173
mumkin. Tashqi risklar loyiha faoliyatining barcha bosqichlarida mavjud bo‘lib,
ularga siyosiy risklar va fors-major risklari kiradi.
Investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida uning har bir bosqichi
o‘ziga xos risklar bilan bog‘liqdir. Birinchi bosqich, ya‘ni investitsiya oldi
bosqichida ko‘proq loyiha tashabbuskorlari marketing riskiga, informatsion va
ijtimoiy risklarga ta‘sirchan bo‘ladi. Investitsiya bosqichida ko‘proq ilm-texnika
riski, moliyaviy risklar, tashqi iqtisodiy risklar va siyosiy risklar o‘z ta‘sirini
ko‘rsatadi. Ekspluatatsiya bosqichida esa loyiha ishtirokchilari texnologik,
ekologik, fors-major, nolikvidlilik, iqtisodiy va moliyaviy risklar bilan yuzma-yuz
bo‘lish ehtimoli mavjud (9.2-rasm).
Dostları ilə paylaş: