O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti zoyirov Laziz Subxonovich Raimjanova Madina Asrarovna Saidov Rasulbek Boltabayevich Shoislomova Nargiza Qobilovna investitsiya loyihalari ekspertiza



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/100
tarix20.11.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#166138
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   100
Инвестиция лойиҳалари экспертизаси DARSLIK

Nazorat savollari: 
1.
O‘zbekiston Respublikasida investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda qanday 
risklar mavjud? 
2.
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishdagi risklar, ularni boshqarish 
ahamiyatini tushuntirib beringchi? 
3.
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishdagi risklar, ularni baholash ahamiyatini 
tushuntirib beringchi? 
4.
Investitsiya loyihalarini turli risklardan himoya qilish mexanizmlari mohiyati 
nimalardan iborat ? 
5.
Investitsiya loyihasini risklarini tasnifini turli tizimlari nimani anglatadi ? 
6.
Riskdan himoyalash imkoniyatlari nuqtai-nazaridan tasniflash nimalarni nazarda 
tutadi? 
7.
Investitsiya loyihalarini ekspertizasi qilishda risk va noaniqliklar tahlili deganda 
nimani tushunasiz?
8.
Investitsiya loyihalarini ekspertizasida zararsizlik nuqtasi tahlili deganda nimani 
tushunasiz? 
9.
Investitsiya loyihasiga ta‘sir etuvchi risklarni sifat jihatidan aniqlash deganda 
nima tushuniladi? 
10.
Investitsiya loyihasiga ta‘sir etuvchi risklarni baholashning qanday turlari 
mavjud? 
11.
Risklarni miqdor jihatidan baholash deganda nima tushuniloadi? 
12.
Investitsiya loyihasiga ta‘sir etuvchi risklarni baholashda barqarorlik tahlili va 
loyiha sezgirligi tahlili usullarining mazmuni nimadan iborat?


200 
X-BOB. 
INVESTITSIYA 
LOYIHASI 
BO’YICHA 
GAROV 
TA’MINOTINING EKSPERTIZASI
10.1.
 
Garov ta’minotining mazmuni, mohiyati, turlari va huquqiy asoslari
Ma‘lumki, investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning asosiy shartlaridan 
biri bu garov ta‘minoti hisoblanadi. Garov - bu qarz oluvchi tomonidan o‘z 
majburiyatlarini bajarmasligini oldini olish maqsadida amalga oshiriladigan 
ta‘minot turi hisoblanib, bunda qarzdor majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, unga 
tegishli bo‘lgan va garovga qo‘yilgan mol-mulkning qiymatidan ushbu mol-mulkni 
garovga olgan shaxs qarzdorning boshqa kreditorlari oldidagi majburiyatlarini 
amalga oshirish uchun foydalanish huquqiga ega bo‘ladi. 
Birinchi bor qabul qilingan 1992 yil 9 dekabrdagi O‘zbekiston 
Respublikasining ―Garov to‘g‘risida‖gi Qonunida garov ta‘minotining tartib 
qoidalari belgilab berilgan edi va unga ko‘ra: ―garov – bir shaxsning boshqa 
shaxsga mol-mulkni yoki unga bo‘lgan huquqni majburiyatlarni ta‘minlash uchun 
berishi‖
39
, tarzida ta‘rif berilgan edi. 
O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 1 maydagi 614-1-sonli ―Garov 
to‘g‘risida‖gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar 
kiritish haqida‖gi yangi tahrirda qabul qilingan Qonunining 1-moddasiga ko‘ra esa:
―Garov majburiyatlar bajarilishini ta‘minlash usullaridan biri hisoblanadi. 
Garov tufayli kreditor (garovga oluvchi) qarzdor majburiyatlarni bajarmagan 
taqdirda garovga qo‘yuvchi garovga qo‘ygan mol-mulk qiymatidan ta‘minlanish 
huquqiga egadir‖
40
, sifatida ta‘rif berilgan. 
Garov munosabatida ikki tomon ishtirok etadi: - garovga oluvchi – kreditor 
(garovga oluvchi ham, uchinchi shaxs ham), garovga qo‘yuvchi shaxs – qarzdor. 
39
O‘zbekiston Respublikasining ―Garov to‘g‘risida‖gi Qonuni,1992 yil 9 dekabr (eski tahrir).
40
O‘zbekiston Respublikasining ―Garov to‘g‘risida‖gi Qonuni,1998 yil 1 may (yangi tahrir). 


201 
Qonunda garov munosabatlarining subyektlari (garovga qo‘yuvchi va garovga 
oluvchi) to‘g‘risida quyidagilar bayon etilgan: 
1. Yuridik yoki jismoniy shaxslar garovga qo‘yuvchi yoki garovga oluvchi 
bo‘lishlari mumkin. 
2. Qarzdorning o‘zi ham, uchinchi shaxs (mulkiy kafil) ham garovga 
qo‘yuvchi bo‘lishi mumkin. Garovga qo‘yuvchi garovga berilayotgan mol-mulkka 
egalik (to‘liq xo‘jalik tasarrufi yoki bevosita boshqaruv) huquqiga ega bo‘lishi 
lozim. Mol-mulk to‘liq xo‘jalik tasarrufi huquqi bilan birkitib qo‘yilgan korxona 
shu mol-mulk egasining yoki u vakolat bergan idoraning roziligi bilan umuman 
korxonaning, mulkiy majmualar sifatida uning tuzilmalari va bo‘linmalarining, 
shuningdek alohida binolar va inshootlarning garovini amalga oshiradi. O‘ziga 
birkitib qo‘yilgan mol-mulkni bevosita idora qilish huquqiga ega bo‘lgan muassasa 
(tashkilot) o‘ziga ruxsat etilgan xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar hisobiga 
orttirilgan ashyolar yoki huquqlarni garovga berishga xaqlidir. Egalik huquqining 
keyingi subyektga o‘tishi to‘liq xo‘jalik tasarrufi yoki bevosita boshqaruvi ostidagi 
mol-mulk garoviga dahl qilmaydi. 
3. Huquqlarni garovga qo‘yishda shu huquqlarga ega bo‘lgan shaxs garovga 
qo‘yuvchi bo‘lishi mumkin. Bir necha shaxsga birgalikda tegishli bo‘lgan huquq 
uning barcha egalarining roziligi bilangina garovga qo‘yilishi mumkin. Ijarachi 
ijara shartnomasida nazarda tutilgan hollardagina ijaraga beruvchining roziligisiz 
o‘zining ijaraga oid huquqlarini garovga o‘tkazishga haqlidir. 
4. Boshqa davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek fuqaroligi 
bo‘lmagan shaxslar, qonunlarda o‘zgacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, 
garovga doir munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy 
shaxslari bilan ayni bir xil huquqlardan foydalanadilar hamda ayni bir xil 
majburiyatlarga ega bo‘ladilar. 
Garovning yuzaga kelish sabablari asosan ikkita: kelishuv asosida (shartnoma 
tuzilganda) hamda qonun xujjatlari tufayli (yoki qonunda ko‘rsatilgan asoslar 
sabali) garov munosabatlari yuzaga keladi. Garov qonun xujjatlari tufayli yuzaga 
kelganda garovning vujudga kelishini nazarda tutuvchi qonunda qanday 


202 
majburiyatga ko‘ra va aynan qaysi mol-mulk garovda turgan deb e‘tirof etilishi 
lozimligi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. 
Garov shartnomasining mazmuni turlicha bo‘lishi mumkin, lekin ularning 
barchasida: garov shartnomasi predmetining shart-sharoitlari va uni baholash; 
garov bilan ta‘minlangan majburiyatning bajarilish muddati va hajmi; mulkning 
garov shartnomasi tomonlarining qaysi birida ekanligi ko‘rsatiladi. Shuningdek, 
garov shartnomasida tomonlarning nomi, joylashgan manzili (istiqomat joyi), 
garov turi, garov bilan ta‘minlangan talabning mohiyati, uning miqdori, 
majburiyatni ijro etish muddatlari, garovdagi mol-mulkning ro‘yxati, qiymati va 
turgan joyi, shu bilan birga, tomonlarning kelishuviga erishilgan boshqa 
ma‘lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi zarur. 
Garov shartnomasi yozma shaklda tuzilishi lozim, u notarial yo‘l bilan 
tasdiqlanishi va shunday ro‘yxatni yurituvchi davlat idorasida qayd etilishi zarur. 
Ko‘chmas mulk va unga bo‘lgan huquqlarni garovga qo‘yish shartnomalari, 
shuningdek muomaladagi va qayta ishlovdagi mollarni garovga qo‘yish notarial 
yo‘l bilan albatta tasdiqlanishi hamda ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart. Qonunlarda 
garov shartnomalarini notarial yo‘l bilan tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazishning boshqa hollari nazarda tutilishi mumkin. Basharti, shartnomada 
nazarda tutilgan bo‘lsa, notarial idora garov to‘g‘risidagi shartnomani tasdiqlash 
bilan bir paytda garov narsasini tasarrufdan chiqarishni taqiqlab qo‘yadi. Garov 
sharti garov bilan ta‘minlangan majburiyat yuzaga keluvchi shartnomaga kiritilishi 
mumkin. Bunday shartnoma qonunda belgilangan tartibda notarial yo‘l bilan 
tasdiqlanishi va ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
Garov to‘g‘risidagi shartnoma shakliga, uni tasdiqlash va ro‘yxatdan 
o‘tkazish tartibiga rioya etilmagan hollarda shartnoma haqiqiy emas deb 
hisoblanadi. 
Garov narsasi (predmeti) bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 
Ashyolar, qimmatli qog‘ozlar, pul mablag‘lari, shaxsiy yordamchi xo‘jalik 
yuritish, yakka tartibda uy-joy qurish uchun kim oshdi savdosi asosida olingan er 
uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik huquqi, shuningdek savdo 


203 
va xizmat ko‘rsatish sohasi ob‘ektlari, turar joy binolari ular joylashgan er 
uchastkalari bilan birgalikda, boshqa mol-mulk va mulkiy huquqlar garov narsasi 
bo‘lishi mumkin. Shaxsiy xususiyatga ega bo‘lgan talablar, shuningdek garovga 
qo‘yilishi qonun bilan taqiqlab qo‘yilgan boshqa talablar garov narsasi bo‘lishi 
mumkin emas.
Garov huquqi kelgusida garovga qo‘yuvchining egaligiga (to‘liq xo‘jalik 
tasarrufiga yoki bevosita boshqaruviga) o‘tadigan mol-mulkka nisbatan shartnoma 
bilan tatbiq etilishi mumkin. Basharti, shartnomada yoki qonunlarda o‘zgacha 
qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, mol-mulkka nisbatan garov huquqi mol-mulkning 
ashyolarini ham, tarkibiy samarasini ham o‘z ichiga oladi. Mol-mulkka nisbatan 
garov huquqi shartnomada yoki qonunlarda nazarda tutilgan hollarda, doirada va 
tartibda ajratib bo‘ladigan samarani, bo‘lg‘usi hosilni, chorva mollar naslini, 
buyum keltiradigan daromadlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Tarixiy, madaniy yoki 
o‘zga qimmati tufayli yoxud davlat xavfsizligi nuqtai nazaridan garov qo‘llanilishi 
mumkin bo‘lmagan obyektlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan belgilab qo‘yiladi. 
Agar shartnomada yoki qonunlarda o‘zgacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, 
garov haqiqatda qondirish paytida bo‘lgan hajmdagi talabni qondiradi, foizlar, 
ijroni kechiktirib yuborish oqibatida yetkazilgan zararlarni qoplash, jarimalarni 
to‘lash, garovga qo‘yilgan mol-mulkni saqlab turishga ketadigan zarur chiqimlar, 
shuningdek undiruv olish bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni qoplash shular jumlasiga 
kiradi. 
Garov kelgusida paydo bo‘luvchi talablarga nisbatan ham, basharti, tomonlar 
bunday talablarning garov bilan ta‘minlanish miqdori to‘g‘risida kelishib olsalar, 
belgilanishi mumkin. 
O‘rtadagi umumiy mol-mulk faqat barcha mulkdorlarning roziligi bilan 
garovga berilishi mumkin. Agar mulkdorning umumiy hissabay mulkdagi o‘z 
ulushini garovga qo‘yish nazarda tutilgan bo‘lsa, qolgan mulk egalarining rozilik 
berishini talab qilmaydi. 


204 
Shartnomalar yoki qonunlarda o‘zgacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, 
garovga qo‘yilgan mol-mulkning egasi (to‘liq xo‘jalik tasarrufi yoki bevosita 
boshqaruv huquqi subyekti) narsa tasodifan nobud bo‘lishi yoki tasodifan ishdan 
chiqishi xavfini o‘z zimmasiga oladi. 
Garov narsasi (predmeti) sug‘urta qilinadi va bunda agar mol-mulk uning 
egasi tomonidan sug‘urtalanmagan bo‘lsa, garov shartnomasiga muvofiq, garovga 
oluvchining zimmasiga uning tasarrufiga berilgan garovdagi mol-mulkni sug‘urta 
qilish majburiyati yuklanishi mumkin. 
Garovga qo‘yuvchining foydalanishida qoladigan garovdagi mol-mulkni 
sug‘urta qilish uning o‘ziga yuklanadi. 
Shartnoma yoki qonunlar bilan garovga qo‘yuvchi zimmasiga davlat 
boshqaruv idoralari tomonidan uning xo‘jalik faoliyatini to‘xtatib qo‘yuvchi yoxud 
unga xalaqit qiluvchi yoki unga salbiy ta‘sir etuvchi xatti-harakatlar sodir etilishi 
va hujjatlar qabul qilinishi (mol-mulkni musodara, rekvizitsiya qilish), shuningdek 
tugatilishi yoki xo‘jalik subyekti to‘lov qobiliyatini yo‘qotgan deb e‘tirof etilishi 
hollaridan sug‘urta qilish majburiyati yuklanishi mumkin. Garovdagi mol-mulk 
sug‘urta qilishda garovga oluvchi garov bilan ta‘minlangan majburiyat 
summasigacha bo‘lgan sug‘urta puli summasini oluvchi deb ko‘rsatiladi. Garovga 
qo‘yuvchi sug‘urta pulining qoldiq summasini oladi. Sug‘urta hollari sodir 
bo‘lganda garovga oluvchi o‘z talablari sug‘urta puli summasidan imtiyozli 
qondirilishi huquqiga ega bo‘ladi. 
Ba‘zi iqtisodiy adabiyotlarda garovning quyidagi turlarini ko‘rsatib o‘tilgan 
bo‘lsa, boshqa iqtisodiy adabiyotlarda garovning tasniflanishi 1-rasmda 
ifodalangandek berilgan: 
- ipoteka – ko‘chmas mulk garovi; 
- lombardga narsalarni garovga qo‘yish – bunda agar garovga qo‘yilgan mol-
mulkni sotishdan tushgan mablag‘ barcha zararlarni qoplamasa, lombard 
qarzdorning zararini qoplab berishni talab qilish huquqiga ega bo‘lmaydi. 


205 
- muomaladagi tovarlarning garovi – garovga qo‘yilgan mahsulotning 
(inventar, xom ashyo) tarkibi va tabiiy shakli, agar ularning umumiy qiymati garov 
shartnomasida ko‘rsatilgan qiymatdan kam bo‘lmasa, o‘zgartirilishi mumkin. 

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin