O‘tmish avlodlar yaratgan madaniy yodgorliklarning hammasi ham madaniy
me’ros bo‘lavermaydi, Chunki o‘tmishda qolgan narsalarning hammasi ham
qadriyat ahamiyatiga ega bo‘lmasligi hammamizga ma’lum.
Madaniy meros deb,
o‘tmish avloddan keyingi avlodga vorislik asosida
qoldirilgan, zamonda barqarorlik sinovidan o‘tgan, saralangan, insoniyatning
hozirgi va kelgusi taraqqiyotiga xizmat qiladigan moddiy va ma’naviy
madaniyat
majmuiga aytishimiz mumkin.
Ma’naviy meros deb,
uzoq va yaqin o‘tmishdagi, hozirgi davrdagi ma’naviy
jihatdan g‘oyat qimmatli, o‘chmas iz qoldiradigan, mangu yashaydigan,
butun
ijtimoiy manfaatiga, ehtiyojiga, ezgulikka xizmat qiladigan umuminsoniy ma’naviy
boyliklarga aytiladi. Ma’naviy meros ma’naviy qadriyat sifatida namoyon bo‘lib,
unga ilm-fan, jumladan falsafa, adabiyot, san’at, axloq, dindagi real dunyoviy
ta’limotlar hurfikrlik va boshqalar kiradi.
Ma’naviy meros zamonlar o‘tishi bilan o‘z qadrini yo‘qotmaydi.
balki sifat
jihatdan yangi ahamiyat kasb etadi. Ma’naviy meros kishilar ongiga, ichki
dunyosiga, his-tuyg‘usiga ta’sir etib, ular ongini boyitadi, axloq-odobini ezgulik sari
yetaklaydi.
Ma’naviy meros biror xalq, millat, uning vakillari tomonidan yaratilib, so‘ng
umuminsoniyatning ma’naviy boyligiga, merosiga aylanib qoladi. Markaziy Osiyo
xalqlarining o‘tmish avlodlari qoldirgan ma’naviy merosi bunga misol bo‘la oladi.
Ma’naviy merosimiz jihatidan jahonda oldingi o‘rinlardan birini egallaymiz.
Birinchi Prezident Islom Karimov qayd etganidek, “beshafqat
davr sinovlaridan
omon qolgan, eng qadimgi tosh yozuvlar, bitiklardan tortib, bugun kutubxonalarimiz
xazinasida saqlanayotgan 20 mingdan ortiq qo‘lyozma, ularda mujassamlangan
tarix, adabiyot, san’at, siyosat, ahloq, falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, ximiya,
astronomiya, me’morchilik, dehqonchilikka oid 10 minglab asarlar bizning beqiyos
ma’naviy boyligimiz, iftixorimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo‘lgan xalq
dunyoda kam topiladi. Shuning uchun ham bu borada jahonning sanoqli
mamlakatlarigina biz bilan bellasha olishi mumkin”
1
.
Bularning hammasi Turon
zaminida yashagan ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma’naviy, tarixiy
merosidirkim, endi bu nodir ma’naviy merosimizni jiddiy o‘rganish, xalqimizga
yetkazish davri keldi.
Madaniyat, ma’naviy va madaniy meros, ma’naviyat
rivoji insoniyat
sivilizatsiyasi bilan bog‘lanib ketadi. Ammo ularni bir-biri bilan aralashtirib
yuborish ham to‘g‘ri bo‘lmaydi. sivilizatsiyaning o‘zi insoniyatning madaniyati va
ma’naviyati taraqqiyoti bosqichlarida ro‘y beruvchi sifat jihatidan yangi bosqichi
bo‘lib, kishilik jamiyati tarixida chuqur iz qoldiradi. s
Dostları ilə paylaş: