O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti zoyirov Laziz Subxonovich Raimjanova Madina Asrarovna Saidov Rasulbek Boltabayevich Shoislomova Nargiza Qobilovna investitsiya loyihalari ekspertiza



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/100
tarix20.11.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#166138
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   100
Инвестиция лойиҳалари экспертизаси DARSLIK

 
10.3.
 
Xorij amaliyotida investitsiya loyihasi bo’yicha garovni 
baholashning asosiy tamoyillari va ta’minot turlari
 
Garov investitsiya loyihalarini uzoq muddatli kreditlashining asosiy ta‘minoti 
sifatida kredit tavakkalchiligini pasaytirish va kredit berish uchun asos bo‘lib 
xizmat qiladi. Albatta, bu o‘z-o‘zidan bank garov ta‘minotini baholash zaruriyatini 
keltirib chiqaradi. E‘tirof etish joizki, bu borada xorijiy mamlakatlarda uzoq yillar 
davomida yetarli tajriba, usul va tamoyillar shakllangan. 
Xorij amaliyotida kredit uchun qo‘yilayotgan garov ta‘minotini baholashda 
uning likvidligi, bozor bahosi, bozor kon‘yukturasini o‘zgarishi natijasida sotish 
imkoniyati hamda investitsion jozibadorligiga alohida e‘tibor qaratiladi. 
Shuningdek, kredit oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs bankni tanlagandan so‘ng 


216 
garovga qo‘yayotgan ta‘minotni baholash jarayonini amalga oshiradi. Chunki, 
banklarning kreditlash siyosati va garov ta‘minotini baholashga qo‘yayotgan 
talablari bir-biriga mos kelmasligi mumkin. Bundan tashqari, kreditlovchi bank 
kredit olish bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqishi jarayonida 
qo‘shimcha ma‘lumotlar zarur bo‘lishi yoki baholash bo‘yicha tayyorlangan 
xulosaning dolzarbligi yo‘qolishi mumkin. 
Xorij amaliyotida bank kredit ta‘minotini baholashning belgilab qo‘yilgan 
aniq tamoyillari joriy etilmagan. Biroq, garov ta‘minotini baholash jarayoniga 
e‘tibor beradigan ayrim tamoyillar mavjudki, bank kreditini olish uchun 
baholanayotgan garov ta‘minoti mazkur tamoyillarga javob bermagan hollarda 
bank kredit shartnomasini imzolamaydi. Xususan, baholash jarayonida quyidagi 
asosiy tamoyillar bajarilishi maqsadga muvofiq: 
- baholanayotgan obyektning kreditning asosiy garovi sifatida huquqiy va 
jismoniy jihatdan neytralligi ta‘minlanganligi; 
- baholash jarayonida obyektning likvidligiga ta‘sir etuvchi barcha 
omillarning inobatga olinganligi; 
- garov ta‘minotini sotishning bir necha variantlarining mavjudligi; 
- baholanayotgan obyektning bahosiga ta‘sir etishi mumkin bo‘lgan huquqiy, 
iqtisodiy va siyosiy vaziyatlar xolisona baholanganligi; 
- baholash jarayonida qo‘llaniladigan uslublar va yondashuvlar bo‘yicha 
vujudga kelishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar va farqlar konservativ va yuqori talab 
asosida yondoshish kabilar shular jumlasidandir. 
Yuqorida qayd etilgan tamoyillarning bajarilmasligi bank kreditlari bo‘yicha 
garov ta‘minoti hisobidan moliyaviy zarar ko‘rishi va ularning kelgusidagi 
faoliyatini rejalashtirishga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Bundan tashqari, 
xalqaro baholash amaliyotida kreditlash maqsadidan kelib chiqqan holda uning 
talablarini aks ettiruvchi alohida olingan (ya‘ni, tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lgan) 
andozalar qo‘llaniladi. Masalan, Rossiya banklarida garov ta‘minotini baholash 
amaliyoti ikki bosqichda amalga oshiriladi: 


217 
1-bosqich. Garov obyektining bozor qiymatini aniqlash. Garov ta‘minotining 
bozor qiymatini aniqlash kredit shartnomasi tuziladigan paytda amalga oshiriladi. 
2-bosqich. Garov obyektlarining ta‘minot sifatidagi qiymatini aniqlash. Garov 
qiymatini aniqlash garov mulkining likvidligi, garov diskontlari, tavakkalchiliklar 
va boshqa bir qancha omillar ta‘sirini inobatga olgan holda amalga oshiriladi. 
Rossiya qonunchiligida garov qiymati to‘g‘risida aniq ko‘rsatma berilmagan, shu 
sababli Rossiya banklarida garov qiymatini aniqlashda banklarning ichki tartiblari 
va mustaqil baholovchi kompaniyalarning ko‘rsatmalariga asoslaniladi. Bunda 
asosiy strategiya riskdan qochish va risklarni boshqarish hisoblanadi. 
Odatda banklar tomonidan berilgan kreditni garov ta‘minoti hisobidan 
qoplashga manfaatdor emaslar. Shu bois, berilgan kredit va unga hisoblangan foiz 
to‘lovlarni pul tushumlari hisobidan so‘ndirishni ma‘qul ko‘radi. Buning uchun 
bank kreditning asosiy summasi va hisoblangan foiz to‘lovlarining muddati yetib 
kelganda uni to‘lash nuqtai nazaridan quyidagi sinflar bo‘yicha tasniflaydi. 
1-sinf. Kompaniya barcha kredit summasi va unga hisoblangan foiz 
to‘lovlarini tushumlar hisobidan 1 oy ichida so‘ndiradi. 
2-sinf. Kompaniya barcha kredit va foiz summasini to‘lashga 2 oy ketadi. 
3-sinf. Kompaniya kredit bilan bog‘liq barcha to‘lovlarni amalga oshirish 
uchun 3 oylik tushumlarni yo‘naltirishi lozim bo‘ladi. 
Kredit oluvchi ushbu sinflarning bittasiga to‘g‘ri kelsa, bank kredit 
shartnomasini tuzish bo‘yicha tegishli ishlarni boshlaydi. Bank kredit bo‘yicha 
qabul qilayotgan garov turi kredit olayotgan shaxsning faoliyat yo‘nalishi bilan 
bevosita bog‘liqdir. 
Masalan, ishlab chiqarish kompaniyalarida mablag‘ning 70 foizi asosiy 
vositalarga joylashtiriladi, savdo-sotiq bilan shug‘ullanadigan tashkilotlarda ushbu 
aktivlar bor yo‘g‘i 10-15 foizni tashkil etadi. Shuning uchun har bir alohida 
olingan kompaniya bo‘yicha garov turi va ularni baholash tartibi bank hamda 
kredit oluvchi o‘rtasida kelishiladi. 
Tadqiqotlar va o‘rganishlar natijasi shuni ko‘rsatmoqdaki, xorij banklari qisqa 
muddatli kreditlar uchun xom ashyo, yarim tayyor va tayyor mahsulotlarni garovga 


218 
ko‘proq qabul qiladi. Qisqa muddatga berilayotgan kreditlarning garov ta‘minoti 
sifatida ko‘chmas mulklarni olishni ma‘qul ko‘rmaydi, ko‘chmas mulklar asosan, 
uzoq muddatli kreditlarning garov ta‘minoti sifatida qabul qilinadi. 
Banklar kredit ta‘minoti bo‘yicha qabul qilinayotgan qimmatli qog‘ozlarni 
baholashda ularning birjadagi kotirovkasi e‘tiborga olinadi. Qimmatli qog‘ozni 
garov sifatida qabul qilingan davrdagi baholashning turli stsenariylari ishlab 
chiqiladi. Bunda qimmatli qog‘oz emitentining moliyaviy holati, bozordagi nufuzi 
va kelgusida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan holatlarini hisobga olib, diskont 
asosida joriy bahosi aniqlanadi. Bu baho taxminan ularning joriy bahosining 10-50 
foizini tashkil etishi mumkin. 
Savdo va ishlab chiqarish vositalari, texnika, avtotransport, inventar va 
boshqa uskunalar kreditlarning garov ta‘minoti sifatida olinganda, ularning bahosi 
ikkilamchi bozorda sotiladigan jihozlarni o‘rganish orqali aniqlanadi. Bunda asosiy 
e‘tibor jihozlarning likvid qiymatiga qaratiladi. Jihozlarning likvid qiymati – bu 
ushbu buyumlarni qisqa davr ichida sotish mumkin bo‘lgan bahosidir. Odatda 
jihozlarning likvid bahosi bozor bahosidan 10-30 foiz past bo‘ladi. Bundan 
tashqari, garov ta‘minotini sotish vaqtida yuz berishi mumkin bo‘lgan bahosi 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajat usuli orqali aniqlanadi. Shu bo‘yicha bank kredit bo‘yicha 
garov ta‘minotining bahosi aniqlanadi, odatda ushbu baho joriy bahoning 50-60 
foizini tashkil etadi. 
Axborotlar ochiqligi hamda bozorda talab va taklif mexanizmlarining amal 
qilishi sharoitida bankning garov ta‘minotining bozor bahosini aniqlashi unchalik 
qiyin kechmaydi. Xalqaro amaliyotda bank kreditining garov ta‘minotiga qo‘yilgan 
ko‘chmas mulkni baholashda uning bozor bahosini emas, balki maksimal darajada 
tezroq sotish imkonini beruvchi likvid qiymatidan foydalanadi. Xorij amaliyotining 
yana bir o‘ziga xos xususiyati shundaki, banklar baholash bozoridagi yuqori 
reyting va nufuzga ega bo‘lgan, shuningdek, baholash hisobotlariga shubha 
tug‘dirmaydigan baholovchi tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. 
Bank kredit uchun qo‘yilgan garov ta‘minotining qiymati baholovchi 
tomonidan o‘rnatilgan bahosi asosida hisoblangan qiymatga teng bo‘ladi. 


219 
Ko‘chmas mulklar bo‘yicha joriy etiladigan diskont banklarda bir xil 
aniqlanmaydi, shu bilan birga, diskontni aniqlashda ko‘chmas mulkni joylashgan 
joyi, infratuzilmaning rivojlanganligi, zamonaviyligi kabi jihatlariga e‘tibor 
qaratiladi. 
Diskont odatda ko‘chmas mulkning bozor bahosini 20 foizdan 50 foizgacha 
darajasini tashkil etadi. Albatta, bunga qator omillar ta‘sir qiladi. Xususan, 
ko‘chmas mulkni joylashgan hududda infratuzilmaning rivojlanganlik darajasi, 
mulkning ma‘naviy va jismoniy jihatdan zamon talablariga javob berishi kabilar 
shular jumlasidandir. Ko‘chmas mulkni diskont asosida hisoblash orqali garov 
ta‘minoti summasi aniqlanadi. 
Agar, bank diskont foizini oshiradigan bo‘lsa, shu darajada garov ta‘minoti 
summasi ham kamayadi. Bank garovga qo‘yilayotgan ko‘chmas mulkka diskont 
darajasini qarz oluvchining kreditlash shartlari va maqsadi, garov obyektining 
likvidlik darajasi, kredit oluvchining ijobiy yoki salbiy kredit tarixi (agar mavjud 
bo‘lsa), pul tushumlari oqimi hajmi kabi jihatlariga qarab belgilaydi. Shu bilan 
birga, bank kredit oluvchining kreditni so‘ndirilmasligi (qisman yoki to‘liq), foiz, 
penya va jarimalarni to‘lay olmay qolish ehtimollari ham diskontni belgilashda 
e‘tiborga olinadi. Bundan tashqari, qarzdor o‘z majburiyatlarini o‘zaro tuzilgan 
shartnomadagi shartlar asosida bajarmagan hollarda ko‘chmas mulk qiymati 
bo‘yicha o‘rnatiladigan diskont sud jarayonida ko‘rish va auktsionda sotish bilan 
bog‘liq xarajatlar ham inobatga olinadi. Bunday hollarda garov turi va maqsadiga 
qarab, kredit summasidan kelib chiqib diskont 10-20 foiz darajasida belgilanadi. 
Xalqaro amaliyotda kreditning garovi sifatida qimmatli qog‘ozlar ham keng 
tarqalgan. Agar garovga qo‘yilgan qimmatli qog‘oz hujjatli bo‘lsa, bank uni 
zakalat sifatida kredit berilgan muddat davomida saqlash uchun qabul qiladi. 
Kredit uchun zakalat sifatida olingan qimmatli qog‘ozni baholash ko‘p mehnat 
talab qilmasada, biroq uni kredit ta‘minotining garovi sifatida olinishi anchagina 
risklidir. Odatda, kredit zakalati sifatida olingan qimmatli qog‘ozning bahosi 
emitentning barqarorligi, hamkorlar o‘rtasida va bozorda tutgan mavqeiga bevosita 
bog‘liq. Agar bank emitentning moliyaviy barqarorligiga ishonch hosil qilmasa, 


220 
uning qimmatli qog‘ozini garov ta‘minoti uchun qabul qilmaslikka haqqi bor. 
Qimmatli qog‘ozlar bank kreditining garov ta‘minoti sifatida qabul qilinganda, 
ularning nominal qiymati asosida baholanadi. 
Agar garovga veksel beriladigan bo‘lsa, unga blankli indossament qo‘yish 
zarur bo‘ladi. Kredit oluvchi kredit summasi va unga hisoblangan foizni o‘z 
vaqtida qaytarish bilan bog‘liq muammoga duch kelsa, bank vekselni o‘z nomidan 
sotib, tushgan mablag‘ hisobidan muammoli kreditni bartaraf etadi. Xalqaro 
amaliyotda garovga qo‘yilgan veksellar bo‘yicha diskont miqdori 2 foizdan 15 
foizgacha bo‘lgan darajada tebranib turadi. 
Xalqaro amaliyotda bank kreditlari bo‘yicha aylanmadagi tovarlarni garovga 
qo‘yish keng qo‘llaniladi. Bunday holatda kompaniyaga tovarlarni sotish bo‘yicha 
chegara (sanktsiya) joriy etilmagan bo‘lishi hamda korxona mustaqil ravishda 
tovar, xom ashyo, materiallar va boshqa aktivlarini sotish va sotib olish huquqiga 
ega bo‘lishi zarur. Bank krediti bo‘yicha kompaniya tovarlarni garovga 
qo‘yishning o‘ziga xos jihatlari mavjud. Xususan, kompaniya tomonidan sotilgan 
tovar yoki aktiv uchun to‘lov haqi kelib tushmagan bo‘lsa, garov ro‘yxatidan 
chiqariladi, sotib olganlari esa ushbu tovarlarga kompaniyaning egalik huquqi 
berilgan paytdan boshlab bank garovi sifatida qaraladi. Bu jarayonda shunday shart 
saqlanishi zarurki, kompaniya ixtiyoridagi tovar kredit shartnomasida ko‘zda 
tutilgan garov summasidan kam bo‘lmasligi kerak. Shuningdek, likvidligi ko‘zda 
tutilgan darajadan o‘zgarmasligi, ya‘ni pasaymasligi lozim. 
Xorijiy mamlakatlarda baholash ishlarini tashkil etish va amalga oshirish 
amaliyotini o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, baholash munosabatlari 
bilan bog‘liq jarayonlarning bugungi kundagi holati uzoq davrlar, sinovlar hamda 
baholash xizmatiga bo‘lgan ehtiyojlarining o‘zgarishi natijasida rivojlangan va 
takomillashib kelmoqda. 
Shuningdek, baholash institutlari xizmatlarining sifati mamlakat iqtisodiy 
barqarorligining ta‘minlanganligi va milliy valyutaning to‘lov qobiliyatining 
mustahkamligi bilan bevosita bog‘liqdir. Chunki, mamlakat iqtisodiyotining 
barqarorligi mol-mulk va xom ashyo bozorlaridagi talabiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. 


221 
Bu esa baholovchilar tomonidan o‘rnatilgan baholarning keskin tebranmasligini 
oldini oladi. 
Shu bilan birga, milliy valyutani sotib olish qobiliyatining yuqoriligi va 
inflyatsiya darajasining normal me‘yorini ta‘minlanganligi baholovchilar 
hulosalarida belgilangan baholarning barqaror bo‘lishiga zamin yaratadi. 
Biroq, xalqaro tajribadan ma‘lumki, banklarning krediti bo‘yicha qo‘yilgan 
garov ta‘minotining bahosi keskin tebranishi natijasida baholovchilar tomonidan 
o‘rnatilgan haqqoniy, real va xolisona o‘rnatilgan baholar o‘zining ahamiyatini 
yo‘qotishi natijasida banklarni moliyaviy inqiroz yoqasiga olib kelib qo‘ydi, 
ko‘pchilik holatlarda bankrotlik holatiga tushib qoldi. Bu kabi holatlar jahon 
moliyaviy-iqtisodiy inqirozlar natijasida vujudga kelib, bu vaziyatda mamlakatdagi 
ko‘char yoki ko‘chmas mulklarning bahosi vahima va taxminlar natijasida tushib 
ketadi. Bunga misol qilib, 2008 yil avgustda AQShda ipoteka krediti bilan bog‘liq 
moliyaviy-iqtisodiy inqiroz natijasida ko‘chmas mulklarning bahosini keskin 
pasayib ketganligini keltirish mumkin. 
Xorij amaliyotida banklarning kredit bo‘yicha qo‘yilgan garov ta‘minotini 
baholash metodologiyasining asosida ularning bazaviy tamoyillari yotibdi. Shu 
bois ham bank tizimi baholash institutlarining asosiy iste‘molchisi sifatida 
baholash jarayonini samarali tashkil etish bilan bog‘liq iqtisodiy, huquqiy va 
siyosiy omillarni e‘tiborga olgan holda yondashuv zarurligini amaliyotning o‘zi 
ko‘rsatib turibdi. 
Xorijiy amaliyotda bank garovini baholashning asosiy tamoyillari va kredit 
uchun qo‘yiladigan ta‘minot turlarini o‘rganish natijasida quyidagi xulosa va 
tavsiyalarni shakllantirish mumkin: 
- xorijiy amaliyotda bank garov ta‘minotini baholash bo‘yicha yetarli darajada 
tajriba va ko‘nikmalar shakllangan bo‘lsada, baholash bo‘yicha qat‘iy belgilab 
qo‘yilgan tamoyillar mavjud emas. Asosiy e‘tibor, garov obyektining likvidligi, 
bozor bahosi, bozor kon‘yukturasini o‘zgarishi natijasida sotish imkoniyati hamda 
investitsion jozibadorligiga qaratiladi; 


222 
- garov qiymatini aniqlashga garov bo‘yicha joriy etiladigan diskontlar, 
tavakkalchiliklar va boshqa bir qancha omillar ta‘siri inobatga olinadi; 
- garov turi kredit olayotgan shaxsning faoliyat yo‘nalishi bilan bevosita 
bog‘liqligiga e‘tibor qaratiladi. Xususan, ishlab chiqarish kompaniyalarida asosiy 
vositalar, savdo-sotiq faoliyati bilan shug‘ullanadigan tashkilotlarda tovar-moddiy 
qimmatliklar, jismoniy shaxslardan ko‘char yoki ko‘chmas mulklar, shuningdek, 
qimmatli qog‘ozlar ta‘minot sifatida qabul qilinadi; 
- xorij amaliyotida baholash jarayonida qo‘llaniladigan axborotlarning 
ochiqligi va shaffofligi tajribasini mahalliy baholash amaliyotida kengroq joriy 
etish maqsadga muvofiq; 
- xorijiy va mahalliy baholovchilar o‘rtasida amaliy va nazariy hamkorlikni 
yo‘lga qo‘yish, bunda xalqaro konferentsiya va seminarlarda ishtirok etish, amaliy 
baholash jarayonlarida ishtirok etish kabilar shular jumlasidandir. 
Xulosa qilib aytganda, xorij amaliyotida garovni baholash va garov turlari 
uzoq yillar davomida amaliy talablar asosida shakllanib va rivojlanib kelgan, 
ularning ijobiy jihatlarini mahalliy baholash amaliyotida qo‘llash o‘zining ijobiy 
natijasini beradi. 
Yuqoridagi fikrlarga qo‘shimcha ravishda shuni aytish mumkinki, sanoati 
rivojlangan mamlakatlar amaliyotida yuqori likvidlilik darajasiga ega bo‘lgan 
garov obyektlari birinchi toifali garov obyektlari deb qaraladi va ularga quyidagilar 
kiradi: yer, hukumatning qimmatli qog‘ozlari, markaziy bankda qayta hisobga 
olinadigan trattalar, korxonalarning hukumat tomonidan kafolatlangan qimmatli 
qog‘ozlari.
Rivojlangan xorijiy davlatlar amaliyotida, xususan, G‘arbiy Evropa davlatlari 
xo‘jalik amaliyotida sanoat korxonalarining hukumat tomonidan kafolatlangan 
obligatsiyalari mavjuddir. Har qanday qimmatli qog‘ozning to‘lovini hukumat 
tomonidan kafolatlanishi uning likvidlilik darajasini oshiradi.
Hukumatning qimmatli qog‘ozlari dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida 
yuqori likvidli garov ob‘ektlari sifatida tijorat banklari tomonidan tan olinadi. 
Lekin ayrim rivojlanayotgan mamlakatlarda, masalan, Braziliya, Argentina 


223 
davlatlarida hukumatning qimmatli qog‘ozlariga nisbatan sezilarli darajada 
ishonchsizlik kayfiyati mavjud. Bu kayfiyat ushbu mamlakatlar hukumatlarining 
defolt holatlariga yo‘l qo‘yganligi bilan izohlanadi. Lekin bunday davlatlar 
ko‘pchilikni tashkil etmaydi. 
Qimmatli qog‘ozlarni garovga olish hisobiga berilgan investitsion kreditlar 
bo‘yicha garov ob‘ektini sotishda ehtimoliy yo‘qotishlar zaxirasini ssudaning 
to‘lanmagan qiymatidan chegirmaslik banklarning investitsion kredit berish 
salohiyatiga ijobiy ta‘sirini ko‘rsatadi. 
Kreditning ta‘minlanganlik tamoyili qarz oluvchi o‘ziga olgan majburiyatlarni 
buzish sharoitida qarz beruvchining mulkdorlik manfaatlarini himoya qilishni 
ta‘minlaydi va o‘zining amaliy aksini kreditni biror garov yoki moliyaviy kafolat 
asosida berishda topadi. Bu umumiqtisodiy barqarorlik davrida ayniqsa muhimdir.
Rivojlangan xorijiy davlatlar amaliyotida, xususan, G‘arbiy Evropa davlatlari 
xo‘jalik amaliyotida sanoat korxonalarining hukumat tomonidan kafolatlangan 
obligatsiyalari mavjuddir. Har qanday qimmatli qog‘ozning to‘lovini hukumat 
tomonidan kafolatlanishi uning likvidlilik darajasini oshiradi.
Banklar kredit qaytmasligi xavfidan holi bo‘lishi uchun ta‘minotning 
ikkilamchi manbalaridan, xususan, garovdan qo‘shimcha ravishda foydalanib 
kelmoqdalar. Ma‘lumki, kreditlarning o‘z vaqtida qaytarilishini ta‘minlash kredit 
berishning asosiy shartlaridan biridir. Bunda mahsulot sotishdan, ish va xizmatlar 
bajarishdan keladigan tushum bank ssudasi to‘lashning asosiy manbai bo‘ladi, 
ya‘ni bank moliyalaydigan operatsiya bitimining negizini tashkil qiladi. Biroq 
hozirgi paytda ko‘p hollarda qarz oluvchining kredit qobiliyatini baholash qiyin 
bo‘lmoqda.
Agar kredit operatsiyasining o‘zi yuqori darajadagi tavakkalchilik bilan 
bog‘liq bo‘lsa, kreditni yaxshi garov ta‘minoti borligi uchungina berish xato 
bo‘ladi. Qoida tariqasida, garov ta‘minoti masalasi kreditlash to‘g‘risidagi qarorga 
kelish jarayonida ko‘riladi. 
Kreditining qaytarilishini ta‘minlash usuli sifatidagi garovning ma‘nosi shuki, 
kreditor (bank) qarz oluvchi kredit shartnomasida ko‘zda tutilgan muddatda o‘z 


224 
majburiyatini bajarmagan taqdirda ssudani qaytarish va ssuda yuzasidan hisoblab 
yozilgan foizlarni to‘lash talabini garovga qo‘yilgan mulkning qiymatidan birinchi 
navbatda qondirish huquqiga ega bo‘lib qoladi. 
Banklar ta‘minot sifatida: 
- qimmatbaho buyumlar, tovar-moddiy boyliklar; 
- ko‘chmas mol-mulk; 
- pul mablag‘lari; 
- qimmatli qogozlar; 
- mulkiy huquqlar kabi qarz oluvchi taqdim etgan, qonunlarga muvofiq 
undiruvchini olishga qaratilgan har qanday mol-mulklarni qabul qilishlari mumkin. 
Garov kredit qaytarilishining haqiqiy kafolatiga aylanishi uchun qator 
iqtisodiy va huquqiy talablarga rioya etishi, jumladan, garovni to‘g‘ri tanlash, 
uning qiymatini baholash, garov turini belgilash, garov predmetining shaklanishi 
ustidan nazoratni ta‘minlash, garovga oluvchi va garovga qo‘yuvchining huquqlari 
va majburiyatlarini belgilash, garov hujjatlarini garovning turiga qarab, to‘g‘ri 
rasmiylashtirish, garov mulklarini saqlash tartibini belgilash va ta‘minlash lozim. 
Garov kredit qaytarilishining haqiqiy kafolati bo‘lishi uchun bank qarz 
oluvchining mol-mulkini o‘rgana borishi kerak. Birinchi navbatda, bank taklif 
etilayotgan mol-mulk qarz oluvchiga tegishliligini aniqlash lozim. Buning uchun 
qarz oluvchi bankka garov mulkini tegishliligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim 
etishi lozim. Shuni yodda tutish kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik 
kodeksiga ko‘ra, ijro hujjatlari bo‘yicha undirish qishloq joydagi uy-joyga 
qaratilishi mumkin emas. Shu sababli qarz oluvchining oila a‘zolari yashaydigan 
uyni garovga olgan holda kredit berishdan ehtiyot bo‘lish kerak. Shuningdek ushbu 
mol-mulkning uchinchi shaxslarda garovda emasligini ham tekshirish lozim. 
Markaziy bank boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan va Adliya vazirligidan 
2000 yil 29 martda 906-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan «O‘zbekiston Respublikasi 
banklarida kredit hujjatlarini yuritish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga asosan kredit 
ta‘minoti quyidagicha aks ettiriladi: agar kredit ko‘chmas mulk garovi bilan 
ta‘minlangan bo‘lsa, unda kredit yigma jildida qo‘shimcha ravishda quyidagi 


225 
hujjatlar bo‘lishi kerak, ya‘ni ipoteka to‘g‘risida tuzilgan shartnomaning asl 
nusxasi; garovga beruvchi va bank tomonidan imzolangan, garov ob‘ekti qiymatini 
kelishuv dalolatnomasi; garovga qo‘yilgan mulkni sug‘urta qilish dalolatnomasi va 
ushbu shartnoma bo‘yicha sug‘urta polisi; garov shartnomasining davlat kadastri 
idoralarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida belgilangan shaklda garov 
shartnomasiga qo‘yilgan belgi; garov predmetini sotish narxini tasdiqlovchi 
hujjatlar, agar kredit uni sotib olishni moliyalash maqsadida berilgan bo‘lsa. 
Agar kredit boshqa shaxs tomonidan kafolatlansa, kredit yigma jildiga 
quyidagi qo‘shimchalar kiritiladi: kafillik to‘g‘risidagi shartnoma yoki yozma 
kafolat; auditorlik tashkiloti yoki auditorning kafolatchining yoki kafilning 
qoniqarli moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi xulosasi. 
Kreditni berishga doir bank bilan tuzilgan shartnomaga, jumladan, garov 
to‘g‘risidagi shartnomaga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar ushbu 
shartnomalar shartlariga muvofiq rasmiylashtirilishi va tegishli yig‘ma jildlarga 
kiritilishi lozim bo‘ladi. 
Bugungi kunda garovning an‘anaviy shakllari, ya‘ni kafillik, korxona va 
tashkilotlarning asosiy vositalari, turar joylar, bino va inshootlar, kafolatlar 
banklarning kredit portfeli ta‘minotini tashkil qiladi. 
Bank garovdagi mol-mulkni sotish ko‘p vaqtni olishini e‘tiborga olmogi 
lozim. Hamisha sota olmay qolish yoki qiymatidan kamroqqa sotish, bu esa zarar 
ko‘rishga olib borish xavfi bo‘ladi. Kedit bo‘yicha zarar ko‘rishni kamaytirish 
uchun bank u yoki bu mol-mulkni garovga olishdagi sifat mezonlarini belgilab 
olishi lozim. Lekin umuman garov ob‘ektini tanlashda bank quyidagi mezonlarni, 
bizningcha, e‘tiborda tutishi kerak: 
-
garovning bozor narxining barqarorligi; 
-
garovning puxta saklanishi; 
-
garovning tez sotish mumkinligi (likvidligi); 
-
garovning ma‘naviy eskirish darajasi; 
-
garovning oson identifikatsiyalanishi va iste‘mol xossalarining saqlanishi. 


226 
Shu bilan birga taklif qilinayotgan garov turiga qarab, mezonlar yigindisi 
kengaytirilishi mumkin. 
Taklif qilinayotgan garov ob‘ekti oson sotiladigan bo‘lishi kerak. Eng yuqori 
reytingga ega bo‘lgan va kredit qaytarilishini kafolatlaydigan pul mablag‘lari eng 
likvidli garov bo‘la oladi. 
Garov mulki saqlanishini nazorat qilishda ko‘chmas mulk bir muncha qulay 
ekanligini alohida ta‘kidlash lozim. Biroq shuni hisobga olish kerakki, hozirgi 
vaqtda ushbu garov turini real baholash qiyinlashgan. Muvaffaqiyatli baholash 
baholovchining bilim va qobiliyatiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Ko‘chmas mulkni 
garov sifatida qabul qilishda, shuningdek ko‘chmas mulk bozori etarlicha 
rivojlanmaganligi va potentsial xaridorlar yo‘qligi, buning oqibatida bank 
ko‘chmas mulkni o‘z balansiga olishga va qarzni hisobdan chiqarishga majbur 
bulishi mumkinligi, bu esa tegishli ravishda uning operatsiyalarini amalga oshirish 
imkoniyatlarini kamaytirishini nazarda tutishi kerak. 
Bank uchun sifat mezonini belgilash va unga qarab garovni tanlashgina emas, 
balki uni saklanishini ham ta‘minlashi muhim. Shunday qilingan taqdirdagina 
garov kredit qaytarilishining haqiqiy kafolati bo‘la oladi. 

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin