 
aks ettirilgan investitsiyalar oqimi jadvaliga asoslanadi. 
Har bir investitsiya loyihasi bo‘yicha uni amalga oshirish uchun bank 
tomonidan loyiha monitoringini olib boruvchi loyiha menejeri belgilanadi. 
2. Kalendar rejaning vaqtinchalik tamoyili ishlab chiqish shakli bo‘yicha 
uning detallashtirilishining turli xil darajasini nazarda tutadi. Investitsiya loyihasini 
amalga oshirish bo‘yicha kalendar rejaning vaqtinchalik differentsiyasining asosiy 
shakllari quyidagilar hisoblanadi: 


244 
- kalendar reja investitsiya loyihasini amalga oshirishning yillik jadvalini 
tezkor rejalashtirish natijalarini aks ettiruvchi boshlang‘ich va asosiy hujjat 
hisoblanadi. U (yillik jadval) bir necha yillar davomida amalga oshiriladigan 
loyihalar bo‘yicha rejalashtirilayotgan kalendar yil doirasida bajarilishi ko‘zda 
tutilayotgan ishlar hajmini o‘z ichiga qamrab oladi. Shuningdek u bir yil 
mobaynida amalga oshiriladigan loyihalarda loyihaning maqsadiga ko‘ra bajarilish 
muddati va ketma-ketligi bilan tavsiflanadi. 
- loyihani amalga oshirish bo‘yicha ishlarning choraklik yoki yillik rejasi 
ularning ko‘rsatilgan vaqtinchalik oraliqlari doirasidagi aniq hajmlarini qamrab 
oladi. Ularni ishlab chiqishning asosi bo‘lib, detallashtirishning tegishli ketma-
ketligi bilan investitsiya loyihasini amalga oshirishning yillik jadvali hisoblanadi. 
Ishlarning choraklik rejasi yillik rejaning taqdim etilishi bilan bir vaqtda taqdim 
etiladi va tasdiqlanadi. 
- dekadali (o‘n kunlik) topshiriqlar ishlarni bajarishning oylik rejasini ketma-
ket detallashtirish shakli hisoblanadi. Bizning mahalliy amaliyotda kalendar rejani 
tabaqalashning bu shakli kamdan-kam hollarda qo‘llaniladi. Biroq, yirik 
investitsiya loyihalari uchun jalb etiladigan ko‘pgina xorijiy pudratchilar kalendar 
rejalashtirishning bunday shaklini keng tadbiq etadilar. 
3. Kalendar rejaning funktsional tabaqalanishi tamoyili uning alohida 
funktsional qismlarga bo‘linishini nazarda tutadi. Bu investitsiya loyihasini amalga 
oshirishning kalendar rejasini ishlab chiqish jarayonining birmuncha ma‘suliyatli 
qismidir. Bunday bo‘linish loyihaning hajmi va amalga oshirilishi bosqichiga 
bog‘liqdir. Uning asosiy funktsional qismlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 
a) loyihani amalga oshirishga tayyorlash; 
b) loyiha-konstruktsiya ishlari; 
v) moddiy-texnikaviy ta‘minlash; 
g) qurilish-montaj ishlari; 
d) loyihani ekspluatatsiyaga kiritish; 
e) loyiha quvvatlarini ishga tushirish
j) loyiha bo‘yicha qarzlarni qaytarish. 


245 
4. Kalendar reja zahirasini shakllantirish tamoyili unga alohida kiritilgan 
ishlar muddatlarining tahlil qilingan buzilish hollarini aniqlashdan va ushbu 
zahiraning loyihani amalga oshiruvchi ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanishidan 
iborat. Kalendar rejadagi har bir ish uni bajarish uchun zarur bo‘lgan vaqt bilan, 
ishlarning boshlanish va tugallanish muddatlari bilan tavsiflanishi kerak. Ishlab 
chiqilgan reja real bo‘lishligi uchun alohida ishlarni bajarishning rejalashtirilgan 
vaqti 75-80% dan kam bo‘lmagan ishonch bilan aniqlangan bo‘lishi kerak. Bunday 
ehtimollik asosida ko‘zda tutiladigan zahira jami kalendar reja muddatining 10-
12% ini tashkil etishi kerak. 
5.
Kalendar reja bajarilishini doimiy nazorat qilish tamoyili investitsiya 
loyihasini amalga oshirishning kalendar rejalashtirilishi tegishli nazorat qiluvchi 
blokni ham o‘z ichiga qamrab olishidan iborat. Bu tamoyilning bajarilishi uchun 
joriy monitoring qo‘llaniladi. 
Loyihani amalga oshirishning yaxshi ishlab chiqilgan kalendar rejasidan 
tashqari investitsiya loyihasini amalga oshirishning byudjeti ham juda muhim 
sanaladi. Investitsiya loyihasini amalga oshirishning samaradorligi ko‘pgina 
hollarda uni moliyalashtirishning asoslangan rejasi bilan aniqlanadi. Amaliyotda 
bu moliyaviy reja «Investitsiya loyihasini amalga oshirishning byudjeti» deb 
nomlanadi (yoki loyiha «byujdeti»). Byudjet investitsiya loyihasini amalga 
oshirish bilan bog‘liq xarajatlar va mablag‘lar tushumini aks ettiruvchi qisqa 
muddatli (bir yilgacha) tezkor moliyaviy reja sifatida o‘zini namoyon etadi. 
Investitsiya loyihasini amalga oshirish byudjetini ishlab chiqish ikkita asosiy 
vazifalarni hal etishga qaratilgan bo‘ladi: 
1.
Kalendar rejaning alohida bosqichlari hajmida investitsiya loyihasini 
amalga oshirish bo‘yicha xarajatlar hajmi va tuzilishini aniqlash. 
2.
Investitsiya 
loyihasini 
amalga 
oshirishni 
moliyalashtirish 
uchun 
belgilangan jami mablag‘lar hajmi doirasidagi investitsiya resurslari oqimining 
zarur bo‘lgan xarajatlarni qoplashini ta‘minlash. 
Investitsiya loyihasini amalga oshirish byudjetini ishlab chiqish uchun asosiy 
ma‘lumot hujjatlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 


246 
- investitsiya loyihasini amalga oshirishning kalendar rejasi; 
- alohida ko‘rinishdagi ishlarni bajarish va kalendar rejaning alohida 
funktsional bloklari ko‘rinishida ishlab chiqilgan xom ashyolar, materiallar, 
moslamalar va uskunalarni sotib olish xarajatlari smetalari;
- investitsiya loyihasini moliyalashtirishning umumiy strategiyasi; 
- loyiha biznes-rejasini ishlab chiqish bosqichida tuzilgan investitsiyalar 
oqimining oldindan bashorat qilingan jadvali. 
Investitsiya jarayoni bosqichlariga bog‘liq holda investitsiya loyihasini 
amalga oshirish vaqtida ikki xil ko‘rinishdagi byudjet ishlab chiqilishi mumkin: 
1.
Kapital sarflar va mablag‘lar tushumi byudjeti. Bu byudjet yangi qurilish 
bilan ob‘ektning kengaytirilishi, ta‘mirlanishi va texnik jihatdan qayta 
qurollantirilishi bilan bog‘liq qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish bosqichida 
ishlab chiqiladi. 
2.
Joriy pul sarflari va daromadlari byudjeti. Bu byudjet investitsiyalash 
ob‘ektini ekspluatatsiya qilish bosqichida (uning ishga tushirilishidan keyin) ishlab 
chiqiladi. 
Investitsiya loyihasini amalga oshirishning kalendar rejasi va byudjeti puxta 
ishlab chiqilgandan so‘ng kuzatish, tekshirish va nazorat qilish tizimiga ega 
bo‘lgan monitoring olib boriladi. Amalga oshirilmoqchi bo‘lgan loyiha doimiy 
nazorat yoki monitoringni talab etadi. Investitsiya loyihalarini amalga oshirish 
monitoringi tizimi investitsiya bozori kon‘yunkturasining doimiy o‘zgarib turishi 
sharoitida barcha investitsiya loyihalarini amalga oshirishning muhim joriy 
natijalarini doimiy kuzatib borishni ta‘minlash uchun bank yoki kompaniyalarda 
ishlab chiqilgan mexanizm sifatida o‘zini namoyon etadi. 
Banklar tomonidan amalga oshirilgan investitsiya loyihalari monitoringi 
tizimini ishlab chiqishning asosiy maqsadi bo‘lib, investitsiya faoliyati 
samaradorligini keltirib chiqaruvchi rejalashtirilgan ma‘lumotlarga nisbatan yuz 
bergan chetlanishlarni o‘z vaqtida hal etish, bu chetlanishlarni keltirib chiqaruvchi 
sabablarni tahlil etish va investitsiya faoliyatini me‘yorlashtirish hamda 


247 
samaradorligini oshirish maqsadida uning alohida yo‘nalishlarini tegishlicha 
tartibga keltirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish hisoblanadi. 
Investitsiya loyihalarini amalga oshirish monitoringi tizimini yaratish 
quyidagi asosiy tamoyillardan foydalanishga asoslanadi: 
1.
Kuzatish uchun investitsiya faoliyatining birmuncha muhim yo‘nalishini 
tanlash. Bu tamoyilning amalga oshirilishi kompaniya investitsiya faoliyatining 
maqsadli shakllantirilgan ma‘lumotiga asoslanadi, shu bilan birga investitsiya 
loyihalarini amalga oshirish jarayonida kuzatishga tegishli bo‘lgan ushbu 
faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarining aniqlanishi bilan bog‘liq holdagi real 
investitsiyalarning portfeli bo‘yicha ma‘lumotlarga ham asoslanadi. Birinchi 
navbatda, kuzatish kalendar reja va byudjetning ularning asosiy bo‘limlari 
bo‘yicha amalga oshirilishi ustidan tashkil etilgan bo‘lishi kerak. 
2.
Investitsiya loyihalarini amalga oshirishning har bir yo‘nalishi bo‘yicha 
hisobot ko‘rsatkichlari tizimini yaratish. Ko‘rsatkichlarning bunday tizimi, birinchi 
navbatda, buxgalteriya hisobi va statistik hisobot ma‘lumotlariga asoslangan 
bo‘lishi kerak. Kompaniyada alohida qo‘shimcha ko‘rsatkichlarni kiritish 
zaruriyati paydo bo‘lganda «boshqaruv hisobi» deb nomlanuvchi tizim yaratiladi. 
Bu tizim tezkor buxgalteriya hisobotini to‘ldirishga xizmat qiladi va samarali 
boshqarish ehtiyojiga bo‘ysindirilgan bo‘ladi (investitsiya faoliyatini boshqarish 
bunday hollarda boshqaruv hisobining mustaqil bloki hisoblanadi).
Hisobot (ma‘lumot)lar ko‘rsatkichlari tizimi loyiha bo‘yicha birmuncha 
muhim ko‘rsatkichlar tuzilishi va hajmi bo‘yicha kalendar rejani amalga oshirish 
jarayonini, xarajatlar hajmi va tuzilishi bo‘yicha byudjetning bajarilishini, 
shuningdek ularni xususiy, qarz va jalb qilingan manbalar ko‘rinishida 
moliyalashtirish bo‘yicha ham aks ettirishi kerak. Ґisobotlar ko‘rsatkichlari 
tizimida qarz oluvchilar (mijozlar) bilan olib boriladigan suhbat asosiy o‘rinni 
egallaydi. Qarz oluvchi bilan suhbatni ushbu korxonalar bilan shug‘ullanuvchi 
bank xodimi olib borishi kerak, chunki u korxonada yuz beradigan holatlar 
to‘g‘risida etarli tasavvurga ega bo‘ladi. 


248 
Suhbatdan tashqari, bu tizimda bank xodimlari tomonidan loyiha ob‘ektiga 
borib turish yaxshi rejalashtirilgan bo‘lishi kerak. Ob‘ektni bevosita ko‘zdan 
kechirish va tanishish investitsiya loyihasini amalga oshirish jarayoni to‘g‘risida 
aniq ma‘lumotlar beradi.
3.
Investitsiya loyihasini amalga oshirishning har bir yo‘nalishi bo‘yicha 
umumlashtirib baho beruvchi (analitik) ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish. 
Baholovchi ko‘rsatkichlar tizimi korxona investitsiya faoliyatining alohida 
yo‘nalishlari monitoringi maqsadidan kelib chiqib yaratiladi va buning uchun jalb 
etiluvchi ma‘lumotlar (hisobotlar) ko‘rsatkichlariga asoslanadi. Ketma-ket olib 
boriluvchi tahlilning qulayligi uchun bu baholovchi ko‘rsatkichlar tizimi uning 
asosiy bo‘limlari ko‘rinishida shakllantirilgan bo‘lishi kerak. 
Tahlilning bunday bo‘limlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: investitsiya 
loyihasini amalga oshirish uchun moliyaviy resurslarni shakllantirish; investtsiya 
loyihasini amalga oshirish uchun yo‘naltirilgan moliyaviy resurslarni 
o‘zlashtirilishi; qurilish ob‘ekti bo‘yicha ishlar rejasining bajarilishi; investitsiya 
loyihasi bo‘yicha mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish rejasining bajarilishi; 
investitsiya loyihasi bo‘yicha foyda rejasining bajarilishi; investitsiya loyihasi 
bo‘yicha aktivlarning shakllanishi; investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha 
joriy samaradorlik va boshqalar. 
Baholovchi ko‘rsatkichlar tizimini yaratishdagi alohida bo‘limlar doirasida 
ularning funktsional bo‘linmalari alohida ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin. Bunga 
misol, «investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun moliyaviy resurslarni 
shakllantirish» bo‘limida baholovchi ko‘rsatkichlarning quyidagi bo‘linmalari 
ajratilgan bo‘lishi mumkin: 
-
moliyaviy resurslarni jalb qilish bo‘yicha vazifani bajarish darajasi; 
-
investitsiya loyihasini moliyalashtirishda xususiy va qarz mablag‘larining 
ishtirok etish darajasi; 
-
investitsiya loyihasini moliyalashtirish manbalarining hisoboti va 
boshqalar. 


249 
-
har bir bo‘limning bo‘linmalarida birmuncha muhim baholovchi 
ko‘rsatkichlarning aniq ro‘yxati shakllantiriladi. 
Investitsiya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ko‘pgina banklarda umumiy 
baholovchi ko‘rsatkichlar hisob-kitobi shaxsiy elektron hisoblash mashina 
(ShEHM)larida maxsus dasturlar yordamida avtomatik tartibda amalga oshiriladi
shuning uchun ko‘rsatkichlarning shakllangan tizimiga bir vaqtda jalb qilingan 
ma‘lumotlar ko‘rsatkichlari asosida ularning har birining hisob-kitob amaliyotini 
ishlab chiqishga to‘g‘ri keladi. Moliyalashtirish manbasining mosligi va 
moliyalashning ko‘rinishi ham baholovchi ko‘rsatkichlarni hisoblash usuliga ta‘sir 
ko‘rsatadi, shuning uchun har bir tomon o‘zini baholovchi ko‘rsatkichlarni 
hisoblash uchun dasturli ta‘minot sifatida namoyon etadi. 
4.
Ma‘lumotlarning (baholovchi ko‘rsatkichlarning) hisobot bazasini 
shakllantirishning davriyligini o‘rnatish. Bunday davriylik investitsiya loyihasini 
amalga oshirishning kalendar rejasi va byudjetining davriyligidan kelib chiqqan 
holda aniqlanadi. Bunday davriylikning hisobga olinishi bilan u quyidagilarga 
ajratiladi: tezkor hisobot (dekadali yoki ikki haftali); oylik hisobot; choraklik 
hisobot; yarim yillik hisobot. 
Yillik hisobot ko‘rsatkichlari investitsiya loyihalarini amalga oshirish joriy 
monitoringining ob‘ekti hisoblanmaydi, chunki ko‘rsatkichlar o‘zgarishining 
dinamikasini oylar bo‘yicha kuzatish mumkin emas. 
Yuqorida ko‘rsatilgan to‘rtta tamoyillar bilan bog‘liq holda bajarilgan ishlar 
investitsiya 
loyihalarini 
amalga 
oshirish 
monitoringining 
nihoyalangan 
(tugallangan) ma‘lumot blokini tuzishga imkon beradi. Bu ma‘lumotdan, nafaqat, 
bank ichida, shuningdek korxonalar reytingini tuzishda ham foydalanish mumkin. 
5.
Ko‘zda tutilgan haqiqiy natijalardan chetlashishga olib keluvchi asosiy 
sabab (omil)larni tahlil etish. Tahlilning bunday jarayonida, birinchi navbatda, 
kalendar rejadan yoki byudjetdan «kritik chetlashuvlar» kuzatiladigan 
ko‘rsatkichlar ajratiladi. «Kritik chetlashuvlar» mezoni sifatida dekadali (ikki 
haftali) davr bo‘yicha 20% yoki undan ortiq miqdordagi chetlashishlar; oylik davr 


250 
bo‘yicha 15% yoki undan ortiq foizlar; choraklik bo‘yicha esa 10% va undan 
yuqori bo‘lgan foizlar qabul qilinishi mumkin. 
6.
Alohida 
investitsiya 
loyihalarini 
amalga 
oshirish 
jarayonini 
me‘yorlashtirish imkoniyatlari va zahiralarini aniqlash. Monitoringni tashkil 
etishning mazkur tamoyilini amalga oshirish jarayonida zahiralar alohida 
funktsional bloklar ko‘rinishida va loyihalarni amalga oshirish jarayonini 
me‘yorlashtirish bo‘yicha buyurtmachi va pudratchilarning imkoniyatlarini 
o‘rganish bilan qaraladi. Bunday imkoniyatlarning biri sifatida byudjetning 
moliyaviy zahirasidan foydalanish ko‘rib chiqilgan bo‘lishi mumkin. 
7.
Alohida investitsiya loyihalarini amalga oshirishning kalendar rejasi va 
byudjetning o‘zgarishi bo‘yicha takliflarni asoslash. Agar alohida investitsiya 
loyihalarini amalga oshirish jarayonini me‘yorlashtirish imkoniyatlari cheklangan 
bo‘lsa (ya‘ni to‘liq hajmda me‘yorlashtirishga olib kelolmasalar) yoki mavjud 
bo‘lmasa, u holda monitoringning yakunlovchi bosqichi bo‘lib, byudjet va joriy 
rejalashtirilgan - kalendar rejaning asosiy hujjatlariga tegishlicha tuzatishlar 
kiritish bo‘yicha takliflarni asoslash hisoblanadi. Alohida hollarda investitsiya 
loyihasining investitsiya portfelidan «chiqishi» to‘g‘risidagi taklif asoslangan 
bo‘lishi mumkin. 
Investitsiya loyihalari monitoringi faqat uni amalga oshirish jarayonigagina 
xos bo‘lmasdan, balki ularni moliyalashtirishga bo‘lgan davrlarda ham o‘tkaziladi. 
Loyihani moliyalashtirishga qadar o‘tkaziluvchi monitoringning ahamiyati 
shundaki, u loyihani moliyalashtirish davridagi monitoringga nisbatan afzalroq va 
ahamiyatliroq hisoblanadi. Chunki uning natijasida investorlarning loyihani 
amalga oshirishdagi maqsadlari oldindan ko‘proq ta‘minlanish imkoniyatlari hosil 
qilinadi. 
Loyihani moliyalashtirishga qadar o‘tkaziladigan monitoring quyidagilarni 
o‘z ichiga qamrab oladi: investitsiya kontseptsiyalarini qidirish; loyihani 
boshlang‘ich tayyorlash; loyihani so‘nggi shakllantirish va uning texnik-iqtisodiy 
moliyaviy afzalligini baholash; loyihani uzil-kesil ko‘rib chiqish va u bo‘yicha 
qarorlar qabul qilish. 


251 
Loyihaning ushbu bosqichlardan o‘tishi investitsiyalarning amalga 
oshirilishini ta‘minlaydi. Bunday vaziyatni keltirib chiqarish uchun investitsiya 
g‘oyasini amalga oshirishning barcha jihatlari puxta tayyorlanishi va shunga mos 
biznes-reja (investitsiya loyihasi) ishlab chiqilishi lozim. Bunday loyiha salohiyatli 
(potentsial) investorlar manfaatiga mos kelar ekan, demak, o‘tkazilgan tadqiqot 
ishlari ko‘zlangan natijaning hosil qilinishini ta‘minlaganligini ko‘rsatadi.
Natijalar va o‘tkazilgan tahlillarning foydali hisoblanishi loyihani amalga 
oshirish va uni moliyalashtirishning eng yaxshi variantini (sxemasini) tanlash 
to‘g‘risida qaror qabul qilish imkonini (bosqichiga o‘tishni) beradi. Ushbu bosqich 
yondashuvining afzalligi loyihani tayyorlashga sarflangan xarajatlarning 
samaradorligini ko‘rsatib berish va oshirishda yaqqol ko‘zga tashlanadi. 
Shuningdek ushbu bosqich eng ustuvor va samarali loyihani aniqlash va tanlab 
olish imkonini ham beradiki, bu esa istiqbolsiz deb topilgan loyihalarning o‘z 
vaqtida aniqlanishini va rad etilishini hamda yirik miqdordagi mablag‘larning 
behuda sarflanishining oldi olinishini ta‘minlaydi. Loyihalarni bunday saralash esa 
hamisha muhim hisoblanib kelinadi. 
Mablag‘lar kiritishga munosib biznes-g‘oyalarni qidirish va tanlash 
investitsiyalash bilan bog‘liq faoliyatning eng muhim boshlang‘ich nuqtasi 
hisoblanadi. Sababi, ushbu hol, oxir-oqibatda, investitsiya mablag‘larini safarbar 
etish asosiga aylanishi mumkin. Buning uchun loyihani boshlang‘ich tayyorlash 
ishlari puxta olib borilishi lozim. 
Loyihani boshlang‘ich tayyorlash bosqichining vazifasi esa investitsiya 
loyihasining munosib biznes-rejasini ishlab chiqish, ya‘ni har qanday tijorat 
faoliyati uchun umumiy masalani hal etishdan iboratdir. Bunday biznes-rejaning 
vazifasi quyidagi ikkita asosiy savolarga javob topishga asoslanadi: 
-
investitsiya loyihasi kontseptsiyasi qanchalik qiziqarli hisoblanadi va uning 
ustida ishlashni davom ettirishdan hamda loyihaning texnik-iqtisodiy va moliyaviy 
maqbulligini baholash uchun asosli ma‘lumotlarni tayyorlashdan mantiq 
mavjudmi?


252 
-
ushbu investitsiya loyihasi kontseptsiyasida e‘tiborni qaratish lozim bo‘lgan 
tadqiqotlar va loyihaning kelgusi muvaffaqiyati uchun o‘zgaruvchi ahamiyat kasb 
etuvchi qandaydir jihatlar mavjudmi? 
Loyihani so‘nggi shakllantirish va uning texnik-iqtisodiy va moliyaviy 
afzalligini baholash bosqichida investitsiyalarning barcha jihatlari bilan bog‘liq 
variantlarni va muammolarni muqobil ko‘rib chiqishni ta‘minlashi lozim bo‘lgan 
loyihaning texnik-iqtisodiy va moliyaviy asoslanishini tayyorlash hamda tahlil 
etish amalga oshiriladi. 
So‘nggi qarorni qabul qilish uchun ma‘lumotlarning barcha turlarini 
tayyorlash loyihani so‘nggi shakllantirish va moliyaviy afzalligini puxta baholash 
bosqichining asosiy mazmunini tashkil etadi. Bu bosqich faqat kerakli moliyaviy 
mablag‘larning etarlicha aniqlik darajasida qat‘iy ta‘minlangan bo‘lishi mumkin 
bo‘lgan hollardagina amalga oshirilishi lozim.
So‘nggi va navbatdagi bosqich loyihani uzil-kesil ko‘rib chiqish va loyihani 
moliyalashtirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida so‘nggi qaror qabul qilish 
hisoblanib, u loyihaning amalga oshirilishi bo‘yicha qaror qabul qilish uchun asos 
hisoblanuvchi baholash ishlarini o‘tkazishni nazarda tutadi.
Loyihaning sifati qanchalik yuqori bo‘lsa, uni baholash bo‘yicha shunchalik 
kam ish olib boriladi. Baholi xulosani tayyorlashda esa asosiy e‘tibor loyihani 
moliyalatirishni amalga oshiruvchi firmaga qaratiladi. Agar firma tajribali va 
salohiyatli bo‘lsa, loyihaning tashkiliy-moliyaviy jihatdan muammolarining 
butunlay hal etilishi ta‘minlanishi mumkin. Loyihani eng so‘nggi baholashda 
qo‘llaniladigan usullar esa tahlilning texnik, tijorat, bozor, boshqaruv, moliyaviy 
jihatlariga asoslanadi.
Shunday qilib, loyihani moliyalashtirishga qadar o‘tkaziluvchi monitoring 
loyihaning samaradorligi va hayotiyligini boshlang‘ich tahlil etish uchun amalga 
oshiriladi. Bunday monitoring loyihani amalga oshirishdagi kelib chiquvchi 
muammolarning oldini olishga va loyihani moliyalashtirish jarayonidagi 
monitoringning ishonchli va jiddiy vaziyatlarni keltirib chiqaruvchi sabablarsiz, 
engilroq o‘tkazilishiga imkon beradi.


253 
Banklarda investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning monitoringini olib 
borish bilan bankning «Loyihalarni moliyalashtirish monitoring» bo‘limi 
shug‘ullanadi. Bu bo‘lim ham bankning boshqa bo‘limlari kabi o‘zining Nizomiga 
ega bo‘ladi. Bo‘lim faoliyati bankning moliyachi-maslahatchilar tomonidan ishlab 
chiqilgan loyihalar monitoringini o‘tkazish tartibi bo‘yicha Nizomga asoslanadi. 
Ushbu Nizomda joriy monitoringni o‘tkazishning to‘liq jarayoni, qarz oluvchini 
moliyaviy ahvolining baholash usullari, turli xil moliyaviy koeffitsentlarni 
hisoblash usullari, muammoli kreditlarning monitoringini o‘tkazish tartibi, tahliliy 
usullar va ushbu holatlarni hal etishga doir maslahatlar keltirilgan bo‘ladi. 
Bu bo‘lim faoliyatining asosiy maqsadi ssuda hisob-raqamidan to‘lov 
hujjatlarining qilingan to‘lovlarga mosligini nazorat qilish, ob‘ekt joylashgan joyga 
chiqish bilan birga kreditdan maqsadli foydalanilganligini tekshirish, bajarilgan 
ishlarning nazorat o‘lchamlarini o‘tkazish va qurilish muddatidan qat‘iy nazar 
yilda kamida ikki marta sotib olingan uskunalarni inventarizatsiya qilish 
hisoblanadi. 
Kreditdan maqsadli foydalanilmaganligini, uskunalarning komplekt (yaxlit) 
emasligi hamda etkazib kelinmanganligini va boshqalarni aniqlashda bu bo‘lim 
quyidagi choralarni qo‘llashga haqli hisoblanadi: 
- kreditlardan maqsadli foydalanilmaganda kreditlarning qolgan qismini 
muddatidan oldin qaytarib olish (undirib olish); 
- bajarilgan ishlar qismi hajmida kredit summasini muddatidan oldin qaytarib 
olish; 
- jarima jazolarini qo‘llash. 
Yuqorida keltirilgan huquqlar va maqsadlarga ega bo‘lgan holda monitoring 
bo‘limi o‘zining tegishli majburiyatlarini bajaradi. 
Banklarda monitoring quyidagi sohalarda olib boriladi: 
-
moliyalashtirishni nazorat qilish; 
-
qurilish jarayonini va loyihani ishga tushirishni nazorat qilish; 
-
kreditning maqsadli ishlatilishini nazorat qilish; 
-
kredit qaytarilishini nazorat qilish. 


254 
Ushbu sohalar monitoringiga parallel ravishda garovga qo‘yilgan mulk 
predmetlari holatini va korxonaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini baholash ham 
olib boriladi. 
Moliyalashtirish monitoringida quyidagi faoliyatlar amalga oshiriladi: 
1.
To‘lov hujjatlarining tasdiqlangan ob‘ekt smetasiga va foydali 
ishlatilishiga hamda shartnoma baholarini aniqlashning to‘g‘riligiga mos 
kelgandagi to‘lov ob‘ektlariga ssuda hisob-raqamidan ajratilgan har bir to‘lovni 
nazorat qilish. 
2.
Qurilish ketayotgan joyga borib kreditdan maqsadli foydalanilayotganini 
har chorakda tekshirish. 
3.
Har choraklik statistik tahlilni o‘tkazish, moliyalashtirishning real va rejali 
jadvalini va qarz oluvchining kredit bo‘yicha to‘lovlarini nazorat qilish. 
4.
Kredit shartnomasi, loyiha monitoringining rejasi va texnik tartibi 
talablarga mos kelishini nazorat qilish. 

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin