-
texnik va texnologik jihatdan muqobil variantlarni;
-
loyihani joylashtirish o‘rni bo‘yicha muqobil variantlarni;
-
loyiha hajmini;
-
loyihani amalga oshirish muddatlarini;
-
xom ashyo, ishchi kuchi va boshqa resurslardan foydalanish imkoniyatlari va
ularning etarliligini;
-
loyiha mahsuloti uchun bozor sig‘imini (hajmini);
-
ko‘zda to‘tilmagan omillarni hisobga olgan holda loyiha xarajatlarini.
Turli loyihalarda uchraydigan texnik muammolar o‘ziga xos bo‘ladi. Ammo
ayrim muammolar (barcha loyihalarga bo‘lmasada) ko‘pchilik loyihalarga xos
bo‘ladi va ularni identifikatsiya qilish mumkin. Bu muammolar quyidagi
kategoriyalarga bo‘linadilar: mulk shakli; loyiha ko‘lami; amalga oshirish
muddatlari hamda texnlogiyalarni tanlash va to‘plash.
Loyihaning texnik rejasi, ekspluatatsiyasi va menejmenti loyihani kim amalga
oshirishiga bog‘liq. Qaysi loyihalarni davlat sektori, qaysisini esa xususiy sektor
amalga oshirishi kerakliligini aniqlash hozirda ancha muammo. Chunki xususiy
investorlar infratuzilmalar va kommunal xizmat singari an‘anaviy davlat
sektorlariga ham kirib borishayapti. Loyiha qaysi sohaga (tarmoqqa) tegishli
67
ekanligi ham mulk shaklini tanlashda muhim rol o‘ynaydi. Mulk shakli masalasi
shu bilan birga loyihaning qanday texnik rejasi tanlanishini belgilab beradi.
Loyiha ko‘lami masalasiga tahliliy yondoshish ham mumkin. Oddiy qilib
aytganda loyiha uchun sof keltirilgan qiymat (SJQ) maksimal bo‘lishini
ta‘minlaydigan ko‘lam optimal bo‘ladi. Bunday tahlil o‘tkazilishi uchun loyiha bir
nechta alohida komponentlarga bo‘lib tashlanadi, so‘ngra bu komponentlar (o‘z
xarajatlari va daromadlari bilan birga) texnologik jihatdan eng kichik bo‘lgan
«bazis» loyihaga birlashtiriladi. Bundan keyin bazis loyiha uchun hamda
komponentlarning har bir kombinatsiyasi uchun SJQ hisoblanadi. Oxirgi
qo‘shilgan komponent uchun daromadning cheklangan ichki stavkasi diskont
stavkasiga teng bo‘lmagunga qadar loyihaning izlanayotgan ko‘lami kattalashtirib
borilaveradi. Ayni shu lahzada SJQ butun loyiha uchun musbat bo‘ladi va
maksimal darajaga etadi. Loyiha bundan keyin ham kengaytirilganda qo‘shilgan
komponentlar uchun daromadning cheklangan ichki stavkasi diskont stavkasidan
past, SJQ esa manfiy bo‘ladi.
Iqtisodiyotni qayta qurish sharoitida ko‘lamga nisbatan bunday yondoshuv
yirik korxona tarkibida alohida bo‘linmalarni ajratish qanchalik maqsadga
muvofiqligini aniqlash uchun qo‘llanilishi mumkin.
Ko‘pgina rivojlantirish loyihalari turli sektorlarga yoki faoliyat turlariga
tegishli komponentlardan tashqil topadi. Masalan, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish
loyihasi sug‘orish tizimi va drenajlarni, qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan turli
ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarishni, qishloq yo‘llari va ijtimoiy
infratuzilmaning klublar, suv ta‘minoti tizimi, maktab va tibbiyot muassasalari
kabi elementlarini o‘z ichiga olishi mumkin. Shu tufayli loyihaning turli
elementlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni aniqlash birinchi navbatdagi vazifa
hisoblanadi. Maktablar, klublar va tibbiyot muassasalari bir vaziyatda qishloq
xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan chambarchas bog‘langan bo‘lsa, boshqa vaziyatda
hech qanday aloqaga ega bo‘lmasligi mumkin. Agar loyiha komponentlari o‘zaro
chambarchas bog‘langan bo‘lsa, u holda iqtisodiy tahlilda daromadlar va
xarajatlarni komponentlar bo‘yicha taqsimlash hech qanday mazmunga ega
68
bo‘lmaydi. Shu tufayli turli komponentlar bo‘yicha daromad stavkasini aniqlash
kerak emas. Bunday holda dastlab butun loyiha uchun SJQ va daromadning ichki
stavkasini aniqlash so‘ngra loyihaning bir yoki bir necha komponentini o‘zgartirib
aytilgan ko‘rsatkichlarni oshirish mumkin yoki mumkin emasligini aniqlash kerak.
Agar loyihaning alohida komponentlari bir- biri bilan deyarli bog‘lanmagan bo‘lsa
ular alohida-alohida tahlil qilinishi kerak.
Loyihaning alohida komponentlarini iqtisodiy tahlili.
Loyihaning turli komponentlari o‘zaro bir-birining o‘rnini bosadigan, bir-
birini to‘ldiradigan yoki mustaqil komponentlar bo‘lishi mumkin. Qachonki loyiha
komponentlarini birgalikda amalga oshirishdan olinadigan manfaat ularning har
biri alohida amalga oshirilganda olinadigan manfaatlar yig‘indisidan kam bo‘lsa,
bunday komponentlar o‘zaro bir-birining o‘rnini bosadigan komponentlar deyiladi.
Agar loyihaning alohida komponentlaridan manfaat ko‘rilsa ular o‘zaro bir-
birini to‘ldiruvchi komponentlar deyiladi. Agar butun loyihadan ko‘rilgan manfaat
alohida komponentlardan ko‘rilgan manfaatlar yig‘indisiga teng bo‘lsa, bu
komponentlar mustaqil komponentlar deyiladi. Loyiha komponentlari shuningdek
xarajatlarga ko‘ra ham o‘zaro bir-birining o‘rnini bosadigan, o‘rnini to‘ldiradigan
va mustaqil komponentlar bo‘lishi mumkin. Bir-birining o‘rnini bosuvchi
komponentlar uchun umumiy xarajatlar ularni alohida-alohida amalga oshirish
xarajatlari yig‘indisidan katta bo‘ladi. Bir-birini to‘ldiruvchi komponentlar uchun
esa umumiy xarajatlar ularni alohida-alohida amalga oshirish xarajatlari
yig‘indisidan kichik bo‘ladi. Mustaqil komponentlar uchun xarajatlar miqdori
boshqa komponentlar bor yo‘qligiga bog‘liq bo‘lmaydi. Ko‘pgina ko‘p maqsadli
loyihalar xarajatlarga ko‘ra bir-birini to‘ldiruvchi, daromadlarga ko‘ra esa bir-
birini o‘rnini bosuvchi hisoblanadi. Masalan, sug‘orish va gidroelektrostantsiya
uchun umumiy tug‘on qurish alohida-alohida tug‘on qurishga nisbatan kam xarajat
talab etadi. Lekin elektr energiyasi olish uchun qishda oqizilgan suv sug‘orish
uchun foydasiz bo‘lsa, yozda sug‘orish uchun elektr energiyasi olish ehtiyojlaridan
ko‘proq suv oqiziladi. Suv oqizish miqdori GES talablari uchun ham qishloq
xo‘jaligi talabi uchun ham zarur bo‘lgan optimal miqdordan ko‘p bo‘ladi. Oqibatda
69
alohida loyihadagiga nisbatan kamroq qishloq xo‘jalik mahsuloti hamda elektr
energiyasi ishlab chiqarilishi mumkin. Bunday holatda iqtisodiy tahlil chog‘ida
«loyihasiz» vaziyat sifatida tegishli inshootlarni alohida qurish varianti ko‘rib
chiqilishi kerak.
Har qanday investitsiya loyihasi quvvatini aniqlashning eng muhim omili
texnologiya va ―nou-xau‖ hisoblanadi. Loyiha bo‘yicha mos keladigan texnologiya
va ―nou-xau‖ni tanlash loyihani texnik-iqtisodiy asoslashning muhim elementi
hisoblanadi. Lekin tanlash jarayoni texnologiyalarning jamiyat va milliy
iqtisodiyotga, atrof-muhitga ta‘sirini va ahamiyatini aniqlash bilan amalga
oshriladi. Texnologiyaning loyiha maqsadlariga mos kelmasligi, ishonchsizligi, uni
ishlab chiqaruvchi firmaning hali etarli tajribaga ega emasligi va mahalliy
sharoitlarga mos tushishining noaniqligi texnologik risklarning kelib chiqishiga
sabab bo‘ladi.
Texnologik risklarni baholash uning imkoniyatlarini oldindan aniqlash va
unga ishonch hosil qilish, uni o‘zlashtirishning murakkablik darajasi va uzoq vaqt
talab etishi, uning sinalganligi, tekshirilganligi, loyiha maqsadi va mahalliy
sharoitlarga, atrof-muhitni muhofazalash talablariga mosligini hamda uning kam
xarajat talabligi, yaroqlilik davrini, shuningdek texnologik jarayonlarning turli
bosqichlaridagi operatsiyalarning murakkabligi va muayyan vaqt talab etishini
aniqlash bilan bog‘liq. Baholash natijalariga qarab texnologik risklarni bartaraf
etish tadbirlari ishlab chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: |