234
Shartnomada kreditni qaysi maqsad uchun ishlatilishi ko‘rsatiladi. Kreditnnng
kaysi maqsad uchun ishlatilishini korxonalar uzlarining biznes rejasida ko‘rsatib
kelishlari shart. Biznes rejada ko‘rsatilgan maqsad bo‘yicha kredit summasi
o‘tkazilib beriladi va keyingi operatsiyalari ham bank tomonidan shartnoma
asosida nazorat kilib boriladi.
5. Kreditni qaytarish muddati.
Kredit uchun olinadigan foiz bir necha marta muddati o‘tgan foiz hisob
raqamiga chiqsa bank kreditni muddatidan oldin epishga farmoish beradi.. Barcha
ssuda operatsiyalari shu hisob raqam orqali olib boriladi. Kredit summasi bankning
uz mablag‘lari hisobidan korrespondentlik hisob raqamidan tulab beriladi.
Respublikamizda kiska muddatli kreditlash
va umuman tijorat banklar
tomonidan kredit berish ―Banklar va bank faoliyati‖ to‘g‘risidagi konunga asosan
olib boriladi.
Banklar tomonidan kredit berishda kreditlashning printsiplari asosida amalga
oshiriladi. Ular quyidagilardan iborat: kreditning maqsadliligi;
kreditning
ta‘minlanganligi; kreditning muddatliligi; kreditning qaytarishligi; kreditning
to‘lovliligi. Kreditning mana shu printsiplari asosida va mijozning balansi asosida
moliyaviy ahvoli va kreditga layoqatliligi aniqlanib, mijoz bilan bank o‘rtasida
kredit shartnomasi tuziladi.
Kredit shartnomada bank quyidagi majburiyatlarni va vazifalarni o‘z
zimmasiga oladi; agar mijoz shartnomaga amal qilmasdan hisobotlarni noto‘g‘ri
yuritsa yoki biznes-reja asosida ssudani ishlatmasa bank muddatidan oldin kreditni
qaytarish huquqiga ega; kredit olgan tashkilotga har oyning 1 sanasiga
shartnomada ko‘rsatilgandek foiz hisoblanadi; bank
kredit olgan tashkilotga
Markaziy bankning normativ aktlari, hisob-kitob turlarining o‘zgarishi haqidagi va
kredit bo‘yicha savollar va kreditlashning o‘zgarishi haqida ma‘lumot berib turishi
lozim; bank kreditning maqsadli ishlatilishi bo‘yicha xar doim mijozning
faoliyatini tekshirib turadi. Tekshirish natijalari asosida mijozga keyingi davr
uchun yana kredit berish mumkin; tijorat banki mijozni Markaziy bankning qayta
235
moliyalash stavkasidan xabardor qilib turish kerak; mijoz kredit shartnomaga amal
qilmasdan faoliyat ko‘rsatsa bank kreditni muddatidan oldin egshshga huquqi bor.
Kredit shartnomada mijoz o‘z zimmasiga quyidagi majburiyatlarni oladi:
kreditdan foydalanish jarayonida mijoz kreditning muddatiylik, qaytarishlik,
maqsadlilik, to‘lovlilik va ta‘minlanganlik printsiplariga amal qilgan holda faoliyat
ko‘rsatishi kerak; kreditning qaytarilishini ta‘minlash uchun mijoz garovga o‘z
mablag‘larini qo‘yish kerak; garovga olingan mulk sug‘urta
idorasi tomonidan
sug‘urtalanishi va Davlat notarial idorasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak;
kredit olgan korxona bankga oylik, kvartallik va yillik balanslari bilan birga
moliyaviy natijalar hisoboti va debitor va kreditor qarzlari paydo bo‘lgan vaqti,
muddati o‘tgan qarzlari uchun kelishuv dalolatnomalari (akt sverka) haqidagi
ma‘lumotnomani va faoliyatini tekshirib borish uchun zarur bo‘lgan boshqa
hujjatlarni
bankka taqdim etishi kerak; kredit olgan korxonada bank inspektori
kreditning maqsadli ishlatilishi bo‘yicha tekshirish o‘tkazib hisobot hujjatlarini va
garovga olingan mulkning saklanishini dorshiy nazorat kilib borishi uchun
shartnomaga asosan ruxsat berishi lozim; kredit olgan tashkilot kredit
shartnoma.asosida faoliyat ko‘rsatishi lozim; kreditlashda
kredit shartnoma katta
ahamiyatga ega. Tijorat banki kredit shartnoma asosida mijozning faoliyatini
doimiy tekshirib turadi.
Kredit shartnomada kredit uchun kerakli bo‘lgan barcha ma‘lumotlar
ko‘rsatiladi. Kreditning summasi, kreditni qaytarish muddati, kreditning
ta‘minlanganligi uchun garovga kuyilgan mulk eki kreditni
uzolmatanligi uchun
boshqa bir korxonaning tulab berish xakidagi ishonch kogozi ko‘rsatiladi. Kredit
uchun kerakli bo‘lgan barcha hujjatlar kredit paketida tuplanadi.Kredit paketning
asosini kredit shartnomasi tashkil etadi.
Kredit shartnomasi bank uchun ham, qarz oluvchi uchun ham juda muhim va
mas‘uliyatli hujjatdir. Shu sababli u belgilangan qoidalarning hammasiga amal
qilgan holda tuzilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: