badiiy-estetik qadriyatlar umumlashtirilgan. Dostonlarda
yuksak insoniy fazilatlar
baxshilar tomonidan badihago‘ylik yo‘li bilan tinglovchilarga yetkaziladi, uning
hissiy ta’sir kuchi orqali sharq xalqlarining chatishib ketgan falsafiy, diniy, axloqiy
qarashlari, urf-odatlari, turmushi badiiy tafakkur qilinadi. Dostonlarning tarbiyaviy
va ma’rifiy ahamiyati yuksak go‘zallikka, baxt-saodatga
erishishning birdan-bir
yo‘li maqsad sari qat’iy intilishdan, matonat, mardlik, qahramonlik ko‘rsatishdan
iborat.
1998 yil 13 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
“Alpomish” dostoni yaratilganligining 1000-yilligini nishonlash to‘g‘risida”
qaror
qabul qildi. “Alpomish” dostoni ajdodlarimiz ijodiy dahosining bebaho badiiy
yodgorligi sifatida jahon xalqlari epik ijodining namunalari ichida alohida o‘rin
tutadi. Uning mustaqil rivojlanish davrida millat birligi va ma’naviy uyg‘onish,
milliy g‘urur va o‘z-o‘zini anglash ramziga aylanganligi,
ushbu doston
yaratilganligining 1000-yilligi YuNESKOning 1999 yidagi tadbirlar rejasiga
kiritilganligini inobatga olib hamda folklor merosini avaylab-asrash va
avlodlarimizga to‘la yetkazish maqsadida qabul qilingan yuqoridagi qarorda uning
ahamiyati alohida ta’kidlab o‘tiladi. Surxondaryo
viloyati va Toshkent shahar
hokimliklari birgalikda 1999 yilning oktabr oyida Toshkent shahrida “Alpomish”
dostoni va jahon xalqlari epik ijodiyoti” mavzusida xalqaro konferensiya va
Surxondaryo viloyatida tantanali bayram tadbirlarini o‘tkazdi.
Oriyat hususida:
Alpomish Barchin uchun qo‘yilgan shart bo‘yicha olisha turib, Ko‘kaldoshga
bas kelishi qiyin kechadi. Shunda Barchinoy deydi:
Yiqolmasang, to‘ram, navbat tilayin,
Erkak libosini o‘zim kiyayin,
Bor kuchimni bilagimga jiyayin,
Bu qalmoqni tilka-pora qilayin.
Bizning momolarimiz ham shunday oriyatli bo‘lishgan.
Alpomish deydi:
O‘zi o‘lmay kishi yorin berarmi?!
Alpomishning nabiralari ham o‘z yorini jonidan aziz biladi.
Dostları ilə paylaş: