O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti zoyirov Laziz Subxonovich Raimjanova Madina Asrarovna Saidov Rasulbek Boltabayevich Shoislomova Nargiza Qobilovna investitsiya loyihalari ekspertiza


 Qarz oluvchi korxonalarning kreditga layoqatligi bo’yicha sinflarga



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/100
tarix20.11.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#166138
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   100
Инвестиция лойиҳалари экспертизаси DARSLIK

7.4. Qarz oluvchi korxonalarning kreditga layoqatligi bo’yicha sinflarga 
bo’linishi
 
Investitsion loyihlarni kreditlash jarayoni juda ko‘p va turli xil xavf-xatarlar 
(risklar) bilan bog‘liq bo‘lib, qaysiki kreditlarni belgilangan muddatda 
qoplanmaslik muammosini keltirib chiqaradi. Shu sababli banklar o‘z mijozlariga 
kredit berishda, mijozning kreditga layoqatliligini tahlil qiladilar. 


131 
Bank mijozi kreditga layoqatligi deganda mijozning o‘z qarz majburiyatlari 
bo‘yicha to‘liq va o‘z vaqtida hisoblashish qobiliyati tushiniladi. Mijozning 
kreditga layoqatlilik darajasi banklar uchun juda zarur, chunki har bir berilgan 
kredit risk bilan bog‘liq. Agar bank riskni hisobga olmasa, kredit o‘z vaqtida 
qaytmasligi yoki umuman to‘lanmasligi mumkin. Shu sababli, banklar o‘z 
mijozlari moliyaviy holatini, to‘lovga qobilligini va albatta, kreditga layoqatliligini 
tahlil qiladi. 
Jahon amaliyotida, xususan AQShda banklar tomonidan, mijoz kreditga 
layoqatliligini baholashda ―five s‖, ―besh si‖ qoidasi ishlatiladi. Ular quyidagilar: 
-
character (mijoz xarakteri); 
-
capacity (moliyaviy sharoiti); 
-
capital (kapital yoki mol-mulk); 
-
colletarial (ta‘minlanganlik); 
-
conditions (umumiy iqtisodiy vaziyat). 
Mijoz xarakteri deganda, uning yuridik shaxs sifatida reputatsiyasi, 
ma‘suliyatliligi, olingan qarzni to‘lashga xohishi va tayyorlik darajasi tushiniladi. 
Mijoz moliyaviy sharoiti yoki qobiliyati deganda, mijozning kreditni qaysi 
manbalardan qoplashligi tushiniladi. Odatda, korxonada quyidagi 3 manbalar 
mavjud: joriy kassa tushumlari; aktivlarni sotishdan tushgan tushum; va boshqa 
moliyalashtirish manbalari (maxsus rezervlar, amortizatsiya fondi va b.) 
Kapital deganda, mijozning aktsionerlik kapitali, uning strukturasi, aktiv va 
passivlar orasidagi munosabatlar tushuniladi. Uning ustav fondi va o‘z kapitalining 
kredit operatsiyasiga jalb qilish darajasini ko‘rib chiqish tushuniladi. 
Ta‘minlanganlik deganda, mijozning aktivlari qiymati va konkret ikkilamchi 
qarzni qoplash manbai (kafillik, sug‘urta, garov) kredit shartnomasida ko‘rsatiladi. 
Umumiy iqtisodiy vaziyat deganda, mamlakatdagi joriy va kelajakdagi 
iqtisodiy holat, siyosay ahvol, soliqlar, xom ashyo va boshqa kredit qaytarilishiga 
ta‘sir etuvchi bilvosita omillarni o‘rganish tushuniladi. Ushbu usul hozirda bizning 
banklarda qo‘llanilsa foydadan holi bo‘lmasdi. 


132 
Kreditga layoqatlilikni tahlil qilishdan asosiy maqsad, bu qarz oluvchi, 
xo‘jalik yurituvchi sub‘ektning imkoniyatlari, qarzni o‘z vaqtida qoplashni, risk 
darajasini, kredit miqdori va boshqa omillarni belgilangan sharoitda va holatda 
tahlil qilishdan iboratdir. Banklar uchun bu masalalarni amalga oshirish juda qiyin 
bo‘lsada, xuddi ana shu maqsad amalga oshirilsagina berilgan kreditdan foyda 
olinadi. 
Kreditga layoqatlilikni tahlil qilish vazifasi bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 
- kreditga layoqatlilikni ifodalovchi ko‘rsatkichlarni aniqlash;
- ko‘rsatkichlarni tahlil qilish (yil boshi va yil oxirini taqqoslash); 
- ko‘rsatkichlarga ta‘sir etuvchi omillarni aniqlash;
- kreditga layoqatlilikni mustahkamlash yo‘llarini aniqlash; 
Bozor munosabatlarining rivojlanib borishi bilan tijorat banklari tomonidan 
kreditga layoqatlilikni tahlil qiluvchi yangi metodlar ishlab chiqilmoqda, qaysikim 
korxona haqidagi (kreditga layoqatligi haqidagi) tahlilni chuqurroq olib borishni 
ko‘rsatadi. Hozirgi vaqtda jahon amaliyotida (YUNIDO tasdiqlagan standart 
bo‘yicha) moliyaviy ko‘rsatkichlar tizimi bo‘yicha tahlil va reyting metodi 
bo‘yicha tahlil usullari qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasida Markaziy Bank 
tomonidan chiqarilgan yo‘riqnoma bo‘yicha korxonalarga turli xil muddatga 
kreditlar berilib, ularning kreditga layoqatliligining moliyaviy ko‘rsatkichlarning 
tahliliga asoslanib beriladi. Tahlil uchun asosiy manba bo‘lib buxgalteriya balansi 
va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotdan foydalaniladi. 
Kreditga layoqatlilikni ifodalovchi asosiy va qo‘shimcha ko‘rsatkichlar 
quyidagilar:
1. Qoplash koeffitsienti;
2. O‘z aylanma mablag‘lari bilan ta‘minlanganlik koeffitsienti; 
3. Likvidlik koeffitsienti; 
Qo‘shimcha koeffitsientlar: 
1. Oborot mablag‘larining aylanuvchanlik koeffitsienti;
2. O‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi;
3. Foyda va rentabellik koeffitsientlari. 


133 
1. Kreditga qobiliyatlilikning asosiy ko‘rsatkichlari: qoplash, likvidlik va 
mustaqillik koeffitsentlaridir. Bu koeffitsientlar tahlili uchun ma‘lumotlar 
balansdan olinadi. 
Jahon amaliyotida korxona likvid mablag‘lari ikkiga bo‘linadi: 
- absolyut likvid mablag‘lar; 
- joriy likvid mablag‘lar. 
Absolyut likvid mablag‘lar tarkibiga balans aktiv qismining ikkinchi bo‘limi 
jamisi kiritiladi. Ular 3 qismdan iborat: oson ishlatiladigan zahiralar; pul 
mablag‘lari; oson amalga oshiradigan talablar, «debitorlik qarzlari». 
Likvid mablag‘larning korxonada etarlicha bo‘lishi, uning majburiyatlarini 
o‘z vaqtida qoplay olishidan dalolat beradi. 
Joriy likvid mablag‘lar bu juda ham tez pulga aylanadigan korxona 
vositalarini o‘z ichiga oladi, shu sababli joriy likvid mablag‘lar tarkibiga balans 
aktiv qismi ikkinchi bo‘limining quyidagilari kiradi: pul mablag‘lari; debitorlik 
qarzlari. 
Joriy likvid mablag‘lar korxonaga birlamchi to‘lovlarni amalga oshirishda 
kerak bo‘ladi. Ular yuqori likvidlikka egaligidan, korxonada ushbu mablag‘lar ham 
me‘yor darajasida bo‘lishi kerak. Zero, kredit inspektori mijozni kreditga 
layoqatliligini tahlil qilishda ushbu ko‘rsatkichlar alohida ahamiyat beradi. 
Likvid mablag‘lar quyidagi tartibda 2 ga bo‘linadi: 
1. Qisqa muddatli likvid mablag‘lar; 
2. Pul mablag‘lar+oson amalga oshiriladigan talablar. 
Qisqa muddatli likvid mablag‘lar tarkibi 3 qismdan iborat: oson ishlatiladigan 
talablar; pul mablag‘lari; oson amalga oshiriladigan talablar. 
Likvid mablag‘larni bunday 2 ga bo‘lishdan maqsad, qoplash va likvidlik 
koeffitsientlarini hisoblash oson bo‘ladi. 
Qisqa muddatli likvid mablag‘lar 
Qoplash koeffitsienti = ----------------------------------------------------
Qisqa muddatli majburiyatlar 


134 
Pul mablag‘lari + oson amalga oshiriladigan talablar 
Lik. koef. = -----------------------------------------------------------------------------
Qisqa muddatli majburiyatlar 
Qoplash koeffitsienti shuni ifodalaydiki, ya‘ni u kreditlash chegarasini 
ko‘rsatadi va mijozning hamma aylanma vositalarining qarzni olishga etarliligini 
ko‘rsatadi. Bu ko‘rsatkich 2 dan yuqori bo‘lsa, mijoz kreditga layoqatlidir. Agar 
0,5 dan kam bo‘lsa, kreditlash foydasiz bo‘lib, mijoz kreditga layoqatsiz 
hisoblanadi. 
Likvidlik koeffitsienti mijozning aylanma kapitali strukturasini baholash 
asosida yaqin kelajakda bankdan olgan kreditlarini operativ (tezkorlik) va o‘z 
vaqtida to‘lay olish qobiliyati hisoblanadi. Likvidlik koeffitsienti 1,5 dan yuqori 
bo‘lsa, korxona yuqori kreditga layoqatlilik darajasiga erishgan bo‘ladi. 
Qoplash 
va 
likvidlik 
koeffitsientlarini 
topishda, 
qisqa 
muddatli 
majburiyatlarni to‘g‘ri hisoblash talab etiladi. Qisqa muddatli majburiyatlar
buxgalteriya balansining passiv qismidagi majburiyatlar bo‘limidan olinadi. 
Banklardagi kredit inspektorlari mijozning kreditga layoqatliligini tahlil 
qilishda, balansdagi asosan (oborot aktivlari va majburiyat bo‘limidagi) 
moddalarning tarkibiy o‘zgarishlarini ko‘rib chiqadilar. Bu albatta, xavf-xatarni 
baholashni engillashtiradi. 
Korxona kreditga layoqatliligi tahlili uchun kerak bo‘ladigan keyingi 
ko‘rsatkich - bu o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta‘minlanganlik koeffitsientidir. O‘z 
aylanma mablag‘lari bilan ta‘minlanganlik - bu korxonaning jami mablag‘lari 
ichida o‘zining mablag‘lari qanchaligidan dalolat beradi. O‘z aylanma 
mablag‘larining holati korxona moliyaviy holatiga ta‘sir etadi. Tahlil natijasida o‘z 
aylanma mablag‘lari mavjud summasi aniqlanadi. Buning uchun balans 
passivining birinchi bo‘linmasini jamiga uzoq muddatli kredit va qarzlar qo‘shilib, 
oborotdan tashqari aktivlar ayriladi. Chiqqan natija, oson ishlatiladigan zahiralar va 
xarajatlarga bo‘linadi. Kredit olishga layoqatlilikni aniqlashda o‘z oborot 
mablag‘lari bilan ta‘minlanganlik katta ahamiyatga ega. Nolikvid balanslarga ega 


135 
bo‘lgan korxonalarga bank kreditlaridan foydalanish huquqi berilmaydi. Ushbu 
koeffitsient 0.6 dan, ya‘ni 60%dan yuqori bo‘lsa, kredit xatari eng kam 
hisoblanadi. Bu koeffitsient 30%dan, ya‘ni 0,3 dan kam bo‘lmasligi lozim. 
Korxonaning balans bo‘yicha o‘z oborot mablag‘larini mavjud summasi, balans 
passivining birinchi bo‘linmasini jamiga uzoq muddatli kredit va qarzlar qo‘shilib, 
chiqqan natijadan balans aktivining birinchi bo‘limining jami summasi ayriladi. 
Korxona aylanma mablag‘larini ortiqcha yoki etishmasligini aniqlash uchun balans 
bo‘yicha aylanma mablag‘larini mavjud summasi normativi bilan taqqoslanadi. 
Bank kredit berishda korxonaning mahsulot sifatini, muddati uzaytirilgan 
debitorlik qarzlarini, kapital remont uchun qilingan xarajatlarni, turli zararlarni 
qoplashini ko‘rib chiqish kerak. Bunga sabab shuki, ushbu aytilganlar bo‘yicha 
qo‘shimcha sarflanishlarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, korxona bu qo‘shimcha 
sarflanishlar aylanma mablag‘lari hisobidan bo‘ladi, shu sababli ushbu qo‘shimcha 
sarflanishlar aylanma mablag‘lariga salbiy ta‘sir etib, haqiqatda xo‘jalik jarayonida 
qancha aylanma mablag‘lari ishtirok etayotganligini ifodalaydi. Balans bo‘yicha 
aylanma mablag‘larini mavjud summasi bilan haqiqatdan ham korxona xo‘jalik 
oborotida ishtirok etadigan aylanma mablag‘larini summasi bir-biridan farq qiladi. 
Har ikki ko‘rsatkich o‘rtasidagi farq aylanma mablag‘larini immobilizatsiyasini 
tashqil etadi. Immobilizatsiyasi oborot manbalarini chetga tortilishidir. Ya‘ni o‘z 
maqsadidan tashqari sarflanishidir. Kredit inspektori ushbu koeffitsientni 
hisoblashda, albatta aylanma mablag‘larining mavjud summasi immobilizatsiyasini 
hisobga olishi kerak. 
Jahon amaliyotida, aylanma mablag‘larining mavjud summasini (o‘z aylanma 
mablag‘larini) aniqlashda quyidagi usul qo‘llaniladi, ya‘ni balans aktivining 2 chi 
bo‘limi (aylanma aktivlari) summasidan, balans passivining 2 chi bo‘limi 
(majburiyatlar) ayiriladi (uzoq muddatli qarz va kreditlardan tashqari). 
Korxona (mijoz) kredit olishga layoqatliligining tahlilida qo‘llaniladigan 
qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘lib, aylanma mablag‘larining aylanuvchanlik 
koeffitsientini va aylanma mablag‘larining kunlardagi aylanuvchanligi 
ko‘rsatkichlari qo‘llaniladi. 


136 
Aylanma mablag‘lari aylanuvchanligi koeffitsienti aylanma mablag‘lari 
harakatining tezligini ta‘riflaydi va tahlil qilinayotgan davr uchun mahsulot 
sotishdan olingan tushum va aylanma mablag‘larining o‘rtacha qiymati o‘rtasidagi 
tafovut sifatida aniqlanadi. Tahlil uchun ma‘lumotlar yillik hisobotning 1-shakli 
balans va 2-shakli moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotdan olinadi. 

Aylanuvchanlik koef. = ------------- 
U K 
bu yerda S - (mahsulot sotishdan tushgan tushum); UK - (oborot mablag‘lari 
o‘rtacha qoldiqlari) 
UK x 360 
A K = ------------- 

A K - (oborot mablag‘larining kunlardagi aylanuvchanligi). 
Tijorat banklari xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar bilan kredit munosabatlarini 
mustaqil ravishda o‘rnatadilar. Xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar tijorat banklaridan 
kredit olish uchun kredit buyurtmasini beradilar. Shu kredit buyurtmasiga asosan 
tijorat banklari qarz oluvchining moliyaviy ahvolini tahlil qiladilar. Bu jarayon 
quyidagi bosqichlardan iborat: 
- kredit olish uchun berilgan kredit buyurtmasini ko‘rib chiqish va bo‘lajak 
qarz oluvchi bilan suhbatlashish; 
- qarz oluvchining kredit qobiliyatini va qarz berish bilan bog‘liq xatarlarni 
baholash; 
- kredit narxini belgilash; 
- kredit shartnomasini tayyorlash va uni tuzish. 
Mijozlarning kreditga layoqatliligi bo‘yicha sinflarga bo‘lish va korxonalar 
reytingini aniqlash. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan chiqarilgan yo‘riqnoma 
bo‘yicha korxonalarni kreditga layoqatliligi asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib: qoplash 
koeffitsienti, likvidlik koeffitsienti va muxtoriyat koeffitsientlari hisoblanadi. 

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin