erksevarlik, faollik, ijodkorlik, haqiqatgo‘ylik, mas’uliyatlilik;
saxiylik, kamtarlik, poklik va shu kabilar.
Axloqiy ong axloqiy madaniyatning negizini tashkil etadi.
Axloqiy ong
shaxsning ijodiy faoliyatida o‘z ifodasini topadi. Uning mezoni bilim va axloq
me’yorlari, axloqiy tafakkur hisoblanadi. Axloq – ma’naviyat o‘zagi, inson axloqi
shunchaki, salom-alik xushmuomaladangina iborat emas. Axloq – bu avvalo, insof
va adolat tuyg‘usi, imon, halollik deganidir.
Axloqiy madaniyatning muhim
vazifalaridan biri axloqiy ongni yuqori pog‘onaga ko‘tarishdir. Axloqiy ongning
yetukligi uzoq davom etadigan, murakkab jarayon bo‘lib, u insoniyat qo‘lga kiritgan
barcha axloqiy-ma’naviy yutuqlarni o‘zlashtirish
va shu bilan birga muayyan
sharoitni taqozo etadigan muammolarni bartaraf etish jarayonida amalga oshadi.
Axloqiy ong vijdon, burch, mas’uliyat, hayo, g‘urur
kabi insonning ichki ruhiy
hissiyotiga asoslanadi. Axloqiy madaniyatning mag‘zini tashkil etuvchi –
insonparvarlik, halol mehnat, o‘zaro yordam, do‘stlik, hamkorlik, o‘zaro hurmat,
baynalmilallik, sahovat, vatanparvarlik, burch, kamtarlik
kabi yuksak insoniy
qadriyatlar axloqiy odat asosida shaxs ongi va faoliyatida tarkib topadi.
Axloqiy qadriyatda axloqiy odat, axloqiy bilim, axloqiy ishonch muhim o‘rin
tutadi. Demak:
- axloqiy ong,
axloqiy odat, axloqiy faoliyat shaxs ma’naviy madaniyatini
shakllantirishning muhim belgilarini tashkil etadi;
- axloqiy madaniyat shaxsning butun hayoti va faoliyati jarayonida rivojlanadi
va mazmunan boyib, shakllanib boradi;
- axloqiy madaniyat ma’naviy madaniyatning boshqa
tarkibiy qismlari bilan
o‘zaro aloqada va hamkorlikda shaxs faoliyatiga doimiy izchil, sekin-asta singdirib
borilgandagina ijobiy natija beradi.
Dostları ilə paylaş: